5-ma’ruza. Hozirgi o‘zbek tilida so‘z-gaplar reja


Download 19.38 Kb.
bet6/8
Sana09.01.2022
Hajmi19.38 Kb.
#264367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu fe6c4b76c0714c35c3436fed3c9b11a7[1]

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Balki
Sof so‘z-gapga albatta, alhamdulilloh; eh, hoy, oh, o‘h; ha, yo‘q, mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substansial tilshunosligida so‘z-gap W-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, W-lashayotgan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq/inkorlashayotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, W-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) so‘z-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan.

W-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘z o‘z semantik-funksional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘z aloqasini boshqa so‘z turkumlaridan to‘la-to‘kis uzmagan bo‘ladi. Chunonchi, modallashgan so‘zga chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan so‘zga ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘zga bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so‘zga qani kabi leksema misol bo‘ladi.

W-lashayotgan (so‘z-gaplashayotgan) so‘z so‘z-gapga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zdir. Bu o‘rinda modallashayotganga balki, hatto, aftidan; undovlashayotganga yashang, voy o‘lay; tasdiq /inkorlashayotganga durust, to‘g‘ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotganga mana mundoq kabi so‘zni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1. Balki siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. – Qayerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – Toppa-togri. (Ch.Ayt.) 4. Hilola gapning togrisini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida W-lashayotgan so‘z (1-3-gapda) qo‘lla-nilgan.

W-simon (so‘z-gapsimon) deganda mohiyatan so‘z-gap bo‘lmagan lug‘aviy birlikning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasin; undovsimonga erkalash ma’noli asalim, oppog‘im va undalma ma’noli ey, do‘stlar kabi; tasdiq/inkorsimonga xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri kabi; taklif/ishorasimonga boshlang ko‘rinishli so‘z misol bo‘ladi.

Qisqasi, so‘z-gapning leksik-semantik turi bo‘lmish sof so‘z-gap o‘zi tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumidan batamom uzilgan bo‘lib, uning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsur esa o‘zi tarixan kelib chiqqan so‘z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumdan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l) ga tegishli, lekin so‘z-gapga xos ma’no va vazifada qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so‘z-gapga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimon esa o‘z turkumi doirasida qoladi.


Download 19.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling