dastaki
(ingl. Handheld);
rulon
(ingl. Sheet-Feed);
planshet
(ingl. Flatbed);
proektsion
skanerlarga bo’linadi.
Proektsion skanerlar jumlasiga fotoplyonkalarni skanerlash uchun qo’llaniladigan
slayd-
skanerlar
kiradi. Yuqori sifatli poligrafiyada esa
baraban-skanerlar
qo’llanilib, ularda yorug’lik sezgir element sifatida fotoelektron ko’paytirgichlardan
foydalaniladi.
Bir marotaba yurib o’tadigan planshet-skanerning ish tamoyili mazmunan quyidagidan
iborat. Harakatsiz shaffof oyna ustiga joylashtirilgan tasvir bo’ylab yorug’lik manbasiga ega
skanerlovchi karetka yurib o’tadi. Skanerning ob’ektiv va ko’zgulardan yoki prizmadan tashkil
topgan optik tizimidan aks etgan yorug’lik har biri tasvir komponentlariga oid axborotni qabul
qilib oladigan, zaryadli bog’lanish asboblari asosida tayyorlangan o’zaro parallel joylashgan
uchta yorug’lik sezgir elementga borib tushadi.
Multimedia vositalari
- apparat vositalari va dasturiy vositalar kompleksi bo’lib, insonga,
o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlar, ya’ni: tovush, video, grafika, matn, animatsiya
kabilardan foydalangan tarzda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradigan vositalardir.
Multimedia vositalari jumlasiga:
nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari;
mikrofon
va
videokameralar;
kuchaytirgichlar,
tovush
kolonkalari
va
katta
videoekranlarga ega akustik tizimlar hamda videotasvir tizimlari;
tovush va video platalari hamda tasvirni videomagnitofondan yoki videokameradan olib,
kompyuterga kirituvchi videotutish platalari;
skanerlar;
tovushli va video axborotni yozish uchun tez-tez qo’llanilib turiladigan katta hajmga ega,
optik disk asosidagi tashqi xotira qurilmalari
kiradi
198
Do'stlaringiz bilan baham: |