O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi. Tabiiy holda o’suvchi 
dorivor o’simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati 
korxonalarning dorivor o’simliklar xomashyosiga bo’lgan talabini, asosan, dorivor 
o’simliklar o’stirish orqaligina qondirish mumkin. 
Dorivor o’simliklarni yig’ish va ekish to’g’risidagi 1921 yilda chiqarilgan 
Dekret farmatsevtika sanoatining rivojlanishida, dorixonalarni dori mahsulotlari 
bilan tahminlash hamda dorivor o’simliklarni yig’ishda katta ahamiyatga ega 
bo’ladi. Dori mahsulotlarini yig’ish ishi bilan faqat davlat mahkamalari shug’ullana 
boshlaydi va bu ish ma’lum reja asosida olib boriladi. Bu rejaga asosan yangi ilmiy-
tekshirish muassasalarini ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi 
qo’llanma va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar 
yaratish zarur edi. SHu maqsadda 1931 yilda Butunittifoq dorivor va xushbo’y 
o’simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILAR) ochiladi. 
Bundan tashqari, Butunittifoq o’simlikshunoslik instituti (VIR) ochiladi. Bu 
institutning asosiy vazifasi chet eldan keltirilgan dorivor va boshqa foydali 
o’simliklarni ekish usullarini hamda ularning agrotexnika qoidalarini o’rganishdan 
iborat edi. 
Dorivor o’simliklarni ekish va agrotexnika usullarini o’rganish bilan ularga 
bo’lgan ehtiyojni qondirish qiyin bo’lib, shu sababli dorivor o’simliklarni qidirib 


178 
topish maqsadida tashkil etilgan eks’editsiyalar Kavkaz, O’rta Osiyo, Sibir, Uzoq 
SHarq va boshqa tumanlar florasini o’rgana boshladi. Bunday eks’editsiyalar 
Butunittifoq dorivor o’simliklar instituti (VILR), Yevropa va Osiyodagi 
Respublikalar Fanlar Akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika 
bog’lari, farmatsevtika institutlari va boshqa oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy-
tekshirish institutlarining ayrim laboratoriyalari tomonidan uyushtirilib kelindi. 
Ayniqsa, bu sohada VILR va Moskva Fanlar Akademiyasining botanika bog’lari 
tomonidan (L.A.Utkin, ‘.S.Massagetov va boshqalar rahbarligida) o’tkazilgan 
eks’editsiyalar diqqatga sazovordir. Eks’editsiyalar natijasida yangi, ayniqsa chet 
eldan keltirilgan dorivor o’simliklar o’rnini bosadigan juda ko’p dorivor o’simliklar 
to’ildi. SHy bilan birga qator dorivor o’simliklarning ko’p o’sadigan joylari, 
ularning zahiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib ketayotgan 
muhim dorivor o’simliklarni ma’lum miqdorda tayyorlash va ularni saqlab qolish 
tadbirlari ishlab chiqildi. 
Yangidan ekilishi kerak bo’lgan dorivor o’simliklar agrotexnikasi VILR 
hamda uning tajriba stantsiyalarida, qisman fanlar akademiyasi (FA), universitetlar 
va oliy o’quv yurtlarining botanika bog’larida ishlab chiqilmoqda. Bu sohada VILR 
va uning tajriba stantsiyalarini xizmati katta bo’lib, ularda chet eldan keltirilgan bir 
qancha tropik va subtropik dorivor o’simliklarni Yevropa iqlimida o’stirishning 
agrotexnika qoidalari ishlab chiqilgan.
Mamlakatimizning turli hududlarida (zonalarida) joylashgan xo’jaliklarida 
quyidagi dorivor o’simliklar o’stirilmoqda: xin daraxti, koka butasi, aloe turlari
ortosifon, dixroa, katta kella, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, 
kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, to’q qizil ‘assiflora, rauvolfiya turlari, pushti 
katarantus (bo’rigul), yumaloq bargli stefaniya, evkalipt turlari, bo’lakli ituzum va 
boshqalar.
Sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor o’simliklar yovvoyi holda 
o’sadigan dorivor o’simliklardan katta farq qiladi, yahni o’stiriladigan dorivor 
o’simlik mahsulotida begona o’simliklar aralashmasi bo’lmaydi. Agrotexnika 
qoidalari asosida o’stirilgan dorivor o’simliklar serhosil va biologik faol moddalarga 
boy bo’ladi. 
Yuqorida aytib o’tilgan sabablarga ko’ra, ba’zi bir dorivor o’simliklarni 
o’stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o’sadigan dorivor 
o’simliklar mahsulotini yig’ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga 
tushadi. 
Yer haydash usullari: dorivor o’simliklar ekiladigan yerni sifatli haydashda 
haydash usulining ham roli katta. Yer asosan, ikki usulda, yahni aylanma (shaklli) 
va taxta (zagon)larga bo’lib haydaladi. Aylanma shaklli haydash uchastkaning 
o’rtasi yoki chekkasidan boshlanadi.. Bu usulda yer sifatli haydalmaydi, chunki 
haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bo’lmaydi, yahni uchastkaning 
o’rtasida chuqur, burilish joylarda sayoz bo’ladi, hatto ayrim joylar haydalmay 


179 
qoladi. SHuning uchun dehqonchilikda aylanma, yahni shaklli haydash usulini 
qo’llash tahqiqlangan. Dala to’g’ri taxtalarga (zagonlarga) bo’lib haydalganda 
sifatli bo’ladi. SHuning uchun yerni haydashdan oldin dala taxtalarga bo’lib 
chiqiladi.
Yer haydash muddati. Yer qancha barvaqt shudgorlansa unda nam shuncha 
ko’p to’planadi hamda yerning fizik xossalari yaxshilanib, ekinlardan yuqori hosil 
olinadi. Yer haydash muddati ekiladigan ekinga ham bog’liq. Bahorgi yoki kuzgi 
ekinlar ekilgan yerga takroriy ekin ekilishi lozim bo’lsa, o’rim tamomlanishi 
bilanoq tezda ang’izni haydash kerak. Mexanik tarkibi yengil tuproqli yerlar og’ir 
tuproqli yerlarga nisbatan ertaroq yetiladi. SHuning uchun bahorda yerlarni oralab
haydash kerak. Tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan 50-60 foiz bo’lgan vaqt 
yer haydaladigan eng qulay muddat hisoblanadi. 
Yer haydash chuqurligi. Yerni haydash chuqurligi oddiy chizg’ich yoki 
maxsus egat o’lchagich bilan o’lchanadi. Haydash chuqurligi, yerni haydash 
vaqtida yoki haydalgandan keyin ham aniqlanadi. Yerni haydash vaqtida 
haydash chuqurligini aniqlash uchun egat o’lchagichdan foydalaniladi. Egat 
o’lchagich ikkita taxtacha (reyka)dan iborat bo’lib, ular bir-biriga halqa yordamida 
siljiydigan qilib biriktirilgan. Haydash chuqurligi egatning kamida 15-20 
joyidan o’lchanib, ular jamlanadi va natija o’lchashlar soniga bo’linib o’rtacha 
chuqurlik to’iladi. Dorivor o’simliklar ekiladigan yerlarni tuproq xossalarini hisobga 
olgan holda 28-30 sm chuqurlikda haydaladi.
Yerga mola bostirish. Dehqonchilikda yerni yumshatish bilan bir qatorda 
zichlashga, yahni mola bostirishga zarurat tug’iladi, chunki yumshoq tuproqda havo 
almashinishi jadallashib, namlikni bug’lanishi tezlashadi. Tuproq ma’lum 
darajada zichlashtirilganda, yumshoq tuproqqa nisbatan urug’larni unib chiqishi 
tezlashadi. O’simliklarning ildizi normal o’sadi va oziq elementlardan ko’proq 
foydalanadi.
Yerni tekislash: dorivor o’simliklar ekiladigan yerlarni tekislashning 
ahamiyati katta, chunki notekis yerda nam tekis yerga nisbatan tez bug’lanadi. 
Tekis yerda ekinlar sifatli parvarish qilinadi va to’la yig’ishtirib olinadi, sug’orish 
vaqtida suvchi va texnikaning ish unumi bir necha foiz ortiq bo’ladi.
Urug’ni ekish chuqurligi. Dorivor o’simliklarning biologik xususiyatlari 
turlicha bo’lib, urug’larini katta-kichikligi bilan ham farqlanadi. Urug’larning
o’timal ekish chuqurligini aniqlash bo’yicha qilingan tajribalardan urug’larni katta-
kichikligiga qarab turli xil chuqurlikda ekish tavsiya qilinadi. Urug’lar asosan kech 
kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Mayda urug’lar 0,5-1 sm chuqurligida ekiladi, 
kattaroq urug’lar esa 2-5 sm chuqurlikkacha ekiladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling