O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Geo O`lkashunoslik B. Abduraxmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qishloq xo`jalik korxonasining o`lchamlari : ekin maydoni, axolisi va uning zichligi (1km 2 ga) 3. Fermer xo`jaligining er fondi, ularni o`lchamlari va turlari.
- 1.1 Geografik o`lkashunoslik fanining predmeti
Amaliy mashg’ulot mavzusi:
Qishloq xo`jalik korxonalarini o’rganish Topshiriqlar va yo’riqlar (instruktaj) Qishloq xo`jalik korxonalari quyidagi tartibda o`rganiladi: 1. Qishloq xo`jalik korxonasini (fermer xo`jaligi) vujudga kelish vaqti va sabablari. Tabiiy sharoitining o`ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va iqtisodiy ob`ektlarga nisbatan geografik joylanishi: tekislikda, yonbag’rida, suv ayirg’ichda, vodiyda, botiqda, terrassada, yoyilmada joylanishi; yo`llarga (asosiy, ikkinchi darajali, temir yo`llar va x.k.) va axoli punktlariga nisbatan joylanishi. 2. Qishloq xo`jalik korxonasining o`lchamlari: ekin maydoni, axolisi va uning zichligi (1km 2 ga) 3. Fermer xo`jaligining er fondi, ularni o`lchamlari va turlari. Foydalanilayotgan erlar; yaxshilangan erlar (sug’orish, quritish, sho`r yuvish, jarlarni tekislash). 4. Fermer xo`jaligining ixtisoslashuvi (don, sabzavot, texnika ekinlari, bog’dorchilik, uzumchilik). 5. CHorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaliklari: ixtisoslashuvi (qoramolchilik, qo`ychilik, echkichilik, yilqichilik, parandachilik va x.k). Em- xashak ta`minoti. 1. KIRISH. Geografik o`lkashunoslikning maqsadi bo`lajak o`qituvchilarga o`z o`lkasini tabiatini, axolisini, xo`jaligini, tarixini, tarixiy va madaniy o`zgarishlarini, xalq og’zaki ijodini o`rganishni ilmiy metodik asoslari bilan tanishtirishdir. 1.1 Geografik o`lkashunoslik fanining predmeti Mazkur fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Fanning predmeti va vazifalari xakida bilimlar berish; tabiiy o`lkashunoslik, uning predmet iva ob`ektlari xamda manbaalari xaqida bilimlar berish; iqtsiodiy o`lkashunoslik va o`lka xo`jaligini o`rganish metodikasi bo`yicha bilimlar berish; tarixiy, san`at va etnogafiya o`lkashunoslik va ular bo`yicha o`lkada tadqiqodlar olib borish metodikasi xaqida ko`nikmalar shakllantirish. Rivojlanish tarixi. Tadqiqod usullari. Tabiiy o`lkashunoslik. Uning moxiyati va vazifalari. Tabiat komponentlarini o`rganish tartibi. Joyda olib boriladigan topografik ishlar. Xarita va kompas bilan ishlash. Azimut va azimut bo`yicha yurish. Quyoshga, oyga azimut bo`yicha yurish. Quyoshga, oyga va maxalliy ob`ektlarga qarab joy tomonlarini aniqlash. Topografik xarita bilan ishlash. Joyning geologik tuzilishi, rel’ef iva foydali qazilmalarini o`lkashunoslik maqsadlarida o`rganish. Joyni iqlimini o`rganish. Iqlim xosil qiluvchi omillar. YOzgi va qishki iqlim. YOg’inlar, shamollar. Joyni ichki suvlarini o`rganish. Er usti suvlari: daryolar, soylar, ko`llar, botqoqlar, muzlar, suv omborlar, kanallar, er osti suvlari. Joyni tuproq va o`simlik qoplami xamda xayvonot dunyosini o`lkashunoslik maqsadlarida o`rganish. Joy landshaftlarini o`rganish: Tabiiy landshaftlar, antropogen landshaftlar. O`lka axolisini o`rganish. SHaxarlar va qishloqlarni o`rganish tartibi. O`lka xo`jaligini o`rganish. Sanoat va qishloq xo`jaligi xamda transport korxonalarini o`rganish tartibi. O`lka tarixini tarixiy voqealarni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni o`lkashunoslik maqsadlarida o`rganish. San`at yodgorliklarini o`rganish. O`lka xalq og’zaki ijodini o`rganish. O`lka biblografiyasini va nashriy manbaalarini o`rganish. O`lka xaqidagi statistik, kartografik, arxiv, og’zaki manbaalarni o`rganish. O`lkaning tarixiy va madaniy yodgorliklari o`lkashunoslik manbaasi sifatida. Tabiiy ob`ektlar va jarayonlarni kuzatish o`lkashunoslik manbaasi sifatida. Maktab o`lkashunoslik muzeyini tashkil qilish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling