O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Qo’shma gapning qurilishiga ko’ra tasnifi


Download 329.72 Kb.
bet58/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

Qo’shma gapning qurilishiga ko’ra tasnifi
Qo’shma gapning umumiy lisoniy qolipi [WPm-WPm] bo’lib, u quyidagi yana uchta oraliq ko’rinishga ajraladi:
[ WPm ,WPm], [WPm WPm], [WPm WPm]
B u oraliq ko’rinishlar bir qarashda an’anaviy bog’lovchisiz, ergash gapli va bog’langan qo’shma gaplarning ramziy ko’rinishidek tasavvur uyg’otadi. (Masalan, Bahor keldi va gullar ochildi - [WPm, WPm], Bahor kelsa, gullar ochiladi - [WPm WPm] va Bahor kelca va gullar ochilsa - [WPm WPm] kabi). Aslida bu qurilish qoliplari qo’shma gap tarkibidagi sodda gapni bog’lovchi vositaga ko’ra emas, balki qo’shma gap tarkibidan chiqarilganda mustaqil qo’llana olish-olmaslik belgisi asosida amalga oshirilgan. Bunda, albatta, asos sifatida kesimlik turlari - MKSH va NKSH ga tayaniladi.
Demak, qo’shma gaplarning lisoniy struktur turlarini belgilashda asosiy omil – qo’shma gap tarkibidagi to’liq shakllangan sodda gaplarning o’zaro munosabati va sodda gapning har birining nutqiy jarayonda qo’shma gap tarkibida voqelangan ma’nolari bilan qo’llana olish yoki qo’llana olmasligi belgisi.
[WPm, WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gap
[WPm,WPm] qolipli qo’shma gapning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismi bo’lgan sodda gap kesimining har biri mustaqil shakllangan bo’lib, ularni osongina alohida sodda gapga aylantirib yuborish mumkin: 1. Men seni o’ylayman, shuni bilasanmi? (X.To’xt.)2. Borish kerak, borish kerak. (X.To’xt.)3. Yigitni uchratish kerak, haytovur sovib qolgandir.(N.Til.)4. Men seni deyman, lekin sen kimni deysan? (S. Nur.)

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling