O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet33/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

Egali va egasiz gaplar. Gapning lisoniy qurilishida eganing ifodalangan yoki ifodalanmaganligiga ko’ra ikki ko’rinishi bo’ladi:
1) egali gaplar;
2) egasiz gaplar.
Egali va egasiz gap gapning lisoniy sintaktik qolipi bilan emas, balki gap kesimining lug’aviy (W) va kesimlik qo’shimchalari (Pm) qismlarining ba’zi bir ifodalanish xususiyatlari bilan bog’liq.
1. Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi (Pm) ning shaxs-son ma’nosi o’ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo’lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi (W) va (Pm) ga bog’liq ikki guruhga bo’linadi.
I. (W) ga bog’liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi. 1.O’timsiz fe’llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq) vositasiz to’ldiruvchiga ega bo’lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo’llanadi: 1. Bugun stadionga boriladi.2. O’n minut qadar yo’l yurildi. (Oyb.) 3. Institutning o’ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi.4. Katta trassaga chiqish uchun o’ng tomonga yuriladi. 5. Jizzaxga borish uchun Samarqanddan o’tiladi.
Ma’lum bo’ladiki, gapning maksimal lisoniy qolipidagi eganing o’rni bo’sh. Buning boisi, aytilganidek, o’timsiz fe’l (erishmoq) majhul nisbatga o’tganda ega o’z-o’zidan tushib qoladi. Agar fe’l o’timli bo’lca edi, (masalan, o’qimoq), uning vositasiz to’ldiruvchisi ega mavqeini egallar edi: Nilufar kitobni o’qidi – Kitob Nilufar tomonidan o’qildi tarzida. to’g’ri kelmoq qo’shma fe’li «O’zbek tili»ning izohli lug’atidagi 8-ma’nosida jo’nalish kelishigidagi harakat nomi bilan zich aloqaga kirishib, egasiz gaplar hosil bo’lishiga olib keladi: 1. Nargizaga og’ir bo’ldi, ko’p qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keladi. 2. Buning uchun Toshkentga o’z vakillarimizni yuborib, korxonadan zarur yordamni so’rashimizga to’g’ri keladi. Bu gaplarning lisoniy strukturasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling