O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti tarixi kafedrasi


O’quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 0.84 Mb.
bet54/70
Sana15.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1775500
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
Namangan davlat universiteti tarixi kafedrasi-fayllar.org

O’quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Hozirgi kunla jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab jarayonlarni to’liq anglab yetish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga oid bilimlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtai nazardan taqdim etilayotgan fan qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xalqaro maydonda bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni batafsil ko’rib chiqishga yordam beradi. Unda xorijiy davlatlarning xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida bosib o’tgan ko’p asrlik yo’li aks ettirilgan. Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy - uslubiy saviyasini oshirishda jahonda ro’y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o’rganishdagi asosiy konseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarni tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi. Shuningdek, “O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror toptirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.


O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - qadimgi davrdan to hozirgi kungacha vatanimiz hududlarida davlatchilik sohasida bosib o’tgan ko’p asrlik tarixiy yo’lini ko’rsatib berish, ushbu sohada erishilgan ijobiy natijalar va muammoviy vaziyatlarni batafsaz taxlil etish. Shu bilan birga talabalarni g’oyaviy-mafkuraviy saviyasini uzluksiz o’sib borishini ta’minlab, ularga taqdim etilayotgan fan bo’yicha chuqur bilimlar yetkazish.
Fanning vazifalari talabalarga “O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani nazariyasini chuqur o’rgatish, jahon maydonida faoliyat olib boruvchi chet el davlatlarining siyosati va uni amalga oshirishda diplomatiyaning ahamiyatini yoritish, hamda jahon taraqqiyotida xalqaro munosabatlar va diplomatining o’rni va mavqei mustahkamlanib borishini asoslab berishdan iborat.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling