O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sezgir ekranlar
Mikroprotsessor registrlari
funktsional jihatdan bir xil bo’lmaydi, xususan: ularning bir turi ma’lumotlarni yoki manzilga oid axborotni saqlash uchun xizmat qilsa, boshqa turi -MzP ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunga muvofiq barcha registrlarni ma’lumotlar registrlari, ko’rsatkichlar va maxsus vazifalar bajaruvchi registrlarga farq qilish mumkin. Ma’lumotlar registrlari operandlar manbalari va natija qabul qilgichlar sifatida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarda ishtirok etadi, manzil registrlari yoki ko’rsatkichlar esa asosiy xotira qurilmasidagi ma’lumotlar va komandalarning manzillarini hisoblab chiqarishda qo’llaniladi. Maxsus registrlar MzPning joriy holatiga indeks berish va tarkibiy qismlarining ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunday arxitektura ham bo’lishi joizki, ayni bir registrlar ma’lumotlarni ham, manzillarga oid axborotni ham saqlash uchun qo’llaniladi. Bunday registrlar umummaqsadli registrlar (UMR) deb ataladi. Registrlarning u yoki bu turidan foydalanish usullari MP arxitekturasining muayyan xususiyatlarini belgilab beradi. 197 Sayt - (site - joy, o’rin), axborot ko’rsatish uchun mo’ljallangan, Internet tarmog’ida o’z manziliga ega bo’lgan sahifa. Internet tarmog’ida ushbu atama o’zaro bog’langan gipermatnli hujjatlardan (kichik sahifalardan) tashkil topgan yagona informatsion tuzilishni anglatadi. Eng yirik saytlar axborot portallarining muayyan toifasiga birlashadi, portallarda esa bunday saytlar turlarga tasniflanadi (misol uchun, lingvistik saytlar, qidiruv saytlari va h.k.) Sezgir ekranlar - displey poliekranidan tasvir, dasturlar yoki komandalarning ayrim elementlarini kompyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilmalar. Kompyuter komandalarining tizimi - muayyan kompyuter tomonidan bajariladigan komandalar majmui. Tizim shinasi kompyuterning asosiy interfeys tizimi sanalib, barcha qurilmalarning o’zaro birikishi va aloqa bog’lashini ta’minlaydi. Ushbu shina axborotning uchta yo’nalishda uzatilishini, jumladan: mikroprotsessor va asosiy xotira qurilmasi o’rtasida; mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o’rtasida; asosiy xotira qurilmasi va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o’rtasida uzatilishini ta’minlaydi. Ushbu shina asosiy plata ustidagi qoliplab tayyorlangan ko’prikcha ko’rinishiga ega bo’ladi Skaner (scanner) qog’ozdagi mashinkada yozilgan matnni, shuningdek, grafik tasvirlar, rasmlar, chizmalar, slaydlar va fotosuratlarni avtomatik hisoblab, kompyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma. Aksariyat skanerlarda tasvirni raqamli shaklga aylantirish uchun zaryadli bog’lanish asboblari asosida tayyorlangan yorug’lik sezgir elementlar (ingl. Charge-Coupled Device, CCD) qo’llaniladi. Hisoblovchi kallak bilan tasvirning bir-biriga nisbatan harakatlanishiga ko’ra skanerlar: Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling