7
O’QUV DASTURI
KIRISH
Mamlakatmiz agrosanoat majmuasida bozor munosabatlarini shakllantirish, majmua
tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, modernizatsiyalash, majmuani
diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan bog’liq masalalarning
nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani muhim
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning malakat iqtisodiyotini
rivojlantirishga bag’ishlangan asar va ma’ruzalarida keltirilgan ma’lumotlar, asosiy
tushuncha va qarashlar, ustuvor yo’nalishlar va xulosalari asosida talabalarga maskur fan
doirasida mamlakatda olib borilayotgan agrar, iqtisodiy islohotlarning mazmunini puxta
o’zlashtirishlarini ta’minlash fanning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat agrosanoat majmuasini barqaror va
jadal rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda
keng foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida agrosanoat majmuasining
ulushi yuqori ekanligi fanning ahamiyatini, o’rganish zaruratini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: