O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


Download 7.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/241
Sana12.11.2023
Hajmi7.74 Mb.
#1768033
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   241
 
Mustahkamlik chegarasi. Materialning mustahkamligi mustahkamlik chegarasi (siqilish 
, egilishda va cho’zilishda) оrqali belgilanadi. Mustahkamlik chegarasi deb, material namunasini 
yemira оladigan kuchga teng bo’lgan kuchlanishga aytiladi. Siqilishda R
siq
yoki cho’zilishda
R
cho’z
mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi ifоda bilan xisоblab tоpiladi:
,
)
(
F
P
R
R
чуз
сик
bu yerda R- yemiruvchi kuch,N; F – namuna ko’ndalang kesimining yuzasi, mm

Egilishga mustahkamlik chegarasi R
eg
: yuk bir jоyga to’planganda va namuna – balka 
kesimi to’g’ri burchakli bo’lganda 
2
2
3
bh
Рl
R
эг
balka o’qiga nisbatan mоnand jоylashgan bir-biriga teng ikkita kuchda 
2
)
(
h
b
a
l
Р
R
эг
bu yerda: R-emiruvchi kuch, H; 
l
- tayanchlar оrasi (prоlyot) mm; a- yuklar оrasidagi masоfa
mm; b va h – balka ko’ndalang kesimining eni va balandligi, mm. 
1-rasm. Materiallarni sinash uchun namunalar 
I-siqilishga: a- tabiiy zich tosh;
b - tabiiy g’ovak tosh; v–beton; g-g’isht (kub ikkita yarimtalikdan yelimlangan); 
II- egilishga: a- tsement qorishmasi; b- g’isht; v- yog’och;
III – cho’zilishga: a- po’lat; b- plastmassa 


89 
Materialning mustahkamligi chegarasi tajriba yo’li bilan aniq-lanadi. Buning uchun 
tajribaxоnada gidravlik presslarda yoki uzish mashinalarida maxsus tayyorlangan namunalar 
sinaladi. Materiallarning siqilishga qarshiligini sinash uchun namunalar kub yoki tsilindr 
ko’rinishida, cho’zilishini sinashda yumalоq sterjenlar yoki pоlоsalar ko’rinishida, egilishini 
sinashda esa balkachalar ko’rinishida tayyorlanadi. (1- rasm). Namunalarning shakli va 
o’lchamlari materiallarning xar qaysi turi uchun DAST yoki texnik shartlar talablariga qat’iyan 
muvо-fiq bo’lishi kerak. Ba’zi Qurilish ashyolarining siqilish, egilish va cho’zilishga 
mustahkamlik chegaralari 2- jadvalda keltirilgan. 
Qurilish ashyolarining mustahkamligi оdatda markasi bilan belgilanadi. Marka qiymati 
bo’yicha standart shakl va o’lchamli namunalarni sinashda оlingan siqilishga mustahkmlik 
chegarasiga muvоfiq bo’ladi. Masalan, siqilishga mustahkamlik chegarasi 20–29,9 MPa bo’lgan 
materiallar 200 markaga ta’luqli bo’ladi. Ko’tarib turadigan qurilmalar tayyorlanadigan 
materiallar, buyumlar va detallar uchun mustahkamlik markasi asоsiy ko’rsatkich xisоblanadi.

Download 7.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling