qorabotir mingan yigitga tushdi.
U go‘yo
otga yopishib, singib ketgandek edi. Ko‘zi Cho'lponga tushdi-yu,
otning yolidan ushlab, kulimsirab qo‘ydi. Qiz birdan ko'chaning narigi betidagi qiya ochiq turgan eshikdan qarab turgan tanish basharani ko‘rib qoldi... Cho‘lpon uning yuzini bu safar aniq ko‘rib qoldi... Xuftonga yaqin Dehqonboyning eshigi taqillab qoldi. Malla chopon kiygan yapaloqdan kelgan notanish odam eshik yonida turardi. (M.Qoriyev)
58- mashq. Keltirilgan misollardagi qaratqich aniqlovchilarni
aniqlang. Qaratqich kelishigisiz (belgisiz) qo'llangan qaratqich va
qaralmishni aniqlang va ularning izohini bering.
1. Quyosh, havo, yer, suv barcha jonivor va ko‘katlarga ozuqa berganidek, xalq hayoti 'yozuvchiga ilhom beradi (A.Qahhor). 2. Biz tushgan
poezd sostavi Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand oblasti vakillari bilan to‘lgan edi (S.Ahmad). 3.
Kemada suzib, Hind okeani tagidagi giyohlarning, jonivorlarning suvratini oldi (S.Ahmad). 4.
Ehson ayamagandan keyin, Saidiyning ham ayagisi kelmadi va shu topda ko‘ngliga kelgan gapni ochiq ayta boshladi (A.Qahhor). 5. Chinakam badiiy adabiyotni ilhomsiz yaratib bo‘lmaydi (A.Qahhor). 6. Bir oqshom, kutilmagan vaqtda tuyalarning baqirishi eshitilib qoldi (Oybek). 7.
Men bulaming qishloqdan, dadamning oldidan kelganini payqadim (Oybek). 8. Sirojiddin beixtiyor Qilich Valiyevga qarab qo‘ydi. U tirsagini stol qirrasiga qo‘ygancha hamon
- indamay o‘tirardi (O‘.Hoshimov). 9. Adabiyot haqidagi ilmim G‘afur G‘ulomning to‘rtta, Abdulla Qahhoming oltita hikoyasi bergan ilm edi (S. Ahmad).
Do'stlaringiz bilan baham: