[WPm,WPm] tipik ko’rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli (MKSH)dagi gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omil asosida, ko’p hollarda bog’lovchi vositasida amalga oshiriladi.
[WPm, WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gapni tashkil etuvchi sodda gap orasida turli ma’noviy munosabat mavjud bo’ladi. Masalan, mazkur qolip asosidagi O’qituvchi keldi, dars boshlandi gapida quyidagi rang-barang munosabatlar bor:
a) uzilishli birin-ketinlik;
b) uzilishsiz birin-ketinlik;
v) payt munosabati;
g) natija munosabati;
d) sabab munosabati va hokazo. Bu munosabat har bir gapning tarkibidagi (W) va (Pm) lar, qo’llangan bog’lovchi vositaning ma’no va vazifalari bilan bog’liq, bevosita sintaktik strukturaga daxldor emas. CHunki bir fikrni turli sintaktik shaklda, turli fikrni bir sintaktik shaklda berish mumkin bo’ladi.
Demak, [WPm,WPm] tipik ko’rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha belgilab olamiz: [WPm,WPm] bu mustaqil sodda gap sifatida qo’llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma’lum bir bog’lovchi vosita bilan o’zaro bog’lanishi va bitta tugal ohangga, bitta gap to’xtamiga ega bo’lishi. Ma’lum bo’ladiki, [WPm, WPm] [WPm-WPm] umumiy qolipining oraliq bir ko’rinishi sifatida lison va nutqqa daxldor bo’ladi. [WPm,WPm] tipik qurilishli gap (W) va (Pm), shuningdek, (S) xususiyatiga ko’ra farqlanadi.
[WPm,WPm] tipik ko’rinishli gapni ular kengaytiruvchilarining xususiyati (tuzilishi, ifodalanishi), bog’lovchi vositalarining xossalari asosida ham yanada kengroq va batafsilroq tavsiflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |