O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Mikroprotsessorning boshqaruv kurilmasi
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forum (lat. forum)
- Raqamli kompyuterlar
Mikroprotsessorning boshqaruv kurilmasi
(BQ) -oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi; bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi. Funktsional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi sanaladi. Ushbu qurilma yo’riqlarning kodli shinasi (YKSh) vositasida mashinaning barcha bloklariga etib boradigan boshqaruv signallarini shakllantiradi Fayl (file, asosan: qog’ozlarni tikib qo’yish, kartoteka hamda ma’lumotlar to’plami ma’nolarini anglatadi), ayrim yozuvlarni identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan tavsiflarga ega, o’zaro bog’liq, tartibga solingan yozuvlar majmui. Asosan kompyuterning tashqi xotirasida joylashib, yuborish va ishlov berish jarayonida yaxlit holdagi narsa sifatida qabul qilinadi Forum (lat. forum) - Internet tarmog’idagi ommaviy yig’in yoki anjuman. (Qo’shimcha ma’lumot: Qadimiy Rimda ushbu atama siyosiy hayot markaziga aylangan maydon yoki bozorni anglatgan. Rimning bosh forumi - Romanum forumi sanaladi, eramizdan oldingi 6- asrdan boshlab rivojlanib kelgan ushbu forum serhasham arxitektura ansambliga aylandi. Shuningdek, forum deb, har qanday ommaviy vakillar yig’ilishi, s’ezdga aytiladi. Misol uchun, Butun jahon yoshlar forumi) Raqamli kompyuterlar - ikkilik sonli kodlar ko’rinishidagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi kompyuterlar Dasturlash tillari , ma’lumotlarni (axborotni) va ularga EHMda ishlov berish algoritmini (dasturni) tavsiflash uchun mo’ljallangan rasmiy tillar. Dasturlash tillarining negizini algoritmik tillar tashkil etadi. Ilk dasturlash tillari muayyan EHMlar uchun mo’ljallangan komandalar tizimi ko’rinishiga ega bo’lgan mashina tillari bo’lgan. Hisoblash texnikasi ravnaq topgach, turli vazifalarni hal etishga qaratilgan murakkab dasturlash tillari paydo bo’ldi. Bunday tillar jumlasiga iqtisodiyotga oid axborotga ishlov berish (kobol) tili, muhandislik va ilmiy hisoblar chiqarish (fortran) tili, dasturlashga o’rgatish (algol-60, paskal) tillari, model tuzish (sleng, simula) tillari va shu kabilar kiradi. EHM qo’llaniladigan sohalar ko’lami kengayib borishi deyarli har qanday sohaga doir vazifalarni hal etish algoritmini yozish uchun mo’ljallangan ko’p maqsadli (universal) dasturlash tillari (algol-68, SI, PLG’1 kabi tillar), shuningdek, shaxsiy EHMlar uchun dasturlash tillari (beysik, paskal kabi tillar) paydo bo’lishiga olib keldi. Algoritmlar tavsifini bir dasturlash tilidan boshqa dasturlash tiliga, asosan mashina tiliga o’girish uchun esa maxsus dasturlar -translyatorlar qo’llanila boshlandi. 200 Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling