29 - mashq. O‘zingiz yozuvchi O'.Hoshimov asarlari bo‘yicha
undov gaplarga bir necha misol toping.
GAPLARNING MODALLIKKA KO‘RA TURLARI
30 - mashq. Matndagi inkor gaplami ajratib ko‘chiring. Ularning
tasdiq gap shaklini og‘zaki bayon eting. Shuningdek, tasdiq gaplami inkor
gapga aylantiring.
Bugun ham tong saharda yomg‘ir quya boshladi. Havoning avzoyiga qaraganda hali-veri tinadiganga o‘xshamasdi, ammo bu yeru ko'kni toliqtiradigan ezma yomg‘ir emas, ko'klam nafasining qanotiga osilib kelgan mayin, iliq tomchilar edi. Sherzod eshikka yelkasini tiragancha hovlini tomosha qildi. Yomg‘ir tinimsiz shovillar, sementi ko‘chgan zinaning shundoqqina yonidagi zang bosgan tunuka tarnovdan loyqa suv otilib chiqar, asfalt yo‘lkada ilang-bilang sarg‘ish iz qoldirib, nariroqdagi ariqchaga quyilar, shiddatli oqimga qo'shilib ketardi. Ariqcha qirg‘oqlarida endigina olamga kelib, ko‘z ochgan maysalar atrofida ro‘y berayotgan voqealarga hayratlanib tikilardi. (O'.Hoshimov)
31-mashq. Berilgan misollar tarkibida -ma affiksi, yo'q, emas
so‘zlari ishtirok etgan gaplarni ajratib, ulami qanday gap tarkibida
kelganini tushuntirib bering.
1. Shu paytgacha polvonning bir so‘zi ikki bo'lgan emas (S.Ahmad.) 2. Tasodif ham, anglashilmovchilik ham bo‘lgani yo‘q (A.Qahhor). 3. Shu gapni yuzimga aytishdan toymadi. 4. Uning ko‘zlarida na mung, na hayrat bor (S.Ahmad). 5. Yomg‘ir uzoq vaqt shiddat bilan yoqqan bo'lsa ham, yerlar unchalik loy bo‘lmadi. 6. Men ikki yil birga o‘qigan dugonamni ko‘p izladim, lekin topa olmadim. 7. Hozir biz ishlarni boshlab yuborish qaroriga kelganimizcha yo‘q. 8. Bizda manmanlik odati yo‘q.
32-mashq. Yozuvchi A.Qahhor asarlari bo‘yicha bo‘lishsiz
olmoshlar ishtirok etgan inkor gaplarga beshta misol topib, ularni tahlil
qilib bering.
GAP BO‘LAKLARI
Ega va uning ifodalanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |