O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Geo O`lkashunoslik B. Abduraxmonov
5. Informatsion uslubiy ta`minot. 5.1 Ko’rgazmali qurollar Fanni o`qitishda dunyoning va O`zbekistonning siyosiy xaritalaridan va chizmalar. Jadvallar, statistik materiallardan,o`lkaga doir materiallardan foydalaniladi 5.2 O`qitishning texnik vositalari. Kerakli jihozlar : Fanni o`qitish saviyasini yanada oshirish uchun diapozitivlardan va diafilmlardan foydalaniladi 1. Dunyo tabiiy xaritasi. 2. Dunyo siyosiy xaritasi. 3. Geografiya fani dasturlari, darsliklari va turli o’quv-uslubiy, davriy nashrlar. 4. Globus. 5. Mavzularga oid jadvallar, grafiklar, rasmlar. 6. PROYEKTOR 6. Talaba bilimini baxolash mezoni Xar bir semestrda talabaning fan bo`yicha o`zlashtirishini baxolash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: Joriy baxolash (JB), Oralik baxolash (OB), YAkuniy baxolash (YAB). Muayyaan fan bo`yicha talabaning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baxolanadi. SHundan 15 bali yakuniy nazorat, qolgan 85 balini oraliq va joriy baxolash uchun kafedra taklifi bilan fan xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda belgilanadi. JBda fanning bir mavzusi bo`yicha talabaning bilimi va amaliy ko`nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va amaliy, seminar, laboratoriya darslarida darsga qatnashganlik va faolliklarini baxolash asosida o`tkaziladi (Xar 8-12 soatda 1ta JB natijasi umumlashtiriladi). OBda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo`limi yoki qismi bo`yicha nazariy mashg’ulotlar o`tib bo`lingach o`tkaziladi va talabaning muayyan savolga javob bera olishi va muammoni yecha olish qobiliyati aniqlanadi. OBlar soni kafedra tomonidan belgilanadi (Xar 18 - 24 soatda 1 ta OB o`tkazish maqsadga muvofiqdir). JB va OB lar o`tkazishda og’zaki, yozma ish, test, nazorat ishi, uy vazifasi, kollokvium va boshqa shakllari qo`llanilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling