22
Kirish
Ushbu
dastur
5341000
-
Qishloq
xududlarini
arxitektura-
loyihaviy tashkil etish ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan OO’Yu
talabalarni
"Arxitektura ashyoshunosligi" fanidan Davlat ta’lim standartlari sifat talablari
darajasida bilim olishlarini ta’minlash uchun tuzilgan bo’lib, arxitekturaviy
ashyolarinig turlari, fizik-mexanik va kimyoviy xossalari, ularni ishlab chiqarishda
qo’llaniladigan xom-ashyolar, ishlab chiqarish texnologiyasi, qurilishda arxitektura
yo’nalishida qo’llash sohalarini o’z ichiga oladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanining maqsadi:
talabalarga
pardozbop, dekorativ arxitekturaviy
ashyolarining turlari, xossalari, ularga
ishtiladigan hom-ashyolar, ishlab
chiqarish texnologiyasi va qo’llanilish sohalariga oid bilimlarni o’zlashtirish,
arxitektura sohasi bo’yicha amaliy ishlarni ularning natijalarini qayta ishlab,
arxitekturaviy ashyolarini fizik-mexanik
hossalarini taxlil qilishga, ekologiya
muammolarini hal qilishda, arxitekturaviy ashyolari sanoati o’rnini
tushuntirish, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarida qo’llanilgan
maxalliy arxitekturaviy ashyolari bilan tanishtirish
va shu asosda talabalarda
milliy faxrlanish tuyg’usini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalarga respublikamizning arxitekturaviy
ashyolari sanoatini
rivojlanish bosqichlari, tarixiy arxitektura obidalari va
yodgorliklari, qurilishida qo’llanilgan maxalliy ashyolarning o’ziga xos
xususiyatlari, fanning xozirgi davrdagi asosiy ilmiy yo’nalishlari bilan
tanishtirish, arxitekturaviy ashyolarini ishlab chiqarishda maxalliy xom ashyo
zahiralari va sanoat
chiqindilaridan foydalanish, arxitekturaviy ashyolarining
hossalarini taxlil qilish orqali, arxitekturaviy
masalalarni hal etishda, ulardan
oqilona foydalanish; chet davlatlardan olib
kelinayotgan arxitekturaviy
ashyolarni o’rnini bosuvchi pardozbop maxalliy ashyolarni ishlab chiqarishni
tashkil etishni o’rgatish orqali milliy qadriyatlar, vatanga muxabbat tuyg’ulari
va ma’naviyati yuksak darajada shakllangan, bilimli
yoshlarni tarbiyalab
yetishtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: