5-ma’ruza. Hozirgi o‘zbek tilida so‘z-gaplar reja
Download 19.38 Kb.
|
5-mavzu fe6c4b76c0714c35c3436fed3c9b11a7[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
5-MA’RUZA. HOZIRGI O‘ZBEK TILIDA SO‘Z-GAPLAR Reja: So‘z-gap to‘plamini ajratish tamoyillari. So‘z-gap larning alohida belgilari. So‘z-gap tasnifi. So‘z-gapning sintaktik xususiyati. Tayanch tushunchalar so‘z-gap, so‘z-gapning ma’noviy guruhlari, umumiy grammatik ma’no, oraliq grammatik ma’no, xususiy grammatik ma’no, ma’noviy nomustaqillik, sintaktik aloqa, modal, undov, tasdiq /inkor, taklif /ishora So‘z-gap to‘plamini ajratish tamoyillari. O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o‘rganilgan. Substansial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi WPm sifatida qayd etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e’tirof etildi. So‘z-gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‘zlarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so‘zdan, shuningdek, yoxud qo‘shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1) mustaqil holda gap bo‘la olish; 2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik; 3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish; 4) bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik. So‘z-gap sirasiga shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so‘z vazifasida ham keladi, lekin ularning substansial belgisi – so‘z-gap bo‘lib kelish). Quyida ularning har biri alohida-alohida ko‘rib o‘tiladi. Download 19.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling