O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

Faktoring – korxonalar o’rtasida qarzlarni undirishda vositachilik faoliyatidir. 
Faktoringda o’rtada turuvchi kompaniya (odatda, bank) qarz bergan korxonadan ma’lum bir 
komission to’lov evaziga qarzdordan mablag’ni undirish huquqini qo’lga kiritadi. Faktoring 
shartnomasi tuzilishi bilan korxona undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring 
kompaniyasi (yoki bank) dan qo’lga kiritadi. So’ngra faktoring kompaniyasi debitor 


105 
korxonaga qarzni undirish bo’yicha da’vo qo’zg’atadi. Faktoringning afzalligi shundaki, u 
noto’lovlar muammosini qisman bo’lsada yechishga imkon beradi. 
So’nggi paytlarda moliyalashtirishning yangi shakllaridan biri sifatida overdraft kirib 
kelmoqda. Overdraft – qisqa muddatli kreditlash shakli bo’lib, banklar amaliyotida 
ishlatiladi. Uning mazmuni shundaki, bank o’z mijozining hisob raqamida vaqtincha 
mablag’ bo’lmagan holatda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun overdraft shartnomasini 
tuzadi. Mijoz o’z hisob raqamida mablag’ paydo bo’lishi bilan overdraft shartida olgan 
qarzlarini bankka ma’lum bir foizlar evaziga qaytaradi. Overdraft, odatda, bankning eng 
ishochli mijozlariga nisbatan qo’llaniladi. 
 


106 
17 –BOB. YeVROPA HAMJAMIYaTINING YaGONA AGRAR SIYoSATI 
 
17.1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va 
rivojlanishi 
17.2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini 
qo’llab-quvvatlash mexanizmi 
 
17.1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va 
rivojlanishi 
Evropa Ittifoqi dunyo siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida muhim o’ringa ega 
mintaqa hisoblanib, aholisi 496 million kishini tashkil etadi. Dunyo yalpi ichki 
mahsulotining 22 foizidan ko’prog’ini ishlab chiqaradi. Dunyo xalqaro savdosining 40 
foizini, eksportining 50 foizi Yevropa Ittifoqiga to’g’ri keladi. Yevropa Ittifoqi dunyodagi 
eng yirik oltin-valyuta zahirasiga ega. Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotining 0,4-0,5 
foizi miqdorida rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o’tish davrini boshdan 
kechirayotgan davlatlarga yordam ko’rsatishga ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan 
O’zbekiston Respublikasi mustahkam siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar o’rnatgan. 
O’zbekiston Respublikasining umumiy tashqi savdo aylanmasining 55 foizga yaqini 
Yevropa Ittifoqi a’zolari bo’lgan davlatlarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi 
Yevropa Ittifoqi bilan TASIS va TRASEKA dasturlari, qurilish, energetika, ta’lim va 
ekologiya munosabatlari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi sohasida ham aloqalar o’rnatgan.
Evropa Ittifoqi hozirgi holatga yetguncha juda murakkab va og’ir darvlarni boshdan 
o’tkazgan. Ikkinchi jahon urishidan keyin Yevropa davlatlari uchun integratsiyalashuv 
jarayoniga havfsizlikni ta’minlaydigan eng asosiy omil sifatida qarala boshlandi. SHu 
maqsadda 1948 yilda Yevropa Iqtisodiy Kooperatsiyasi Tashkiloti (EITS) tuzildi. Natijada 
Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg yagona bojxona ittifoqini vujudga keltirdilar. 
Yevropa davlatlarining iqtisodiy integratsiyalashuvida Marshal rejasida katta ahamiyat kasb 
etdi. Uning natijasida 1948-1952 yillarda AQSH va Kanada davlatlaridan Yevropaga 25 
mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. 1951 yilda Yevropa ko’mir va po’lat 
hamjamiyati vujudga keldi. Uning natijasida ko’mir va po’lat uchun bojxona to’lovlari, 
kvotalar va subsidiyalar bekor qilindi. 
Evropa davlatlari arzon import mahsulotlaridan himoyalanish va o’zlarining qishloq 
xo’jaligini mustahkam asosga qo’yishga kirishdilar. Bunday fikrlar natijasida 1957 yilda 
Yevropa davlatlaridan 6 tasi Rim shahrida Rim shartnomasini imzoladilar. Bu shartnoma 
Yevropa hamjamiyati tashkil etilishiga asos soldi. Rim shartnomasining 38- 47- moddalari 
Yevropa yagona agrar siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Ushbu hujjat 
bo’yicha Yevropa yagona agrar siyosatining maqsadlari quyidagicha belgilandi: 
 ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, qishloq xo’jaligining 
rivojlanishiga texnikaviy yordam ko’rsatish orqali qishloq xo’jaligshi mahsulotlari 
yetishtirishni ko’paytirish; 
 qishloq joylarda yashaydiganlarga yaxshi turmush darajasida yaratish, ayniqsa, 
qishloq xo’jaligida mehnat qilayotganlar daromadini oshirish evaziga ularning turmush 
darajasini keskin oshirish; 
 bozorni barqarorlashtirish; 
 qishloq xo’jaligi mahsulotlarining kafolatli ta’minotini vujudga keltirish; 
 qishloq xo’jaligi mahsulotlarining iste’molchilar uchun maqbul baholarini vujudga 
keltirish; 


107 
Evropa ittifoqi Vazirlar kengashi 1962 yilda don mahsulotlari uchun yagona Yevropa 
bozorini shakllantirish bo’yicha qator hujjatlar qabul qildi. Ushbu hujjatlarda yagona don 
bozorini tartibga solib turish mexanizmlari ishlab chiqarildi. Ular hozirgi kunda ham 
Yevropa agrar siyosatining asosini tashkil etadi. Bu mexanizimlar: maqsadli narxlar, 
interventsion narxlar, ostona narxlari, o’zgaruvchan import tariflari va eksport 
subsidiyalaridan iborat. Bundan tashqari yagona don bozorini moliyalashtirish tartibini ham 
joriy qildi. Yevropa yagona agrar bozorini o’rnatish bo’yicha qilingan katta ishlarga 
qaramasdan bu jarayon oson kechgan emas. Faqatgina yagona don bozori o’rnatish bo’yicha 
amalda kelishish 1967 yilda amalga oshdi.1962 yilda markazlashgan moliyalashtirishni 
amalga oshirish uchun tuzilgan Yevropa qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan va kafolat fondi 
(FEOGA)ga pul ajratish 1969 yildagina amalga oshiriladi. Natijada 1970 yilga kelib 
Yevropa yagona agrar siyosati unga a’zo davlatlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan juda 
katta amaliy kuchga aylandi. 
1972 yilda “Qishloq xo’jaligi -80” nomli Mansxold rejasi qabul qilindi. Ushbu rejaga 
binoan 1980 yilga kelib qishloq xo’jaligada band bo’lganlar sonini 5 mln. kishiga 
kamaytirish va fermerlarning o’rtacha xajmini oshirish vazifasini qo’yiladi. Albatta, bu 
ixtiyoriy ravishda yuz berishi kerak edi. Bu reja quyidagi asosiy tadbirlarni amalga 
oshirishni belgilaydi: 
 55-65 yoshdan oshgan fermerlar o’z faoliyatini to’xtatgan holda ularga yiliga 
ma’lum miqdorda pul mablag’lari berilishini tashkil etish; 
 Istiqbolli deb topilgan fermerlarga imtiyozli kreditlar va kredit kafolatlari berish; 
 Fermerlar uchun axborot va maslahat xizmatlarini tashkil etish va ularni 
rivojlantirish; 
 Marketing xizmatlarini rivojlantirish yuzasidan tashkil etilayotgan uyushmalarni va 
birlashmalarni qo’llab-quvvatlash; 
 Qishloq xo’jaligiga yangi yerlarni jalb etishni cheklash. 
1992 yilda Yevropa yagona agrar siyosatini rivojlantirish yuzasida yangi reja- Mak-
SHerri rejasi qabul qilindi. Uning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z ifodasini topdi: 
 Dehqonchilik va qoramolchilik mahsulotlariga bo’lgan narx dunyo darajasiga 
yaqinlashtirilishi kerak (hatto, 90-yillarda ham Yevropa davlatlarida qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining ishlab chiqarish narxi AQSH va Kanadadagi darajadan ancha baland edi.); 
 Fermerlarga narxlarni tushirganlari uchun zararni qoplaydigan to’lovlar to’lashni 
tashkil etish; 
 Zararni qoplash to’lovlari ishlab chiqarishdan yerlarni ozod qilgan va 1 ga yerga 
chorva mollarining maksimal biriktirilishini ta’minlagan fermerlarga berish; 
 Fermerlarning ekologik masalalarini to’g’ri hal etishda qatnashishlari, erta 
pensiyaga chiqishlarini qo’llab-quvvatlash.
1997 yilda Yevropa Hamjamiyati Komissiyasi “2000 yil kun tartibi: qishloq xo’jaligi” 
hujjatini e’lon qildi. 

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling