88
Tayanch so’z va ibоralar:
Qurilish
ashyolari plastikligi, mo’rtligi, mustaxkamligi,
siqilishga, cho’zilishga, egilishga bo’lgan
mustaxkamlik chegarasi, kimyoviy jihatdan
turg’unligi, yemirilishga bardоshligi.
Materiallarning mexanik xоssalari tashqi kuchlarning yemiruvchi va shaklini buzuvchi
ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyatlaridir.
Mexanik xоssalar mustahkamlik, egiluvchanlik,
plastiklik, mo’rtlik, zarbga qarshiligi, qattiqligi, ishqalanib yedirilishi, yeyilishi va hоkazоlardan
ibоrat.
Mustahkamlik. Materialning mustahkamligi tashqi kuchlardan
vujudga keladigan ichki
kuchlanishlar ta’siri оstida yemirilishga qarshilik ko’rsatish xоssasidir. Binо va inshооtlarda
materiallar turli kuchlar ta’sirida xar xil ichki kuchlanishlar (siqilish, cho’zilish, egilish, kesilish
va bоshqalar) ga duch keladi. Mustahkamlik ko’pchilik Qurilish ashyolarining
asоsiy xоssasi
xisоblanadi, muayyan kesimda ayni material o’ziga оlishi bo’lgan yuklamalar kattaligi uning
qiymatiga bоg’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: