O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Пуск tugmasining ustida bosiladi (sichqonchani bosish deyilganda,  sichqonchaning asosiy tugmasini boshish tushiniladi) va bosh menyudan Выключение


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152
Bog'liq
SATQ

Пуск tugmasining ustida bosiladi (sichqonchani bosish deyilganda
sichqonchaning asosiy tugmasini boshish tushiniladi) va bosh menyudan Выключение bandi 
tanlanadi. Ochilgan muloqat oynasidan (1.2 – rasm) Выключение tugmasi bosiladi. Shu 
oynaning Ждущий режим tugmasi bosilganda kompyuter kutish holatiga o’tadi, 
Перезагрузка tugmasi bosilganda kompyuter o’chib, qaytadan ishga tushadi, Отмена tugmasi 
bosilganda esa bu oyna yopilib, Windows 7ning ishi davom etadi. [A-1.XXXII,5-7 pages] 
2. Ish stoli elementlari va ularning vazifalari. 
Windows 7 dasturi ishga tushgandan keyin ekran ikki qismga ajraladi: ish stoli va 
masalalar paneli (1.3 – rasm). 
Windows 7 interfeysining asosiy elementi – bu ish stoli hisoblanadi. Ish stolida hamma 
dasturlarning oynalari ochiladi. Ish stolidan dasturlarni tez ishga tushirish maqsadida ham 
foydalaniladi.
Odatda ish stolining quyi qismida joylashgan masalalar paneli dasturlarni tez ishga 
tushirish va yopish hamda kompyuterning ishlashi haqida sizga axborot berish uchun xizmat 
qiladi.
Ish stolida bitta yoki bir qancha belgi va yarliklar bo’lishi mumkin. Belgi va yarliklar 
grafikli obekt bo’lib, dasturlarni tez ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Ularning ostida 
dasturning nomi yoziladi. Ko’p dasturlar kompyuterga o’rnatilayotganda ish stolida yarliklar 
hosil qiladilar. O’zingiz ham mustaqil ravishda yarliklar hosil qilishingiz mumkin (bu haqda 
keyinroq so’z yuritiladi). Yarlikning o’chirilishi dasturning o’chirilishiga olib kelmaydi, ya’ni 
yarligi o’chirilgan dastur kompyuter xotirasida qolaveradi. [A-1.140 page] 
Windows 7 dasturi ishga tushganda ish stolida Корзина belgisi mavjud bo’ladi. Bu belgini 
ikki marta bossak, Корзина dasturi ishga tushadi. Bu dasturning vazifasi o’chirilgan fayllarni 
vaqtincha saqlashdan iborat.
Hozir biz Корзина dasturini ishga tushirib, dastur oynasi misolida, barcha dastur oynalari 
bilan ishlashning sodda usullari bilan tanishib chiqamiz. 
1. Sichqonchani Корзина ustiga olib kelib, ikki marta asosiy tugmasini tez bosing
2. Ish stolida Корзина dasturining oynasi paydo bo’ldi (1.4 – rasm); [A-1.326 page] 
3. Masalalar panelida ham Корзина dasturining tugmasi hosil bo’ldi; 
4. Dasturning nomi ko’rsatilgan qatorning yuqori o’ng burchagidagi 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling