notani ijod etgan zo‘r bastakor» derdi (S.Ahmad). 3. Saroymulkxonim bobomiz sohibqiron Amir Temurning sodiq rafiqasi,
dono kengashchisi, tayanchi, buyuk Turonning go‘zal malikasi Bibixonim edi. (S.Ahmad)
64 - mashq. Misollardan birikmali aniqlovchilar ishtirok etgan
gaplarni ajrating. Otli so‘z birikmalarini belgilang.
1. Kun isishini kutish haqida gap bo'lishi ham mumkin emas. (O.Yoqubov). 2. Bu baxt, bu yoshlik oldida uning yuragini qimtiyotgan g‘am o'tkinchi
bir narsa, halizamon undan qutiladi; zavqli, ilhom va iqbolga to‘la sahiy hayot uni o‘z quchog‘iga oladi.(O‘.Umarbekov) 3. Kapitan u bilan xayrlashdi-da, sekretarni chaqirdi. (O'.Umarbekov). 4.Tilga e’tibor - elga e’tibor. 5. Dilda borini tilda bayon eta bilish katta san’atdir. 6. Bilmaganni so'rab o'rgangan odam olimdir. 7. Kitobning shavq bilan o‘qilishi uning latofatlaridan biridir. (A.Qahhor). 8.
Kitobni badiiy qilib, mahorat bilan yozish ijodiy jasorat ko‘rsatish demakdir. (A.Qahhor). 9. llmiy saviyasini muttasil oshirib bormaydigan o'qituvchi qarovsiz qolgan daraxtga o‘xshaydi.
To‘ldiruvchi, uning ifodalanishi va turlari
65 - mashq. Matndagi to‘ldiruvchilarni aniqlang Ularning kesim
bilan qanday sintaktik aloqaga kirishganini ayting.
Tabiat oq yopinchig‘ini
tashlar-tashlamas, kurtaklar ko‘z uqalay boshladi. Bahor mayin yellari bilan kirib keldi. U qish bo‘yi qaydadir dimiqib, yuragi siqilib yotgan-u, mana endi o‘z mayliga qo'ymaganidan xursanddek
keng dalalarda yayraydi, bog‘-rog‘larda quvnaydi, goh qizlarning durralarini tortqilab o‘ynaydi, goh yuzlarini muloyim silaydi. To‘tiqiz ana shunday bahorlarning o‘n yettitasini ko'rdi. Bu bahorlar uni ko‘klam chechagi kabi ochib, o‘n besh kunlik oyday to‘ldirib bordi. So'nggi yillarda har
yangi bahor unga yangi bezakda, yangi jozibada ko‘rinib yuragini nimaningdir talpintiruvchi shirin intizorligi bilan yondiradi. (M.Ismoiliy)
66 - mashq. Berilgan misollardagi to'ldiruvchilarning qanday so‘z
turkumi bilan ifodalangani va qaysi xil grammatik ko‘rsatkich bilan
qo'llanganini belgilab bering.
1. Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom etadi (S.Ahmad). 2. Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri so‘zla (Maqol). 3. Men opamning jildidan kitobni olib pala-partish varaqlayman (Oybek). 4. Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo'shib Toshkand ustiga jonalqan (A.Qodiriy). 5
. Yoshlik! Seni kuylamagan kirn! Ettaklaring so'ylamagan kim! (E.Vohidov). 6.
Qismati azalni manglayga yozib, O‘zing yana nechun qilasan so‘roq? (Cho'lpon) 7. Zebi esa dutorchilar va ashulachilar bilan birga yengil yallalar qilib turdilar. (Cho‘lpon)
67- mashq. O‘zingiz biror doston bo'yicha tushum, chiqish, o‘rin-payt, jo'nalish, kelishigi shaklidagi to'ldiruvchilar ishtirok etgan gapiarga o‘nta misol to‘plab, uni izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: