O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


- mashq. Matndagi egalami aniqlang, ulaming qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ko'rsating


Download 329.72 Kb.
bet73/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

33- mashq. Matndagi egalami aniqlang, ulaming qaysi so‘z
turkumi bilan ifodalanganini ko'rsating.

U o‘zini tarbiya va kengashga munosib darajaga ko‘tarish uchun juda ko‘p kitoblar o'qiydi, bir necha oy ichida ikki yuzdan ortiq badiiy asarlarni o‘z ichiga olgan kutubxonaga ega bo‘ldi; bulardan ko'pini o‘qigan, qolganlarini ham o'qish uchun har bir bo‘sh minutdan foydalangan edi. Ammo Saidiy hafta sayin jumalning oxirgi sahifasida o‘z ismini «bosilmaydi» bezagi bilan ko‘raverganidan so‘ng, yozuvchi bo‘lish uchun o'zining tutgan yo‘li to‘g‘ri ekaniga shubhalana boshladi. Bir kuni u «balki asarim bosilishiga muvofiq bo‘lsa ham, qalam haqi to‘lashga arzimas, shuning uchun boshqarma qaytarar» degan o'yga borib, so‘nggi yuborgan asarlarining ustiga «gonorarsiz» deb yoza boshladi.Bundan ham natija chiqmadi-hamon o‘sha, sira o‘zgarmaydigan quyma javob chiqishda davom etdi... (A.Qahhor)

34- mashq. Nuqtalar o'rniga o‘zingiz ega vazifasida kelishi lozim
so‘zlarni qo‘yib, ularning qanday so‘z turkumiga oid ekanligini tushuntirib
bering.

I. Bir kuni Munisxondan ... keldi. 2. Bu ... Saidiyning yozishga bo‘lgan ishtiyoqini yangiladi. 3. ... qo‘lidagi jurnal ichidan bir varaq qog‘ozni olib Abbosxonga uzatdi. 4. ... uni avval tanimadim. 5. ... bu ishni qilmang, keyin pushaymon bo'lasiz. 6. ... O‘zbekistonning eng chiroyli va obod shaharlaridan biri. 7. ... Sizga tarjima qilinadigan besh-oltita maqola tayyorlab qo‘ydim. 8. ... oldin musht ko‘tarar. 9. ... tariq ekmas. 10. ... topib gapirar, ... qopib gapirar. 11. Kasalni yashirsang, ... oshkora qiladi.
35- mashq. A.Qahhor hikoyalaridan ot bilan ifodalangan ega ishtirok etgan gapga 5 ta misol, olmosh ega bo‘lib kelgan gapga 5 ta, sifatdosh ega bo‘lib kelgan gapga 5 ta misol toping va uni izohlab bering.
36- mashq. Matndagi bir so‘z bilan ifodalangan egalarni aniqlang. Birikmali egalartarkibidagi sintaktik aloqani ko'rsating.
Tagida mashinasi bor student ko‘p emas. Tez orada Sirojiddin tanilib qoldi. Qizlar o‘rtasida ham, domlalar orasida ham ko‘zga ko‘rinadi. Fakultetda hamma Domla deb ataydigan kafedra mudiri unga ayniqsa mehribonlik qilar, Sirojiddin ham nafsoniyati har qancha og'rimasin, bu domlaga aravakashlik qilishga majbur edi. Uning institutga kirishida xuddi shu Domla jon kuydirganini, bu odam dadasining yoshlikda birga o‘sgan do‘sti ekanini endi u bilardi. Domla Sayfi Soqiyevichnikiga tez-tez boradigan, Sirojiddinni o‘g‘il o‘rnida «o‘g‘Iimsiz» deydigan bo’ldi. (O‘.Hoshimov)

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling