O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet38/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

Holning ma’noviy turlari haqida. Hol nutqda gapdan anglashilgan mazmunning, kesim ifodalagan ish-harakat, holat, voqea-hodisaning o’rni, payti, tarzi, miqdor-darajasi, sababi, maqsadi, natijasi, sharti (qatorni yana davom ettirish mumkin) kabi ma’noni ifodalaydi.
Boshqa gap bo’laklariga nisbatan holning ma’noviy turlari nisbatan ko’proq. Lekin, olaylik, aniqlovchining rang-tus aniqlovchilari, xususiyat aniqlovchilari, hajm-shakl aniqlovchilari kabi turlarini ajratish grammatik, sintaktik qurilish nuqtai nazaridan mantiqsiz bo’lgani kabi, holning ma’noviy turi ham gap sintaktik qurilishi uchun daxlsiz. SHuningdek, ko’p hollarda o’rin-payt (Botir urushda bilinadi), sabab va maqsad (O’qish uchun Toshkentga keldi), ravish va miqdor holini (Isroil qayta-qayta o’qidi) farqlash qiyin. CHunki hol va so’zlararo munosabat nutq sharoiti, voqea-hodisaning tabiatiga va so’zlovchining maqsadiga mos ravishda turlicha voqelanishi mumkin.
Holning tuzilish turlari. Lisoniy sintaktik qolipning asosiy xususiyatidan biri shuki, uni to’ldiradigan nutqiy birlik bir a’zo huquqiga ega va har qanday katta-kichiklikda bo’lishi mumkin:

  1. Holning bir so’z bilan ifodalanishi: 1. Tog’am shaharga meni ham olib bordi. 2. SHalola shoshilib jo’nadi. 3. Qiz bilan salomlashib suhbatlashdi.

  2. Holning so’z birikmasi bilan ifodalanishi: 1. Tog’am notanish shaharga meni ham olib bordi. 2. SHalola favqulodda shoshilib jo’nadi. 3. Qiz bilan do’stlarcha salomlashib suhbatlashdi.

Demak, bir so’zshakl bilan ifodalangan hol sodda, kengaygan (birikma holidagi) birlik bilan ifodalangan hol murakkab deyiladi.
Holning ifodalanishi.Hol barcha mustaqil so’z turkumi bilan ifodalanadi:
1) fe’l: SHalola shoshilib gapirdi;
2) ot: Uydan chiqarib ketdi;
3)sifat: U yaxshi o’qiydi;
4) son: Bir keldi, bir ketdi;
5) olmosh: Bunda ari keltiradi bol;
6) taqlid: U piq-piq kuldi;
7) ravish: Ish kech tugadi.

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling