Mavzu: Xalqaro miqyosda oav raqamlashuvi tamoyilining ijobiy va salbiy jihatlari


Download 37.92 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi37.92 Kb.
#1565215
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi .


Mavzu: Xalqaro miqyosda OAV raqamlashuvi tamoyilining ijobiy va salbiy jihatlari
Reja :
Kirish :
I.BOB. G'arbda va Sharqda Xalqaro jurnalistikasi.
1.2 Sharqda Xalqaro jurnalistlar tomonidan ko'p yoritiladigan mavzulari.
1.2 Sharqda Xalqaro jurnalistlar tomonidan ko'p yoritiladigan mavzulari.
II.BOB. O'zbekistonda va G'arb va Sharqda xalqaro jurnalistikasi.
2.1. O'zbekistonda xalqaro jurnalistlar tomonidan ko'p yoritiladigan mavzularning dolzarbligi.
2.2. G'arb va Sharqda xalqaro jurnalistikaning mazvu tamoyilida uyg'unligi.
Xulosa :
Foydalangan adabyotlar :

Kirish :
Jurnalistika, o’zi yoritadigan dunyo kabi, rang-barangdir. Yangiliklarni yoritadigan jurnalistlar shov-shuvli materiallar tayyorlaydigan, taniqli shaxslar haqida yozadigan yoki haftalik jurnallarda ishlaydigan jurnalistlardan boshqacha ishlaydilar. Amerikalik muhbirning ishi ko’pincha britaniyalik jurnalistning amaliyotidan juda farq qiladi va ikkalasi ham Evropa mamlakatlaridagi mediya hamkasblariga qaraganda butunlay boshqacha yozishadi. Boshqa qit’alar va mintaqalarning uslublari bundan ham ko’proq farq qilishi mumkin.


Biroq, ushbu xilma-xillikni hisobga olgan holda, butun dunyodagi jurnalistik tashkilotlar kasbiy etika tamoyillarini soddalashtirishga harakat qilishdi.
Ko’pchilik aniqlik, xolislik va halollik yaxshi jurnalistikaning asosiy tamoyillari deb bilishadi, shuningdek, IWPRda ha ushbu prinsiplar jurnalistik ta’lim berishning asoslarini tashkil etadi.
Ushbu bobda ushbu xalqaro standartlar haqida qisqacha ma’lumot berilgan va yaxshi jurnalistikaning mohiyatini tashkil etuvchi asosiy elementlar muhokama qilinadi.
Albatta, farqlar mavjud, ammo ular aksariyat hollarda ifoda va urg’u berish bilan bog’liqdir. Quyida biz nimani taklif qilayotganimizni ko’rib chiqing.
■ Gij-gijlashga va kamsitishlarga yo’l qo’ymaslik uchun ehtiyotkorlik Bosniya Matbuot Jurnalistlari Kodeksining ajralmas belgisidir.
■ Xolislik va aniqlik BBC muxbirlari uchun asosiy prinsiplardir.
■ Yaponiya gazeta noshirlari va muharrirlari uyushmasining jurnalistika qonunlari gazetalarni “farovon va tinch kelajakni ta’minlash uchun doimiy sa’y-harakatlarni” jurnalistlar zimmasiga yuklaydi.
■ Qirg’iziston Jurnalistlari Uyushmasi axloq kodeksidagi asosiy qoida aniq belgilab berilgan: “Jurnalistlardan haqiqatga xizmat qilish talab etiladi. Ommaviy axborot vositalarining roli haqiqatni izlashdir. ”.
Ushbu jurnalistik axloq kodekslarining barchasi jurnalistlar nimadan qochish kerakligi to’g’risida yakdildir:
■ tuhmat va haqorat (yomon otliq qilish)
■ plagiat (boshqa odamlarning materiallarini o’zlariniki sifatida taqdim etish)
■ pora olish
■ hikoyalar to’qib chiqarish (uydirma va soxta ma’lumotlarga tayanish)
Jurnalistikada professional yondashuvlarni qo’llashning turli xil usullari mavjud – urush jinoyatlarini qanday yoritish, qurbonlar va jarohatlar haqida qanday so’zlab berish, “ommaviy jurnalistika” bilan qanday shug’ullanish yoki “mas’uliyatli reportaj” ni qanday tayyorlash kerak – bu ayniqsa murakkab va ba’zan munozarali mavzudir, unda mojaroni qanday yoritish kerakligi va mojaroning oqibatlari kelajakka qanday ta’sir qilishi haqida o’ylashga majbur qiladi. Ushbu mavzularning ba’zilari keyinchalik ushbu qo’llanmada muhokama qilinadi.
Ammo bularning barchasida va ommaviy axborot vositalarining jamiyat rivojiga va demokratiya rivojiga qo’shgan hissasi asosida voqealarni faktlarga asoslangan xolda yoritilishi yotadi.
Mas’uliyatli jamoatchilik muhokamasini ta’minlash uchun ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish, mansabdor shaxslarning jamoatchilik oldida javobgarligi darajasini oshirish va elektoratni xabardor qilish – bular demokratik jamiyatdagi ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifalaridir.
Shubhasiz, ko’plab professional kodekslar ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining yetakchi rolini ta’kidlaydi.

1.1 G'arbda Xalqaro jurnalistlar tomonidan ko'p yoritiladigan mavzulari.



1.2 Sharqda Xalqaro jurnalistlar tomonidan ko'p yoritiladigan mavzulari.


Download 37.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling