F ANNING DOLZARBLIGI
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida” gi farmoni, “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milli dasturi” mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda dastur hozirgi o’zbek tilidagi lisoniy va nutqiy sathlarni izchil farqlab, lisoniy sistema sathlari va birliklari, bu birliklarning o’zaro munosabatlarini til imkoniyati sifatida tavsiflaydi. u imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini lisoniy va nolisoniy omillar yaxlitligida talqin qilish masalalari ta’limini sistemalashtiradi. Oliy ta’lim DTS asosida o’zbek tilining lisoniy sathlari bo’yicha beriladigan ma’lumotlarni tilShunoslikning tegishli bo’limlariga mos ravishda tartiblashtiradi.
FANNING O’QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O’ZARO BOG’LIQLIGI VA USLUBIY JIHATDAN UZVIYLIGI
Kursni o’zlashtirish uchun quyi ta’lim bo’g’inlaridagi “Hozirgi o’zbek adabiy tili” va oliy ta’limdagi “TilShunoslikka kirish” fanlari bo’yicha egallangan ma’lu-motlar zamin vazifasini o’taydi.
“Hozirgi o’zbek tili” kursi bakalavriat bosqichidagi “Qadimgi turkiy til”, “O’z-bek tilining tarixiy grammatikasi”, “O’zbek dialektologiyasi”, “Umumiy tilShu-noslik”, “Ona tili o’qitish metodikasi”, “O’zbek tili stilistikasi”, Shuningdek, magistr-atura bosqichidagi “Nazariy tilShunoslik masalalari”, “Pragmalingvistika”, “Matn tilShunosligi”, “Psixolingvistika”, “Lingvokulturologiya” kabi o’quv kurslari ta’limiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy qismda (ma’ruza) kurs mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tuShunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan til ta’limi sohasidagi o’zgarishlar, til imkoniyatlarini egallashni takomillashtirish, ta’lim va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |