73- mashq. Badiiy asardan uyushiq ega va uyushiq kesimli gaplarga oltita misol to‘plang.
74- mashq. Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan uyushiq bo'lakli gaplarga keltirilgan misollarni tahlil qiling.
1. Ayriliq, cheklanish, iztirob damlarida inson bitta maqsad bilan yashaydi. 2. Shu zaylda kulgi bilan, qo'shiq bilan ish davom ctadi. 3. Mirtemir jon-tani bilan,
vujud-vujudi bilan, sabr-bardoshi, o‘y-tuyg‘ulari bilan shoir edi. 4. U erta bilan Ko'kcha bozoriga borib bolalarga qatiq, qaymoq, issiq non xarj qilib kelardi. 5. Ularning ijod jarayonlarini,
xususiyatlarini, xalq og‘ziga tushib qolgan qo'shiqlarini, har bir xonadonning mulki bo'lib qolgan kitoblarining qay tariqa yaratilganini tarixga qoldirishimiz kerak. 6. Bu she’r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so‘z san’atkorligini, hayot hodisalarini nihoyat chuqur bilishini namoyish qilgan edi. 7. O'.Umarekovning fikr doirasi kengligi, ko‘p o‘qiganligi, o‘zini tutishi, odobi unga yoqdi.
75 - mashq. Berilgan misollar orasidan uyushgan aniqlovchi va
uyushgan to'lidruvchilami ajrating. Bu uyushgan bo'laklar qanday
vositalar orqali bir-biri bilan birikkanligini tushuntiring.
1. O‘ktam O‘zbekistonning tabiatini, paxtasini va xilma-xil mevalarini ta’rif etar edi (Oybek).*2. Ko‘katlar, gullarning hidi dimoqqa gup etib urar edi. 3. Tip-tiniq, musaffo Andijon osmonini to'ldirib yulduzlar porlardi (P.Qodirov). 4. Baland teraklar, serquloch qayrag‘ochlarning uchlarida yulduzlar chaman-chaman yonadi (Oybek). 5.
Hamidaxon goh singlisiga, goh To'tiqizga qarab quvonar edi. 6. U kosiblar, kambag‘allar, soatsozlar, kulollar bilan suhbat qiladi; sulhdan,
hayotdan, ishdan so‘zlaydi (Oybek). 7. Ko‘klamning mayin shabadalari ko‘m-ko‘k yaproqlarni asta tebratmoqda.
76 - mashq. Berilgan misollardagi ko‘p nuqta qo'yilgan o‘rinlarga
gapning mazmuniga qo‘yib o‘zingiz uyushgan bo'laklarni qo‘shib yozing
va qanday bo'lak uyushganligini belgilang.
1. Ertatongda turib kitob va ...ni papkaga joylab o‘qshga otlanardi. 2. Biz keng va ... dalalarda yayrab dam oldik... 3. Maktab binosi orqasiga ekilgan olma... va ...ni doim o‘zimiz parvarish qilardik. 4. Ukam qushlarni
juda yoqtiradi, shuning uchun u sa’va, mayna va ...laming
suratini berilib chizadi-da, bizga ko‘rsatib ... 5. Qishlog'imiz o‘rtasidagi katta va ... anhor doim sokin va ... oqardi. 6. Onam o‘zlari bilgan ertaklarni bizga zavqlanib... so'zlab berar sdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: