O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»


-bob. SHartnomaga qo‘yiladigan talablarning o‘ziga xos jihatlari


Download 397.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana26.07.2020
Hajmi397.45 Kb.
#124828
1   2   3   4   5
Bog'liq
fuqarolik huquqida shartnomalarga qoyiladigan umumiy talablar


3-bob. SHartnomaga qo‘yiladigan talablarning o‘ziga xos jihatlari. 

3.1.SHartnomaga qo‘yiladigan talablar tushunchasi. 

SHartnoma taraflar uchun o‘ziga xos xususiy qonun sifatida taraflar 

o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratiladi. Albatta, bunday 

munosabatlar kishilar o‘rtasida vujudga kelishi sababli ijtimoiy munosabat 

hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy vosita bo‘lgan 

shartlari huquq normalariga aniqrog‘i, fuqarolik-huquqiy normalarga asoslangani 

sababli ham shartnomaviy  munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar 

hisoblanadi. Binobarin, shartnomaviy munosabatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolik-

huquqiy ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 

SHartnomalarga qo‘yiladigan talablar, albatta uning haqiqiy sanalishi, 

muayyan taraflarga huquq va majburiyatlarni belgilashi, ma’lum bir ohibatlarni 

keltirib chikarishi bilan bog‘liq bo‘lib, unga nisbatan bitimlarning haqiqiy sanalishi 

shartlari bilan birga o‘ziga xos talablari ham bor. 

I.B.Zokirovning ta’kidlashicha, bitimlarning haqiqiy sanalashi uchun quyidagi 

shartlarga javob berishi: 

birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida chiqarilgan 

aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq bo‘lishi; 

ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar  muomala layoqatiga ega 

bo‘lishlari; 

uchinchidan, bitimlar ko‘rinish uchungina tuzilmay, balki chindan ham 

yuridik oqibat tug‘dirish maqsadida tuzilgan bo‘lishi; 

to‘rtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi 

lozim bo‘lgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun bilan talab qilingan 

shaklda rasmiylashtirilishi kerak

1



Lekin shartnomalar bitimlardan farqli ravishda, u faqatgina taraflarning 

harakati emas, kelishuvi natijasida yuzaga kelishi munosabati bilan haqiqiy sanalishi 

                                                        

1

 Зокиров И.Б. Фуқаролик ҳуқуқи. –Т.: ТДЮИ. 2006. -Б.108. 



 

48 


uchun quyidagi shartlar muhim xisoblanadi. 

1. SHartnomalarning mazmuni amaldagi Fuqarolik kodeksi, «Xo‘jalik 

yurituvchi sub’ektlarning shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonun va 

boshka qonun hujjatlari, shuningdek xalqaro qonun hujjatlari talablariga mos holda 

tuzilishi kerak; 

2. SHartnoma huquqiy xulq-atvor qoidalari va umuminsoniy qoidalarga 

muvofiq bo‘lishi; 

Z. SHartnoma munosabatlariga kirishuvchi taraflar(sub’ektlar) shartnoma 

tuzish vakolatiga ega bo‘lishi kerak; 

4. Qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak; 

5. SHartnoma tuzayotgan shaxs erki-irodasi ichki va tashqi tazyiqdan holi 

bo‘lishi kerak; 

6. CHindan qam yuridik oqibat tug‘dirish maqsadida tuzilgan bo‘lishi kerak; 

YUqoridagilarga  qo‘shimcha  ravishda  ayrim  hollarda  xo‘jalik 

shartnomalarida yuridik hizmat sub’ektlarining imzosi bo‘lishi ham talab etiladi. 

FKning 1-moddasida qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday 

shartnoma shartlarini aniqlashda erkinlik huquqi belgilangan. Lekin bu erkinlik 

qonun hujjatlarida belgilangan doiradagina amalga oshirilishi mumkin. Agar 

qonun hujjatlariga zid ravishda tuziladigan bo‘lsa, u holda bu shartnoma o‘z-

o‘zidan haqiqiy emas deb topiladi. Bu erda qonun hujjatlari deganda O‘zbekiston 

Respublikasi parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartiomalar, 

bitimlar va boshqa normativ hujjatlar (Masalan, 1980 yil 11 aprelda Venada 

tuzilgan 1996 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tamonidan 

ratifikaiiya kilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining tovarlarning xalqaro oldi-

sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi Konvensiyasi), mamlakatimiz hududida amal 

qiluvchi qonun va qonun osti aktlari nazarda tutilmokda. Bundan tashqari, fuqarolik 

huquqining manbalari bo‘lgan boshqa normativ hujjatlar ham «qonun» atamasi 

tarkibiga kirib ketadi. Aynan tuzilayotgan shartnoma mazmuni qonun talab qilgan 

doirada qabul qilinishi lozim.  

 


 

49 


Agar taraflar kirishayotgan shartnomaviy munosabatlar mazmuni qonun 

hujjatlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa u holda qonun yoxud huquq analogiyasi 

qo‘llaniladi yoki ish muomala odati normalari qo‘llanilgan holda shartnoma tuzish 

talab etiladi, Masalan, tolling, konsignatsiya, notijorat hamkorlik shartnomalariga 

nisbatan analogiya qo‘llanilmaydi. 

SHartnomalarga qo‘yiladigan talablardan biri u huquqiy xulq atvor va 

umuminsoniy qadriyatlarga mos xolda tuzilishidir. Ma’lumki, huquq ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga solib, rivojlantirib va qo‘riqlab turuvchi vosita shuningdek, 

u jamiyatda kishilarning xulqi, yurish-turishlari, hayotiy faoliyatlarining mahsuli 

hamdir. Jamiyatda kishilarning xulqi turli xil shakllarda bo‘lib, uning ifodalanishi, 

samaradorligi, motiv va maqsadi, oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. SHu 

bilan birga xulqning barcha ko‘rinishlari ma’lum bir manfaatlarni belgilaydi. SHu 

sabab ham xulq-atvor, axloq huquqiy baholashning ob’ekti bo‘lib yuzaga keladi. 

Huquq kishi xulqini turlicha baholaydi. Huquqshunoslikda huquq normalari bilan 

tartibga solinadigan huquqiy ta’sir doirasidagi xulq muhim ahamiyatga ega. SHu 

sabab ham huquqiy tartibga solishda, albatta, shu munosabatga kirishuvchi 

sub’ektning xulqi e’tiborga olinadi. 

Huquqiy xulq-atvor huquq normalariga mos keladigan yuridik oqibat keltirib 

chiqaradigan ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan ongli huquqiy xulq bo‘lib, u 

albatta, davlat tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo‘lishi zarur. Huquqiy xulqning 

mohiyatini yuridik majburiyatlarni bajarish, huquqka amal qilish va bajarish tashkil 

etadi. Huquq nuqtai nazaridan huquqiy xulq huquqiy va unga zid bo‘lishi 

mumkin. Amaldagi qonun hujjatlari va huquqiy amaliyot o‘z-o‘zidan huquqqa mos 

keladigan xulqning tarafdori bo‘lib, huquqqa zid xulqqa tabiiyki salbiy 

munosabatda bo‘ladi hamda uni ta’qib qiladi. N.Saburov huquqiy xulqni faol, 

odatdagi va sust huquqiy xulq-atvorga bo‘ladi

1

. Mazkur olimning fikridan kelib 



chiqadigan bo‘lsak, shartnomaviy munosabatga kirishish istagida bo‘lgan 

shaxslarning xulq atvori odatdagi xulq-atvor deb nomlanuvchi turiga mos keladi.  

 

                                                        



1

 Давлат ва ҳуқуқ назарияси. –Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси. 2000. -Б. 346. 



 

50 


Ushbu odatdagi huquqiy xulq-atvor kishilarning kundalik hayotidagi huquq 

normalariga mos keladigan xulqi bo‘lib, bu xulq doirasida fuqaro shaxsning 

huquqiy majburiyatlarinigina bajaradigan, u yoki bu ko‘rinishdagi yuridik 

ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradilar. Huquqiy xulq-atvor 

faqatgina jismoniy shaxslarga tegishli emas, umumiy olib qaraganimizda huquqiy 

xulq atvor barcha sub’ektlarga ham daxldor. 

Shaxs shartnomaviy munosabatga kirishgan paytda, albatta, uning huquqiy 

xulq-atvori ham e’tiborga olinadi. Agar sharnoma tuzuvchi yuridik oqibat keltirib 

chikaradigan ijtimoiy foydali axamiyatga ega bo‘lgan shartnomalar tuzmasa, u o‘z-

o‘zidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. SHu sabab ham ushbu kriteriy 

shartnomaga ko‘yiladigan talab sifatida maydonga chiqqan. 

Shartnoma o‘z-o‘zidan umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishi kerak. 

Jamiyat, davlatning maqsadlari negizini inson, uning hayotini yaxshilashga 

qaratilgan kirishuvchi munosabatlarni huquqiy negizini ta’minlash va davlat 

tomonidan kafolatlash tashkil etadi. SHu sabab jamiyat va davlat shaxsning 

manfaatlarini hamisha e’tiborga oladi, uni himoyalaydi. Aynan mazkur himoya 

funksiyasi yuzaga kelayotgan muiosabatlarni umuminsoniy qadriyatlarga mos 

kelishini nazorat qilishni talab etadi. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy va xalqaro 

normalarga mos keladi, undan kelib chiqib belgilanadi. SHu sabab ham shartnoma 

tuzuvchi yo shartnomaviy munosabatlarga kirishuvchi shaxslar avvalo insoniy 

qadriyatlarga mos keladigan shartlarni o‘z shartnomalariga singdirishlari shart. 

3.2.SHartnoma tuzuvchilarning shartnoma tuzish layoqati tushunchasi. 

Shartnoma tuzuvchilar shartnoma tuzish layoqatiga ega bo‘lishlari lozim. 

Shartnoma tuzish layoqati turli sub’ektlarda turlicha kuzatiladi. Masalan, 

fuqarolarda huquq va muomala layoqati bilan bog‘liq bo‘lsa, yuridik shaxslarda 

maxsus va universal huquq layoqati bilan bog‘liq. 

Shartnoma tuzish layoqati uning oqibatini anglash layoqatidan iborat. Bu 

layoqatga fuqarolar 18 yoshdan, yuridik shaxslar esa sub’ekt sifatida davlat 

tamonidan e’tirof etilgandan so‘nggina ega bo‘ladilar. 

 


 

51 


Fuqarolarning shartnoma tuzish layoqati o‘rganilganda, ularning muomala 

layoqatiga egalik holatiga e’tibor beriladi. Fuqarolik qonunchiligimiz bo‘yicha 

fuqaro 18 yoshga to‘lsa va aqli raso bo‘lsa u to‘lik muomala layoqatiga ega bo‘ladi. 

18 yoshga to‘lmagan fuqaro voyaga etmagan deb topiladi va u to‘liq muomalaga 

layoqatsiz yoki qisman muomalaga layoqatli deb topiladi. Voyaga etmagan fuqaro 

bilan voyaga etgan fuqaro o‘rtasidagi farq biologik-jismoniy, yuridik, psixologik 

mezonlar bilan belgilanadi. Muomala layoqatiga ega bo‘lish, bu turli xil yuridik 

harakatlarni shaxsan amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lish: shartnomalar tuzish, 

ishonchnomalar berish shuningdek, keltirilgan mulkiy zararlar, shartnoma va boshka 

majburiyatlar yuzasidan javobgar bo‘lish demakdir. 

S.Vagatsumaning fikricha, muomala layoqati bu - mustaqil va to‘la 

ravishda bitimlarni tuzish layoqatidir. Ushbu holatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, 

shartnoma tuzish layoqati bu muomala layoqatining tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Fuqarolarning muomala layoqatining darajasiga qarab, qonun hujjatlari fuqarolarga 

turlicha shartnoma layoqatini yuklaydi. 

Muomala layoqati deganda, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik 

huquqlari olish va o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlari tug‘dirish layoqati 

tushuniladi. Muomala layoqati fuqaronnng faqatgina huquqiy harakatlari bilan 

bitimlar tuzish layoqatini bildirib qolmasdan, balki uning huquqqa xilof 

harakatlarini, ya’ni layoqatni ham bildiradi. 

Rossiya huquqshunos olimlarining fikricha, muomala layoqati – shaxsning 

o‘z xatti-harakatlari bilan o‘ziga fuqarolik huquqlarini vujudga keltirishi va amalga 

oshira olishi, o‘zining harakatlari bilan majburiyatlarni vujudga keltirish va shu 

asosda fuqarolik jamiyatining to‘laqonli a’zosi bo‘lishidir

1



Basharti, fuqaro o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari, ya’ni layoqati bilan 



amaldagi huquqiy tartibni buzsa, buning oqibatida unga nisbatan bir qator 

fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Masalan, qonunda bu to‘g‘rida 

mana bunday deyiladi: 

— g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki 

                                                        

1

 www. 5 ballow. ru. Правоспособность и дееспособность гражданина. Обзор лекции. –М. 



 

52 


mol-mulkiga etkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga etkazilgan zarar zararni 

etkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim (FKning 985-moddasi). 

Muomala layoqati xuddi huquq layoqati, kabi umumiy xarakterga ega 

bo‘lib, aniq sub’ektiv fuqarolik huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Ammo 

shu bilan bir qatorda muomala layoqati ham huquq layoqati kabi o‘ziga xos 

huquqdir. Ba’zan yuridik adabiyotlarda huquq layoqati va muomala layoqatini 

umumiy bir huquqiy sub’ektiv tushunchaga birlashtiradilar. Muomala layoqati 

huquq layoqatining bo‘lishini e’tirof etadi va to‘liq holda voyaga etish bilan 

vujudga keladi. Voyaga etish, odatda, 18 yosh hisoblanadi. Bu yoshga etish bilan 

kishi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, jumladan, mulkiy munosabatlarda to‘la 

qatnashuvchigina bo‘lib qolmay, siyosiy huquqlar bilan birga, boshqa fuqarolik 

huquqlari va majburiyatlarini ham oladi

1



Demak, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlari olish va o‘ziga 



fuqarolik burchlari tug‘dirish layoqati (fuqarolik muomala layoqati) uning voyaga 

etishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lishi bilan to‘la hajmda vujudga keladi (FKning 

22-moddasi). 

Shuningdek, quyidagi hollarda ham fuqarolar to‘la muomala layoqatiga ega 

bo‘ladilar: 

— voyaga etgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan 

o‘tgan vaqtdan e’tiboran; 

— nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz 

yoshga to‘lmasdan turib, nikoh bekor qilingan taqdirda ham; 

— emansipatsiya holati bo‘yicha, ya’ni o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga 

etmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, 

farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati 

bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa. 

Odatda, fuqarolik voyaga etish konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha siyosiy 

voyaga etish bilan mos keladi. Bizda fuqarolar o‘n sakkiz yoshida to‘liq muomala 

layoqatiga ega bo‘ladilar. 

                                                        

1

 Зокиров И. Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. 1-қисм. -Т.: ТДЮИ нашриёти. 2006. –Б. 85. 



 

53 


Fuqaroning muomala layoqati sohibi bo‘lishi, uning oqilona va ma’qul 

ravishda harakat qilishining samarasidir. SHubhasiz, fuqaro muomala layoqatnga 

ega bo‘lar ekan, u o‘zining barcha harakatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarni 

baholay bilishi va ular uchun javob beradigan bo‘lishi lozim. Mana shuning uchun 

ham qonun muomala layoqatining vujudga kelishini ma’lum yoshning to‘lishi 

bilan uzviy ravishda bog‘laydi. 

Binobarin, fuqaroning muomala layoqatiga ega bo‘lishi, uning ijtimoiy 

hayotning barcha sohalarida mustaqil ravishda ishtirok etishi uchun aqliy va 

jismoniy jihatdan mukammal etishganini bildiradi. Endi u bemalol mustaqil holda 

turli yuridik harakatlarpi amalga oshirishi va o‘zining noma’qul harakatlari uchup 

javob bera olishi mumkin bo‘ladi. 

Shunday qilib, fuqaroning mustaqil ravishda bitimlar tuza olishi, 

majburiyatlar qabul qilishi va o‘zining nomunosib harakatlari tufayli keltirgan 

zarari uchun jazob bera olishi uning muomala layoqati mazmunini tashkil etadi. 

Fuqaroda to‘liq muomala layoqati, u ruhiy kasallikka duchor bo‘lmagan 

bo‘lsa, voyaga etishi bilan vujudga keladi. SHuning uchun ham Respublikampz 

qonunlari hammavaqt to‘la muomala layoqatini boshqa xil muomala layoqatidan 

farqlaydi

1



FKning 29-moddasiga asosan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga etmaganlar 



(kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ularning nomidan faqat ota-onasi, 

farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. 

Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar 

quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar: 

1)  mayda maishiy bitimlar; 

2)  


tekin  manfaat  ko‘rishga  qaratilgan,  notarial  tasdiqlashni 

yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar; 

3)  qonuniy  vakil  yoki  uning  roziligi  bilan  uchinchi  shaxs 

tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan 

                                                        

1

  Раҳмонқулов  Х. Ўзбекистон  Республикаси  Фуқаролик  кодексининг  биринчи  қисмига  умумий  тавсиф  ва 



шарҳлар. 1-жилд. -Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси” нашриёт уйи. 1997. –Б. 124. 

 

54 


mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar. 

Kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, shu jumladan o‘zi mustaqil 

tuzgan bitimlar bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar 

ular majburiyatning buzilishida o‘zlarining ayblari yo‘kligini isbotlay olmasalar, 

mulkiy javobgar bo‘ladilar. Ushbu shaxslar qonunga muvofik, kichik yoshdagi 

bolalar etkazgan zarar uchun ham javobgar bo‘ladilar. 

FKning 27-moddasiga asosan o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan 

voyaga etmaganlar, ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan 

tashkari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining 

yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga etmagai shaxs tomonidan tuzilgan 

bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma 

ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy xisoblanadi. 

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlar ota-

onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil 

ravishda amalga oshirishga haqli: 

1)  


o‘z  ish  haqi,  stipendiyasi  va  boshqa  daromadlarini  tasarruf 

etish; 


2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual 

faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga 

oshirish; 

3)   qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va 

ularni tasarruf etish; 

4)  mayda  maishiy  bitimlarni  hamda  FKning  29-moddasida 

nazarda tutilgan boshqa bitimlarni tuzish. 

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlar o‘zlari 

tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladilar. Bunday 

voyaga etmaganlar o‘zlari etkazgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar 

bo‘ladilar. 

Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni 

amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish xamda ularni 


 

55 


bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga etgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga 

to‘lgach, aqli raso bo‘lganda, to‘la xajmda vujudga keladi va har qanday qonunda 

taqiqlanmagan shartnomalarni tuzish huquqiga ega bo‘ladi. 

Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati universal va maxsus 

layoqatdan iborat

1

. Nodavlat tijoratchi yuridik shaxslarning huquq layoqati notijorat 



yuridik shaxslarning huquq layoqatidan kengroq bo‘lib, umumiy (universal huquq 

layoqati) harakterga ega va ular, garchi ta’sis hujjatlarida belgilanmagan bo‘lsa-da, 

qonunda takiqlanmagan har qanday fuqarolik munosabatiga kirishishlari mumkin. 

Notijorat  yuridik shaxslarning huquq  layoqati o‘z  nizomlari doirasida 

cheklanganligi bois, maxsus huquq layoqati mos keladi. Nodavlat tijoratchi yuridik 

shaxslar (xususiy korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari) universal huquq 

layoqatiga ega bo‘lib, bu umumiylik sarmoyalarni tez va uzluksiz muomalaga 

kirishini ta’minlaydi hamda sarmoyadorni qonuniy harakat doirasida daromad 

olishga yo‘naltirishni kafolatlaydi. 

Fuqarolik huquqining boshqa sub’ektlari - yuridik shaxslar va fuqarolar kabi 

davlat, uning tuzilmalari va ma’muriy-hududiy tuzilmalari ham fuqarolik huquq va 

muomala layoqatiga ega bo‘ladi

2

, Davlat ham fuqarolik huquqining boshqa 



sub’ektlari kabi bitim-shartnomalar tuzish va majburiyatlarda ishtirok etish hamda 

boshqa huquqlar egasi bo‘lishi mumkin. Lekin, tom ma’noda davlatning huquq 

layoqati turli xildagi yuridik shaxslar va fuqarolarning huquq layoqati bilan bir xil 

bo‘lishi mumkin emas. Ba’zi holatlarda davlatning huquq layoqati fuqarolar va 

yuridik shaxslarning huquq layoqatidan kengroq bo‘lsa, ba’zi holatlarda davlatning 

huquq va burchlari cheklanadi. Ya’ni, fuqarolar huquq layoqatining mazmunini 

tashkil etuvchi huquqlar jumlasiga shunday huquqlar kiritilganki, bunday huquqdar 

davlatda mavjud bo‘lmaydi. Masalan, fuqarolar chakana oldi-sotdi shartnomasida 

xaridor sifatida ishtirok etishi mumkin, davlatda esa, bunday huquqlar mavjud emas. 

Biroq, davlatda shunday imkoniyatlar (huquqlar) mavjudki, bu huquqlar 

fuqarolik  huquqining boshqa sub’ektlarida uchramaydi. Garchi fuqarolik 

huquqining boshka sub’ektlari ham ayrim munosabatlarda (masalan, alohida 

                                                        

1

 Гражданское право. Учебник. Под. ред. А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого. Т.1. –М.: Проспект. 2003. –С. 152. 



2

 Субекты гражданского права. Под. ред. С.Н.Братуса. –М.: Юрлит. 1984.-Б. 270. 



 

56 


turdagi tovarlarning eksporti yoki importiga (paxta, oltin) davlat monopoliyasi 

o‘rnatilishi (O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi 

qonunining 11-moddasi) ishtirok etishlari mumkin bo‘lsa-da, ularning to‘g‘ridan-

to‘g‘ri ishtirok etishlari taqiqlanadi. Davlatning shartnoma munosabatlarida o‘z 

organlari orqali ishtirok etadi. Lekin faqatgina yuridik va jismoniy shaxslar tuzishi 

mumkin bo‘lgan shartnoma munosabatlarida davlat ishtirok eta olmaydi. Masalan, 

maishiy pudrat shartnomasida buyurtmachi, prokat shartnomasida ijarachi bo‘lishi 

mumkin emas. 

Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, barcha fuqarolik huquq 

sub’ektlari o‘z vakolatlari doirasidagina shartnoma tuzishlari mumkin. Aks holda 

ular tuzgan shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 

SHartnomalar qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. 

Ma’lumki, bitimlar og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi lozim. YOzma shaklning 

oddiy yozma, notarial tasdiqlanadigan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab 

etadigan shakllari mavjud, Aynan ushbu rasmiylashtirish shartlariga rioya etilish 

ushbu holatda talab etilmoqda. 

FKning 109-moddasiga asosan bitimning oddiy yozma shakliga rioya 

qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda 

taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning 

ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning 

tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan 

tasdiqlashga haqlidirlar. Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy 

emasligiga olib keladi. 

SHartnomani notarial tasdiqlash FKning 107-moddasi talablariga  mos 

keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish 

huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat 

yozib ko‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qonunda ko‘rsatilgan hollarda va 

taraflardan birining talabi bo‘yicha shartnomalarni notarial tasdiqlash shart: 

Yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq shartnomalar 



 

57 


(boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara va boshqalar) davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazilishi  kerak.  Ko‘chmas  mol-mulk  xususida  tuzilgan 

shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tegishli reestrlarni yuritish tartibi qonun 

hujjatlari bilan belgilanadi. Qonun hujjatlarida muayyan turdagi ko‘char mol-mulk 

xususida tuziladigan shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilab qo‘yilishi 

mumkin. 


Shartnomaning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 

talabiga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday 

shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash 

talab qilinadigan shartnomani to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa - 

shartnomani notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud uni bajargan tarafning 

talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda shartnomani 

keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi. 

Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan shartnoma kerakli 

shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh 

tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish 

to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda shartnoma sud qaroriga muvofiq 

ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Shartnoma tuzayotgan shaxs erki-irodasi ichki va tashqi tazyiqdan holi 

bo‘lishi kerak. Ichki va tashqi tazyiqdan holilik o‘z ichiga o‘z xatti-harakatini 

ongli ravishda tushunishi va tashqi olam (shaxslar, tabiiy ofatlar va boshqalar) 

ta’siridan holilikni oladi. Ichki tazyiq shartnoma tuzuvchining ichki olamida 

kuzatiladi. 

Ichki tazyiq shartnoma tuzish layoqati bilan bog‘liq (o‘n to‘rt yoshga 

to‘lmagan shaxs tomonidan, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan 

voyaga etmagan shaxs tomonidan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro 

tomonidan, muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan, o‘z harakatlarining 

ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro 

tomonidan, yanglishish ta’sirida tuzilgan shartnomalarga «ichki olam» ta’sir etadi.  

 


 

58 


Tashqi tazyiq ta’sirida quyidagi shartnomalar tuzilishi mumkin: aldash, 

zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi 

yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan, qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik 

uchun tuzilgan shartnomalar. 

Shuningdek, xo‘jalik shartnomalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik 

xizmati (yoki advokati) ning imzosisiz tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi 

to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasiga asosan, xo‘jalik shartnomasi sub’ektlariga 

yuridik xizmat ko‘rsatish ularning yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda 

shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi. 

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati: 

- xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning 

belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko‘rib 

chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat kiladi; 

- shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo 

ishlarini olib boradi; 

- xo‘jalik shartnomalari bajarilishi ustidan o‘zaro tekshiruvlar o‘tkazilishini 

nazorat qiladi; 

- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan 

xo‘jalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog‘liq huquqiy tusdagi boshqa 

hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi; 

- tayyorlangan xo‘jalik shartnomasi va u bilan bog‘lik huquqiy tusdagi 

boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan 

taqdirda, o‘z e’tirozini asoslagan holda uni qo‘shimcha ravishda ishlab chiqish 

uchun qaytaradi; 

- shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab 

chiqishda bevosita ishtirok etadi. 

Xo‘jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo‘jalik 

yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan 

qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko‘rilishi kerak. SHartnomalarni 



 

59 


ularning imzolarisiz tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz 

baravaridan ortiq  summadagi  xo‘jalik  shartnomalari xo‘jalik yurituvchi 

sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan 

keyingina tuziladi. 

Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 

-xo‘jalik shartnomasida ko‘rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari 

bilan tartibga solinishi; 

-xo‘jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-

kelmasligi; 

-taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun 

hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. 

Yuqoridagi shartnomalarga qo‘yilgan talablar uning haqiqiyligini belgilab 

beradi. 


Bizga ma’lumki, ko‘plab shartnomalar bir-biriga o‘xshash xususiyatlarga ega 

bo‘lishi bilan birga, ularni ajratish imkonini beradigan muayyan o‘ziga xos 

xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Turli xil shartnomalarni to‘g‘ri tanlash va fuqarolik 

muomalasi ishtirokchilari faoliyatida, vaziyatga qarab, mos ravishda qo‘llash uchun 

ularni turlarga bo‘lish qo‘llaniladi. CHunki, shartnomalarni turlarga bo‘lish nafaqat 

nazariy, balki amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Masalan, tadbirkorlik faoliyati 

sub’ekti biron ashyodan foydalanishga ehtiyoj sezganida, o‘zining mulkiy 

holatidan kelib chiqib, ssuda shartnomasini tuzishi mumkin. 

Har qanday tasniflash uchun asosiy muammo bu turga ajratish uchun mezon 

hisoblanadigan asosni topishdir. Avvalo mazkur mezonning o‘zi mavjud bo‘lishi va 

uning yordamida to‘la hajmda muayyan tasniflashni amalga oshirish imkoniyati 

bo‘lishi lozim. 

Yuridik adabiyotlarda shartnomalarni turlarga ajratish uchun turli  xil 

mezonlarni qo‘llashga harakat qilingan. Masalan, M.V.Gordon - yagona «natija» 

mezoni asosida barcha ma’lum bo‘lgan shartnomalarni bir qatorga qo‘yishni taklif 

etgan. 


 

60 


 Natijada esa bir turning ichiga turli xil shartnomalarni joylashtirgan. 

Masalan, oldi-sotdi va xadya, mulk ijarasi hamda mulkdan tekin foydalanish (ssuda) 

va h.k. 

Bir tartibli yo‘l bilan shartnomalarni tasniflashga bo‘lgan urinish omadsizlik 

bilan tugagan, SHu sababli O.A.Krasavchikov bu xolatni hisobga olgan holda 

yagona mezon asosida tasniflashni va’da bergan holda birinchi bosqichdayoq o‘z 

va’dasini bajarmaydi. O.S.Krasavchikov taklif etgan tasniflash asosi «fuqarolik 

huquqiy natijani yo‘naltirilganligi» bo‘lishi lozim edi. Mazkur xususiyatni hisobga 

olgan holda majburiyatlarni to‘rt guruhga bo‘ladi. YA’ni: 1) mulkni topshirish; 

2) ishlarni bajarish; 3) xizmatlarni bajarish va 4) pulni topshirishga karatilgan 

majburiyatlar. Mazkur tasniflashda shu holat ko‘zga tashlanadi, ya’ni to‘rtinchi 

guruhdagi  pulni  topshirish  majburiyati  o‘zining  natijasining  alohida 

yo‘naltirilganligi bilan emas, o‘zicha mustaqil xisoblanmagan shartnomaning 

alohida predmeti bilan ajralib turadi. Birinchi guruhda asosiy o‘rnnni egallagan 

«mulk», to‘rtinchi guruhni ifodalagan «pulni» ham qamrab oladi. 

Muayyan vaqt davomida o‘zida iqtisodiy hamda yuridik mezonlarni 

jamlagan tasniflash asosidan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, degap 

g‘oya keng tarqalgan edi. Biroq amalda «jamlangan mezon» oddiy mezonlar 

jamlanmasiga aylanib qoldi. Natijada esa bo‘lishning yagona asosi bir necha 

bora almashtiriladi. Bu hakda «jamlangan mezon»dan foydalangan holda 

erishilgan natija orqali hukm chiqarish mumkin bo‘ladi. Mazkur holatda gap bir 

necha shartnoma  (majburiyat)ni birlashtirgan 9  ta  xususiyat bo‘yicha 

shakllantirilgan guruh haqida ketmoqda. Unga: 1) mulkni haq evaziga 

begonalashtirishga; 2) mulkni haq evaziga foydalanishga topshirish; 3) mulkni 

tekinga foydalanishga yoki mulk qilib topshirish; 4) ishlarni bajarish; 5) 

xizmatlar ko‘rsatish; 6) tashish bilan bog‘liq; 7) kredit va hisob-kitobga doir; 

8) sherikchilik faoliyati bilan bog‘liq; 9) sug‘urtaga qaratilgan majburiyat 

(shartnoma) kirgan

1



 



                                                        

1

 Муаллифлар жамоаси. Шартнома ҳуқуқи. –Т.: ТДЮИ. 2006. –Б. 133-134. 



 

61 


V.Vitryanskiy bunday guruhlashda ko‘proq sharnomalarni tasniflash 

emas, balki inventarizatsiyalash (sanash) xususiyati ko‘zga tashlanadi, shu 

sababli ko‘rsatilgan guruhlash o‘zining aniq ifodalangan ichki chegarasiga ega 

emas


1

, deb hisoblaydi. Ayni shu nuqtai nazardan E.A.Suxanov sanab o‘tilgan 

shartnoma turlaridan tashqari yana uchta shartnoma turini ko‘rsatib o‘tadi

2

. SHu 



sababli shartnomani ko‘p  boskichli tasniflashdan foydalanish  maqsadga 

muvofiqdir. Bunda har bir boskichda o‘zining yagona mezonini saklab qolgan 

ko‘p bosqichli tasniflash E.A.Suxanov tomonidan taklif etiladi. Bunday 

muayyan guruhga birlashtirilgan shartnomalar har bosqichda o‘zidan oldingi 

shartnoma xususiyatini ifodalaydi. 

Hozirgi paytda ta’sis shartnomalariga doir tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, 

ularda ta’sis shartnomasshshng o‘ziga xos xususiyatlari, ishtirokchilarning huquq va 

majburiyatlari, javobgarligi masalasi tadqiq etilgan

3



Ta’sis shartnomasining asosiy xususiyati shundaki, uning imzolanishi yuridik 



shaxs tuzilishiga olib keladi. Uning maqsadi muayyan tuzilmani tashkil etish va 

ta’sischilarni o‘z mol-mulkini topshirish, shuningdek ta’sischilarni yuridik shaxs 

tashkil etish faoliyatida ishtirok etish tartibini belgilash hisoblanadi. Ta’sis 

shartnomasi mazmuni yagona ta’sis hujjati hisoblangan yuridik shaxsda nisbatan 

keng bo‘ladi (masalan, to‘lik shirkatda). 

H.Rahmonqulovning fikricha, amaldagi FKda turli xil mulk, ayniqsa xususiy 

mulk shakliga asoslangan yangi jamiyat qurilmasi va bozor munosabatlarining 

o‘ziga xos xususiyatlari ifodasini topmaganligini ta’kidlaydi. Jumladan: huquqiy 

tartibga solish predmetiga tashkiliy-huquqiy masalalar kiritilmagan, masalan, yuridik 

shaxs ustavini tuzish va tasdiqlash; xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari ta’sis 

hujjatlarini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish; birgalikda faoliyat yuritish to‘g‘risidagi 

shartnomalarni tuzish; uzoq  muddatli aloqa o‘rnatishga doir dastlabki 

shartnomalarni tuzish va h.k. larni ko‘rsatib o‘tadi

4



                                                        

1

 Брагинский М, Витрянский В. Договорное право. –М.: Статут. 1997. –Б. 399. 



2

 Суханов Е.А. Гражданское право. Т.2. –М.: Бек. 1993. –Б. 46. 

3

  Топилдиев  В. Юридик  шахслар  таъсис  ҳужжатларининг  фуқаролик  ҳуқуқий  муаммолари. Ю.ф.н., дисс. 



Автореферат. –Т.: 2005. –Б. 45. 

4

  Раҳмонқулов  Ҳ.Р. Законодательные  источники  гражданского  права  РУз  и  задачи  по  их 



 

62 


Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, shartnomalarni turlash mezonlarini 

topishda shartnomalarni o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsata oladigan va ularga ehtiyoj 

sezilganda qulayligi, afzalligi bo‘yicha qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lishiga, 

shuningdek shartnoma o‘rtasidagi umumiy, uzviy aloqalar mavjudligini ham 

e’tibordan chiqarmaslik zarur. 

                                                                                                                                                                                   

совершенствованию. Фуқаролик  қонунчилиги: муаммо  ва  ечимлар  мавзусидаги  халқаро  конференция 

материаллари. –Т.: ТДЮИ. 2004. –Б. 6 . 



 

63 


Download 397.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling