O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
Purkovchi
printerlar zarb bermay ishlaydigan (non-impact) printerlar turiga mansubdir. Bunday printerlarda tasvir, bosuvchi kallak naychalari (soplolari) vositasida qog’ozga purkaladigan maxsus siyohlarning mikrotomchilari bilan shakllanadi. Ushbu naychalar soni, printerlar modellariga bog’liq holda, odatda, 12 donadan 256 donagacha bo’ladi. Purkovchi printerlarning aksariyat modellarida tasvirni tiniq bosish qobiliyati bir dyuymga 1440 ta nuqtaga qadar etadi. Matritsali printerlardan farqliroq purkovchi printerlar ishi ancha shovqinsiz kechib, tasvir sifatli bosilishini ta’minlaydi. Lazerli printerlarda tasvir yaratilishining elektrografik tamoyili qo’llaniladi, ya’ni: bo’yoq (toner) zarralari elektrostatik potentsial yordamida barabanga tortiladi va barabanda shu tariqa hosil bo’lgan tasvir qog’ozga o’tadi. Lazerli printerning oddiy nusxa olish apparatidan farqi shundan iboratki, printerdagi tasvir bosish barabani kompyuter komandasiga ko’ra yarim o’tkazgich lazeri yordamida elektrlanadi. Lazerli printerning tarkibiy elementlari jumlasiga fotoo’tkazuvchi tsilindr (tasvir bosish barabani), yarim o’tkazgich lazeri hamda nurni ko’chirib o’tkazish uchun mo’ljallangan pretsizion (yuqori sifatli) optik-mexanik tizim kiradi. Lazerli printerlar monoxrom va rangli tasvirning bosmaxona sifatiga yaqin sifatda bosilishini, shuningdek, printerlarning boshqa turlari orasida tasvirning nisbatan tez bosilishini ta’minlab, maxsus qog’oz ishlatilishini talab qilmaydi. Lazerli printerlar bozorida ish tezligi past (daqiqada 4-6 sahifa) va o’rtacha printerlar (daqiqada 7-11 sahifa) hamda bosish resursi katta, ya’ni (daqiqada 12 sahifadan ko’p) bo’lib, bevosita mahalliy tarmoqqa ulanadigan tarmoq printerlari deb nomlanadigan jamoa foydalanadigan axborot bosish qurilmalari alohida ajralib turadi. A-4 formatli qog’ozga bosuvchi lazerli printerlar uchun 6001200 dpi (bir dyuymga to’g’ri keladigan nuqtalar soni) tasvirni tiniq bosish qobiliyatining deyarli standart ko’rsatkichga aylanib bormoqda. A-3 formatli qog’ozga bosuvchi lazerli printerlarning tasvirni tiniq bosish qobiliyati, odatda, 1200 dpi va undan yuqori bo’lib, bosish tezligi katta bo’lmaydi, ya’ni daqiqada 3-4 sahifa bosadi. Printerlarning eng muhim funktsional imkoniyatlari jumlasiga tasvirni tiniq bosish qobiliyatini oshirish texnologiyalari qo’llab-quvvatlanishi, shriftlar masshtabi o’zgartirilishi (PostScript, TrueType) va xususiy tezkor xotira mavjudligi kiradi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling