O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
- Dorivor o’simliklar haqida umumiy ma’lumot.
Nazorat uchun savollar:
1. Vitamin nima? 2. Vitaminli o’simlik deganda nimani tushunasiz? 3. Vitaminli o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi? 4. Inson salomatligi uchun vitaminli o’simliklarning ahamiyati qanday? 5. CHakandaning qanday foydali xususiyatlari bor? 6. Na’matakdan asosan nima tayyorlanadi? 7-mavzu. DORIVOR O’SIMLIKLAR VA ULARNI SAQLASH, QAYTA ISHLASH VA FOYDANISH Reja: 1. Dorivor o’simliklar haqida umumiy ma’lumot. 2. Ilmiy tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor o’simliklar. 3. Dorivor o’simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash. 4. Dorivor o’simliklarning guruhlanishi. Tayanch iboralar: xalq tabobati, ilmiy tibbiyot, damlama, qaynatma, zaharli dorivor o’simlik, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita, dorivor yig’ma, dorivor choy, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot. Mavzuning maqsadi: Dorivor o’simliklarning O’zbekiston florasida keng tarqalgan turlari bilan tanishtirish, dorivor o’simliklarning sistematik o’rni va o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. 84 Dorivor o’simliklar haqida umumiy ma’lumot. Dorivor o’simliklar qadimdan insoniyat tomonidan turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Ularni turlari juda ko’p bo’lib yer yuzining hamma hududida (regionida) ishlatiladiganlaridan tashqari har bir hududning o’ziga xos dorivor o’simligi ham bo’ladi. Ammo, xalq tabobatida va anhanaviy (traditsion) tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor o’simliklarning hammasi hali ilmiy tibbiyotda o’z o’rnini egallagani yo’q. Lekin ularning ba’zi birlari shu vaqtgacha davosi to’ilmagan kasalliklarga shifo bo’lishi ham mumkin. Ma’lumki, xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklar soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha ko’p. Masalan, O’zbekiston xalq tabobatida 500 dan ortiq o’simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin shulardan 100 dan ortig’igina ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Agarda xalq tabobatida ko’llaniladigan o’simliklar har taraflama va chuqur o’rgaNilg’sa, ular ichidan shifobaxsh xususiyatga ega bo’lganlarini to’ilishi aniq. Odamlar ko’pincha dorivor o’simliklarni yig’ib, undan uy sharoitida o’zlari dori tayyorlab oladilar. Bu noto’g’ri, chunki o’simlikning qandayligini bilmay turib tayyorlangan dori yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, tabiatda tashqi ko’rinishidan dorivor o’simliklarga o’xshagan zaharli o’simliklar ham uchraydi. SHuning uchun dorivor o’simliklarni yig’ishdan avval ularning botanik alomatlarini, yig’ib olinadigan muddatini bilish kerak bo’ladi. Dorivor moddalar o’simliklarning ba’zilarida kurtagida, bargida yoki poyasida, ba’zi o’simliklarning guli yoki mevasida, ba’zilarining esa ildizi yoki po’stlog’ida to’planishi mumkin. Yuqorida aytilgandek, ko’pchilik dorivor o’simliklar tarkibida kuchli ta’sir ko’rsatuvchi zaharli moddalar bo’ladi. Bunday dorivor o’simliklardan tayyorlangan dorilarda zaharli moddalar dozasi bir oz ortiqroq bo’lsa ham kuchli zaharlaydi yoki turli kasalliklarga yo’liqtiradi. Adonis, angishvonagul, bangidevona, belladona, itsigak, isiriq, kuchala, ko’knori, maralquloq, mingbosh, mingdevona, omonqora, qirqbo’g’in va boshqa shunday zaharli dorivor o’simliklar jumlasidandir. SHuning uchun ularni ishlatishda belgilangan dozalarga qathiy amal qilish kerak. Hozirgi kunda ilmiy tibbiyotda qo’llanilayotgan ko’pchilik dorivor o’simliklar aslida xalq tabobatidan olingan. SHuning uchun xalq tabobatining dorivor o’simliklari yangi, samarador fitopreparatlar yaratish maqsadida ilmiy- tekshirish ishlari olib borishda bitmas-tuganmas manbadir. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling