O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 310.05 Kb.
bet24/33
Sana07.01.2023
Hajmi310.05 Kb.
#1081329
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
pdffox.com boshlangich-sinf-oquvchilarni-bayon-yozishga-orgat

So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula — okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq.

  • Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.

    Xulosa qilib aytganda, so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.


      1. Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari.


    Orfografiya o'qitishda o'quvchilarning savodxonlik darajasini o'rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o'rin tutadi.
    Maktabda o'tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o'quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o'quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin.
    O'quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko'proq nazorat diktant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
    O'qituvchi o'quvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o'quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O'quvchi o'zining har qanday yozma ishi o'qituvchining e'tiborida bo'lishini sezib turishi kerak. Bu o'quvchiga ilmiy oziq beradi.
    Xatolarni tuzatishga o'quvchilarning o'zini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning harakteriga bog'liq. Sinfda bajariladigan mashqlar ko'pincha sinfning o'zida o'qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o'quvchi o'z yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzatadi, yoki partada o'tirgan ikki o'quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o'quvchilarning savodxonlik darajasi inobatga olinadi.
    Nazorat harakteridagi ishlar o'qituvchi tomonidan tekshiriladi.
    Uyda bajariladigan mashqlar ham tekshirilishi mumkin. Bu quyidagicha bo'ladi:

        1. Download 310.05 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling