34- mashq. Nuqtalar o'rniga o‘zingiz ega vazifasida kelishi lozim
so‘zlarni qo‘yib, ularning qanday so‘z turkumiga oid ekanligini tushuntirib
bering.
I. Bir kuni Munisxondan ... keldi. 2. Bu ... Saidiyning yozishga bo‘lgan ishtiyoqini yangiladi. 3. ... qo‘lidagi jurnal ichidan bir varaq qog‘ozni olib Abbosxonga uzatdi. 4. ... uni avval tanimadim. 5. ... bu ishni qilmang, keyin pushaymon bo'lasiz. 6. ... O‘zbekistonning eng chiroyli va obod shaharlaridan biri. 7. ... Sizga tarjima qilinadigan besh-oltita maqola tayyorlab qo‘ydim. 8. ... oldin musht ko‘tarar. 9. ... tariq ekmas. 10. ...
topib gapirar, ... qopib gapirar. 11. Kasalni yashirsang, ... oshkora qiladi.
35- mashq. A.Qahhor hikoyalaridan ot bilan ifodalangan ega ishtirok etgan gapga 5 ta misol, olmosh ega bo‘lib kelgan gapga 5 ta, sifatdosh ega bo‘lib kelgan gapga 5 ta misol toping va uni izohlab bering.
36- mashq. Matndagi bir so‘z bilan ifodalangan egalarni aniqlang. Birikmali egalartarkibidagi sintaktik aloqani ko'rsating.
Tagida mashinasi bor student ko‘p emas. Tez orada Sirojiddin tanilib qoldi. Qizlar o‘rtasida ham, domlalar orasida ham ko‘zga ko‘rinadi. Fakultetda hamma Domla deb ataydigan kafedra mudiri
unga ayniqsa mehribonlik qilar, Sirojiddin ham nafsoniyati har qancha og'rimasin, bu domlaga aravakashlik qilishga majbur edi. Uning institutga kirishida xuddi shu Domla jon kuydirganini, bu odam dadasining yoshlikda birga o‘sgan do‘sti ekanini endi u bilardi. Domla Sayfi Soqiyevichnikiga
tez-tez boradigan, Sirojiddinni o‘g‘il o‘rnida «o‘g‘Iimsiz» deydigan bo’ldi. (O‘.Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: