Mavzu: Xalqaro miqyosda oav raqamlashuvi tamoyilining ijobiy va salbiy jihatlari


G'arb va Sharqda xalqaro jurnalistikaning mazvu tamoyilida uyg'unligi


Download 37.92 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi37.92 Kb.
#1565215
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi .

2.2. G'arb va Sharqda xalqaro jurnalistikaning mazvu tamoyilida uyg'unligi
Stringer (korrespondent) bu frilanser yoki shtatdan tashqari ishlaydigan jurnalist bo‘lib bir yoki bir necha OAV, axborot agentliklari bilan individual ravishda hamkorlik qiladi. Zamonaviy talqinda, foto yoki video materilni taqdim etgan va tashabbus ko‘rsatgan har qanday voqea guvohi stringer bo‘la oladi. Tushuncha etimologiyasi aniq emas. Oksford lug‘atiga ko‘ra, “stringer” bir so‘zni ikkinchisiga bog‘lovchi, so‘zlarni ipga teruvchi ma’nolarini bildiradi. Boshqa manbalarga qaraganda, “fyorst string”, ya’ni “birinchi skripka” shtatadagi jurnalist, “sekond string” “ikkinchi skripka” bu frilanser.
Ko‘pincha stringer bu mustaqil jurnalist, foto reportyor va tahririyatlarga foto, videoreportajlarni yetkazib beradi. Odatda, ular muhim voqea joylaridan, qaynoq nuqtalar, ziddiyatli vaziyatlar joyidan jonli reportaj tayyorlaydi. Stringerlarning vazifasi haqiqatni auditoriyaga yetkazish garchi bu haqiqat hukumatga maqbul bo‘lmasa da.
Bu atama sof professional jargonizm bo‘lib, odatda yangiliklarda reporter frilanser shaxsi oshkor etilmaydi. Ularning ish hajmi chegaralanmagan, va oylik maoshi ham qat’iy belgilanmagan. Stringerlar axborot agentligiga taqdim etilgan har bir material uchun alohida gonorar oladi. Uning hajmi nafaqat suratlar soni, balki ularning sifati, ularni olish uchun o‘zini qanchalik xatarga qo‘ygani bilan belgilanadi. Stringerning moliyaviy holati uning tashabbuskorligiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha shtatda ishlaydigan hamkasblaridan ancha yaxshi bo‘ladi. Stringerlarga munosabat turlicha. Kimdir ularni jurnalistlar olamining elitasi deb hisoblasa, kimdir ularni qadriyatlari yo‘q, pul uchun istagan ishingni qilib beradiganlar deb hisoblaydi. Jurnalist frilanserdan farqli ravishda stringer istalgan ishni bajaradi. Oddiy jurnalistlar yetib bormaydigan, yoki kirish huquqiga ega bo‘lmagan joylardan reportaj tayyorlab kela oladi. Ularning faoliyati hech narsa bilan chegaralanmagan. U uchun muhimi haqiqatni yetkazish. U noqulay sharoitlarga, xavfga va boshqa omillarga qaramay videoreportaj tayyorlaydi,rasman hech kimga ishlamaydi. Shuning uchun o‘z xavfsizligi uchun o‘zi javob beradi.
Stringer uchun muhim xislatlar:
A) U qo‘rqmas bo‘lishi kerak. Har qanday sharoitlarga moslashuvchan, har kim bilan til topisha oladigan, kelisha oladigan, o‘zini o‘zi himoya qila oladigan, bardoshlilik, eplilik kabi sifatlarga ega bo‘lmasa, bu sohada ishlay olmaydi.
B) Stringer uchun firini bayon etish, o‘qimishli, savodli bo‘lish, dunyoda va siyosatda bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi anglash yetarli emas. U xorijiy tillarni bilishi, psixologiyani puxta bilishi, ba’zi hollarda kishilarni manipulyasiya qilishni bilishi kerak. Shu bilan birga, apparatura bilan ishlash, hududlarda oriyentasiya olish, birinchi tez yordam ko‘rsatish, turli sharoitlarda yashab qolish qoidalarini bilishi darkor.
C) Stringerlik karyera qilish, yuqori lavozimlarni egallash imkonini bermaydi. Sifatli foto va videomateriallar orqali mashhur bo‘lish va ular evaziga yaxshi daromad olish mumkin. Lekin bu juda qiyin. Mashhurlik mashaqqat, ko‘p narsadan voz kechish va aksariyat hollarda salomatlik hisobiga keladi. Yosh stringerlarning ko‘pi kasb qiyinchiliklariga chiday olmay ishdan ketishadi. Ba’zilari mashhurlik davrigacha yashab yetolmaydi.
Stringerlik rasman kasb sifatida mavjud bo‘lmagani bois, unga o‘rgatilmaydi. Odatda jurnalistik ta’lim olgan va qaynoq nuqtalarda ish tajribasiga egalar stringer bo‘ladi.
Rossiyada stringerlar 80 yillarning oxirida paydo bo‘ldi. O‘sha vaqtlarda kamerasi bor va material olishga tashabbus ko‘rsatgan ko‘plab yoshlar o‘zini shu kasbga urdi. Ular Afg‘oniston, Shimoliy Karabax, Farg‘ona, Tbilisi, Checheniston voqealarini yoritishda katta hissa qo‘shishdi. Zamonaviy rus jurnalistikasida stringerlar taqdim etayotgan materiallardan unumli foydalaniladi. Bunday kishilar odatda kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lgan oddiy fuqarolar. Stringerlarning materillarini birinchi bo‘lib joylashtirgan rus internet portali Layfnyus bo‘ladi. NTV telekanali esa “Stringerы NTV” loyihasini ishga tushirib, o‘z hududida sodir bo‘layotgan muhim voqealarni yoritishni istagan stringerlarga ijod maydoni yaratdi.
AQSHda bu kasb juda rivojlangan. So‘nggi o‘n yilda yirik axborot agentliklarining shtatda ishlaydigan xorijiy korrespondentlari soni keskin kamaydi. Chunki xoriijiy korrespondentga ea bo‘lish katta mablag‘ talab qiladi. Mahalliy aholi vakillaridan stringerlar esa ularning o‘rnini bosadi. Bu o‘rinda superstringerlar ham bor. Superstringer uzoq vaqt muqim bir va bir nechta axborot agentligi bilan hamkorlik qiluvchi shaxs.
Freelancer
Frilancyer (inglizcha– nayza tashuvchi, yollanma ishchi; majoziy ma’noda - erkin rassom) - faqat ishlarning ma’lum bir ro‘yxatini bajarish uchun yollangan ish beruvchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzmasdan ish olib boradigan shaxs. Shuningdek, frilancyer bu austaffing paytida ishlash uchun taklif qilingan xodim. Frilancyer har qanday kompaniyaning doimiy xodimlaridan tashqarida bo‘lib, bir vaqtning o‘zida turli xil mijozlar uchun buyurtmalarni bajara oladi. Frilancyer atamasi birinchi bo‘lib Valter Skot tomonidan Ivanxoda "o‘rta asrlarda yollangan jangchi" sifatida tasvirlangan.
Zamonaviy frilancyerning ishi, qaysi faoliyat sohasini o‘zi tanlamasin, mijozlarning buyurtmalarini qidirish, ularni talablarga muvofiq o‘z vaqtida bajarish va, albatta, uning ishiga munosib haq olishdir. Bugungi kunda eng qiyin bosqich, o‘zingiz uchun bir martalik ish topish bosqichi bo‘lib ko‘rinadi. Raqamli texnologiyalarning hozirgi zamonida esa bu oddiy masala. Xaridorlar o‘zlarining reklamalarini shu yerda, talablar, muddatlar va ishning boshlang‘ich narxini nomlash bilan joylashtirishadi. Muammo shundaki, ushbu reklamalarni deyarli doimiy ravishda kuzatib borish kerak, chunki nashrdan keyin bir necha daqiqa ichida buyurtmani bajarishni istagan odamlar 10 tagacha, ba’zan bir necha o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Bu yerda tanganing chap tomoni paydo bo‘ladi - virtual biznesda qattiq raqobat. Ishda aniqlik, to‘lovga qo‘yiladigan talablarning pasayishi va albatta professionallik kabi fazilatlar ishda muhim o‘rin tutadi. Ikkinchisi, boshqa narsalar qatorida, mijozlar bilan ishlash, ularning talablari va istaklarini tushunish va bajarish qobiliyatidir.
Frilancerning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud (taroziga soling)
Afzalliklari
* transportda hech qanday muammo bo‘lmaydi - frilancyer uydan ishlaydi, u har kuni ma’lum joyga borishi shart emas;
* qulay muhit - ish joyini o‘zingizning xohishingiz bilan jihozlashingiz mumkin;
* doimiy mehnat shartnomasini bekor qila olmaslik;
* faqat o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlik;
* ish topshirig‘ini tanlash erkinligi;
* faqat o‘zingizning ishingizni bajarish - hech kim sizdan "o‘zgarishni" so‘ramaydi.
Kamchiliklar
* barcha xarajatlarni frilancyer to‘laydi
* har doim ish uchun haq olish kafolati mavjud emas
* daromadning o‘zgaruvchanligi
* ijtimoiy paketning yetishmasligi
* pullik dam olish va ta’til yo‘q
* buxgalteriya hisobini yuritish va soliqlarni o‘zingiz to‘lash zaruriyati
* har doim ham tegishli takliflar mavjud emas
* ish joyi uchun qo‘shimcha xarajatlar
* jamoaviy ishni tashkil yetish va katta buyurtmalar olishning murakkabligi
* buyurtma turlari bo‘yicha cheklangan bozor takliflari
Frilancyerlar va jurnalistlar doimo yonma-yon yurishgan. Ular, ayniqsa iqtidorli muallif o‘z asarlarini auditoriyaga vositachisiz yetkazish yoki o‘z asarini mijozga sotishga qodir bo‘lgan davrda, ayniqsa, raqamli asrda yanada yaqinlashdi. Zamonaviy tarmoqlangan jamiyat mustaqil ravishda pul ishlash uchun tobora ko‘proq imkoniyatlar yaratmoqda. Mustaqil jurnalist - bu bitta tahririyatga sodiqlik qasam ichmaydigan kishi: axborot bozorida ishlaydigan xodim va axborot jamiyatidagi kontent bo‘yicha xodim. Media frilancyers nafaqat jurnalistlar va muharrirlarni, balki fotograflar, dizaynerlar, media menejerlari va prodyuserlari, shuningdek, media-loyihalarda ishtirok yetuvchi IT mutaxassislari va dasturchilarni o‘z ichiga olishi kerak.
Jurnalistlar orasida frilancing oldin ham bo‘lgan. Ammo bu ijtimoiy tasdiqlangan amaliyot emas edi. Odamlarning nazarida, u ko‘proq "ishsiz", "o‘ziga xos kasbga ega bo‘lmagan odamga" o‘xshardi. Sovet davrida jurnalistlar yuqori partiya amaldorlari uchun avtobiografiyalar yozdilar. Bugungi kunda ular reklama beruvchilar uchun matnlar yoki siyosiy strateglar uchun tushunchalar yozishmoqda. Tahrirlovchilar uchun kitoblar va korporativ bukletlar, veb-saytlar uchun matnlar va boshqalar.Frilancerni mustaqil tahririyat a’zosi bilan aralashtirmang: bu allaqachon "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida" gi qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
Axborot agentliklari uchun eksklyuziv narsalarni oladigan umidsiz ma’lumot ovchilari ham bor. Ularni stringer deyishadi. Bugungi kunda har qanday stringer yangiliklar agentligiga aylanishi va media-kompaniyalarni uning mazmuni uchun kurashishga majbur qilishi mumkin.
KOLUMNISTLAR
Ustun, kolonist (inglizcha ustun) - har qanday nashrda ustunni (bo‘limni, sarlavhani) o‘zi olib boradigan yoki ushbu ustunning bir necha doimiy mualliflaridan biri bo‘lgan shaxs. Ingliz lug‘atlarida qayd yetilishicha, u 1915 yoki 1920 yildan beri kuchga kirgan. Bu so‘z tez orada ingliz tilida ildiz otgan Amerikanizmdir. Uning ma’nosi juda o‘ziga xosdir: "gazeta bilan muntazam hamkorlik qiladigan jurnalist" yoki "gazetada ustun yozadigan yoki material va uslubdagi ustunga o‘xshash radio yoki televizion dasturga mezbonlik qiladigan kishi".
2. AQSHda uzoq vaqt jurnalistikaning asl mazmun-mohiyati borasida ham salbiy munozaralar bo‘lib o‘tdi. Robert M.Xatchins komissiyasining “Erkin (ozod) va javobgar matbuot” nomli ma’ruzasi turli mamlakatlar jurnalistikasi nazariyasi va amaliyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi, yetakchi tartibga soluvchi g‘oya (qarash)lar manbasiga aylandi. Komissiya muammoni yechishning jamoatchilikni amaldagi qonunlarga qaraganda yanada ishonchli himoya qilaoladigan bir qator mezon (o‘lchov)larni qo‘yish yo‘lini ilgari surdi. Buning uchun ozod va javobgar matbuotdan talab qilinadigan beshta faoliyat me’yori ishlab chiqildi:
Kunning hodisalarining ahamiyatini ko‘rsatadigan voqealarni kontekstda haqqoniy va atroflicha hisobotini berish;
“Sharh va tanqidni ayriboshlash uchun forum”ga xizmat qilish;
Jamiyatni tashkil qiluvchi guruh vakillarining qiyofasini berish;
“Jamiyatning maqsadi va qadr-qimmati”ni ko‘rsatish va tushuntirib berish;
“Kunning axborotiga to‘la ochiqlik”ni ta’minlash.
Komissiya shuni maxsus belgilaydiki, jurnalistika maxsus kasb emas, har bir savobli odam gazetaga o‘z fikrini yozishi mumkin, biroq matbuotga muntazam o‘z materiallarini taqdim etib turgan odam jurnalist deb baholanadi. Bu faqat ayrim mutaxassislarning fikrlari. Biroq bu Amerikada jurnalist kadrlarni tayyorlashning o‘ziga xos tizimi bo‘lmagan degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Jurnalist kadrlarni tayyorlashning amerikacha modeli (tizimi) jurnalistik ta’limning asoschilaridan biri hisoblangan Jozef Puliserdan boshlangan. Puliserning shaxsiy mablag‘i va uning o‘z taklifi bilan 1904 yilda Kolumbiya universiteti qoshida Puliser ishlab chiqqan jurnalistika standart (talab)lari asosidagi professional jurnalist kadrlarni tayyorlash bo‘yicha AQSHdagi birinchi maktab tashkil etiladi. Puliser maktabda kadrlar tayyorlashni faqat fundamental kasb asoslari bo‘yicha o‘ylab chiqqan.
Elektron OAV faoliyati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishi mumkin bo‘lgan tashkilot va shaxslarning eng muhimlari quyidagilar: Federal aloqa komissiyasi, sud tizimi, AQSH Prezidenti, shtatlar hukumatlari, shuningdek, xalqaro shartnomalar va bitimlar.
Federal aloqa komissiyasi (FAK) prezident tomonidan nomzodi ko‘rsatiladigan va kongress tomonidan tasdiqlanadigan besh nafar a’zodan tarkib topadi. FAK teleradioeshittirishlarga lisenziya beradi va chastota (to‘lqin) larni taqsimlaydi, eshittirishlar tartibi bo‘yicha tavsiyalar beradi. FAK nima qilish xususida tavsiya berishi mumkin, biroq OAV ning biror-bir ma’lumotni uzatishini taqiqlay olmaydi. AQSHdagi eng yirik teleradioeshittirish tashkilotlari xususiy kompaniyalardir. FAK teleradioeshittirish kompaniyalari, shuningdek, telefon va telegraf tarmoqlarini ham boshqarib turadi. 1980 yilga qadar shu narsa shart qilib qo‘yilgan ediki, OAV tinglovchi va tomoshabinlarga axborot dasturlari uzatishlari shart, aks holda ularning lisenziyalari bekor qilinishi mumkin. Bu shart (holat) ga nisbatan bildirilgan turli nuqtai nazarlar orqali uzoq davom etgan munozaralar natijasida 1990 yilda faqat sog‘lom raqobat qancha vaqtni yangiliklar uchun ajratish zarurligini aniqlab berishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Sud tizimi FAK chiqargan qonun va boshqa hujjatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sudlar qonunlarni, shu jumladan, Konstitusiyaga kiritilgan “Birinchi qo‘shimcha”ni ham, sharhlab berishlari mumkin. Prezident ham nazorat va qonun chiqarishning tashabbuskor sub’yekti hisoblanadi. J.Karter tashabbusi bilan moliya departamenti qoshida teleradioeshittirish masalalari bo‘yicha prezidentning bosh maslahatchisi hisoblangan Milliy telekommunikasiya agentligi tashkil etiladi. Aynan shu agentlik orqali Kongress jamoatchilik OAV ga mablag‘ ajratadi.
Shtatlar hukumatlari federativ davlat sanalgan AQSH da qanchalik katta kuchga ega bo‘lsalar, ular elektron OAV ga ham shunchalik faol ta’sir ko‘rsata oladilar. Xalqaro shartnoma va bitimlar ko‘proq kommunikasion sputnik (sun’iy yo‘ldosh) lar, Internet va boshqa vositalardan foydalanish va to‘lqin (chastota)larni boshqarib turadi. Bu boradagi eng nufuzli tashkilot – AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shimoliy Amerika erkin savdo assosiasiyasidir. Kanada hukumati Kanada xududida AQSH firmalari reklamalarini chegaralashga harakat qilganda, bu holat AQSHda g‘azab tug‘yonini yuzaga keltirdi. Shunda aynan Shimoliy Amerika erkin savdo assosiasiyasi Kanadada yuzaga kelgan elektron OAV da reklamalarni uzatish masalalari bo‘yicha holatni o‘zgartira oldi.
Elektron OAV ni boshqarish amaliyoti qattiq reglamentlashtirilgan (tartibga solingan) siyosiy debatlar bilan munosabatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, reklama hajmi haftaning ish kunlarida 12 daqiqa, dam olish kunlari 10,5 daqiqagacha chegaralangan bolalar uchun eshittirishlarga oid qonunlar ham amal qiladi.
3. Media-korporatsiya, media-guruh yoki media-muassasa - bu televidenie, radio, nashriyot, kinofilmlar, tematik parklar yoki Internet kabi ommaviy axborot vositalarining ko'plab kompaniyalariga egalik qiluvchi kompaniya. "The Nation" jurnalining yozishicha, "media-konglomeratlar butun dunyo bo'ylab bozorlarni boshqarishlarini osonlashtiradigan siyosatga intilishadi." Ba'zi media korporatsiyalar o'zlarining kirish imkoniyatlarini bir nechta sohalarda foydalanuvchilar o'rtasida yangiliklar, video va musiqa kabi turli xil tarkib bilan bo'lishish uchun foydalanadilar. Media sektorining konsolidatsiyaga moyilligi ilgari ko'p tarmoqli kompaniyalarni istiqbolli investorlar uchun ochiq va xususiy savdoga qo'yiladigan o'xshash kompaniyalarga nisbatan unchalik xilma-xil ko'rinishga olib keldi. Shu sababli, media guruhi atamasi ham qo'llanilishi mumkin, ammo u hali an'anaviy anananing o'rnini bosmagan.
Media-konglomerat (media-imperiya, media-xolding, media-konsern, media-guruh, media-korporatsiya, multimedia-xolding) bu juda ko'p miqdordagi media-resurslarga egalik qiluvchi xolding kompaniyasi. Bugungi kunning taniqli mediakorporatsiyalaridan biri bu - Wolt Disney kompaniyasi.
Tashkil etilgan 1923- yil 16- oktyabr; 97 yil oldin
Ta'sischilar: Uolt Disney va Roy O. Disney
Bosh ofis: Team Disney Building, Uolt Disney studiyasi, Burbank, Kaliforniya, AQSh
Xizmat ko'rsatiladigan maydon: Butun dunyo bo'ylab
Xodimlar soni: 223,000 (2019)
Disney dastlab 1923-yil 16-oktyabrda aka-uka Uolt va Roy O. Disney tomonidan Disney Brothers multfilm studiyasi sifatida tashkil etilgan; u 1986 -yilda rasmiy ravishda o'z nomini "Uolt Disney" ga o'zgartirmasdan oldin "Walt Disney Studio" va "Walt Disney Productions" nomlari ostida ishlagan. Kompaniya jonli aksiyalar filmlari ishlab chiqarish, televizion, va istirohat bog'lari. 1980-yillardan beri Disney odatda yetakchi oilaga yo'naltirilgan brendlar bilan taqqoslaganda yetuk tarkibni sotish uchun korporativ bo'limlarni yaratdi va sotib oldi.

XULOSA
Xulosa qilib shuning aytishimiz mumkinki jurnalistika — ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni toʻplash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va boshqalar) orqali tarqatish bilan shugʻullanadi. Jurnalistika ommaviy targʻibot va tashviqot shakllaridan biri. Jurnalistikaning xususiyati, maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabiatiga bogʻliq. Jurnalistika atamasi dastlab jurnallar majmuiga, keyinchalik barcha davriy nashrlarga nisbatan qoʻllanilgan. Endilikda jurnalistika iborasi jurnalistika faoliyati mahsulini, shu bilan bogʻliq kasblar majmuini, shuningdek, shu sohaga oid taʼlimni va fan tarmogʻini ham anglatadi. Jurnalistika faoliyati tarkibiga matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va boshqalar kiradi.
Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari ommaning kundalik dolzarb ijtimoiy va maxsus axborotga boʻlgan ehtiyojini krshshrishda asosan publitsistikata tayanadi, shuningdek, muhim ijtimoiy masalalarni talqin qiluvchi ilmiy, badiiy va boshqa asarlardan ham foydalanadi. Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari oʻz faoliyatida maʼlum davriylikka va tezkorlikka amal qiladi.
Axborotni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo boʻlgan. Odamlarni ijtimoiy turmushda sodir boʻlayotgan voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida maʼlum gʻoyaviy-ruhiy taʼsir oʻtkazish turli shakl va usullarda namoyon boʻlgan. Ogʻzaki axborot notiqlar, jarchilar tomonidan yetkazilgan. Yozma maʼlumotlar esa, masalan, Qadimgi Misrda papiruslarga bitilib, tarqatilgan. Qadimgi Rimda eʼlonlardan, qoʻlyozmalardan foydalanilgan.
Hozirgi davr jurnaistikasi dastlab XVII asr boshidagi ilk davriy bosma nashrlar qiyofasida yuzaga kelgan. XIX asrning 2-yarmi va XX asrda fotografiya hamda kinematografiyannng kashf qilinishi tufayli foto va kinojurnalistika tashkil topdi. XX asrning 20-yillaridan eʼtiboran radiotexnika yutuklari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boshladi, 40-yillarlarda esa telejurnalistika maydonga keldi.
Ommaviy axborot paydo bulishi va rivojlanishi bilan umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalistlarga ehtiyoj kuchaya bordi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli mamlakatlarda maxsus jurnalistik taʼlimini yuzaga keltirdi. Jurnalistikaning siyosiy yoʻnalishi jihatidan birbiridan farq qiluvchi bir nechta turi tarkib topdi, faoliyatning ijtimoiy hayotdagi oʻrni va vazifasiga doyr turlicha qarashlar yuzaga keldi. Chunonchi, kommunistik jurnalistika faoliyatiga partiyaviylik, sinfiylik asos qilib olindi. Bu hol koʻp hollarda umuminsoniy maʼnoda axborot sohasida inson haq-huquqlari va erkinliklarining cheklanishiga, qoʻpol ravishda poymol qilinishiga olib keldi.
Jurnalistika taraqqiyoti qator omillarga bogʻliq boʻlib, siyosiy erkinliklar, birinchi galda, matbuot erkinligi bu omillar orasida alohida oʻrin egallaydi. Matbuot erkinligi demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi. Jurnalistika erkin faoliyat sharoitidagina jamiyat aʼzolarini xolis va haqqoniy axborot bilan taʼminlay oladi, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzini vositachi sifatida namoyon etadi.
Oʻzbekistonda jurnalistika XIX asrning 2-yarmida paydo bo'ldi. Uning tarixi Toshkentda chiqarilgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeta" kabi rasmiy davriy nashrlardan boshlanadi. XX asrning 1- va 2-oʻn yilligida Oʻzbekistonda asosiy eʼtiborni milliy taraqqiyotni taʼminlashga qodir maʼrifatli insonlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan xususiy milliy gazeta va jurnallar ("Taraqqiy", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina" va boshqalar) ham faoliyat koʻrsatdi. Shoʻro tuzumi davrida Oʻzbekistonda davriy matbuot tarmogʻi respublika, viloyat va tuman miqyosida chiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gazetalari, shuningdek, yangi jurnallar hisobiga kengaydi, ayni paytda Oʻzbekistonda radiojurnalistika va telejurnalistika ham tarkib topdi. Lekin bular mustabid tuzum koʻzlagan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilishga mahkum edi.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, respublika jurnalistikasi demokratik bosqichga qadam qoʻydi va jamiyatni demokratik tarzda yangilash, huquqiy demokratik davlat barpo qilishga koʻmaklashayotgan yangi tizim shakllana boshladi. 1997-yilda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida", "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida", "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning 26-fevralida "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" gi qarori eʼlon qilindi. Mazkur hujjatlar respublikamizda jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga koʻtarish yoʻlida gʻoyat muhim ahamiyatga egadir. Shundan beri oʻtgan vakt mobaynida bu qonunlar va qarorni amalga oshirish yoʻlida ancha ishlar qilindi. Istiklol tufayli respublika jurnalistlarining ijtimoiy hayot voqea va hodisalarini tahlil qilish va yoritishga yondashuvi ham tubdan oʻzgardi. Endilikda jurnalistlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va yoritishda ilmiy bilimlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqaro hamjamiyat eʼtirof etgan umumdemokratik qoidalarga tayanmoqda.
Jurnalistika tizimining shakllanish jarayonida respublikada jurnalist ixtisosi boʻyicha maxsus oliy taʼlimga ham asos solindi. 1949-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakulteti qoshida oliy maʼlumotli jurnalistlar tayyorlaydigan maxsus boʻlim tash-kil qilindi. Bu boʻlim 1967-yilda mus-taqil fakultetga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan (1996-yil 26-aprel) "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist" faxriy unvoni taʼsis etildi. Oliy maʼlumotli jurnalistlar OʻzMUdan tashqari, Nukus davlat universitetida, shuningdek, Oʻzbekiston jahon tillari universitetida ham tayyorlanadi. 1997-yildan OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro ijtimoiy markazi faoliyat koʻrsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Т.: C)O‘zbekiston, 2008.
2. Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g ‘risida. O‘zR qonuni. To‘rtinchi hokimiyat. Четвертая власть. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to‘plarni. Т.: Mehnat, 2003. 45-50 b.
3. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g ‘risida. O'zR qonuni. To‘rtinchi hokimiyat. Четвертая власть. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to‘plami. Т.: Mehnat, 2003. 37-44 b.
4. Ommaviy axborot vositalari to'g'risida. O‘zR qonuni. O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g ‘risidagi qonunchilik hujjatlari. Законодательные акты Республики Узбекистан о средствах массовой информации. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to‘plami. Т.: O‘zbekiston, 2007. 4-11 b.
5. Noshirlik faoliyati to‘g ‘risida. O‘zR qonuni. To‘rtinchi hokimiyat. Четвертая власть. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to‘plami. Т.: Mehnat, 2003. 52-55 b.
6. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida. O‘zR qonuni. To‘rtmchi hokimiyat. Четвертая власть. 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to‘plami. Т.: Mehnat, 2003. 89- 115b.
7. Abduazimova N. A. Turkiston matbuoti (1870-1917). TV. Davlatva jamiyat qurilishi akademiyasi, 2000.
8. Abduazizova N. A. Turkiston jurnalistikasi tarixi. Т.: Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 2001.
9. Abduazizova N.A. O ‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. Т.: Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 2003.
10. Abduazimova N. A. Mustaqil O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. Т.: Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 2007.
11. Абрамов Д.С. Профессиональная этика журналиста. М., 2003.
Internet manbalari
1.http://elibrary.namdu.uz/76%20Оммавий%20ахборот%20ва%20таргибот%20воситвлвари/Jahon%20jurnalistikasi%20tarixi.%20Mo'minov%20F,%20Nurmatov%20A.pdf
2.https://n.ziyouz.com/books/jurnalistika/Jahon%20jurnalistikasi%20tarixi%20(F.Mo'minov,%20A.Nurmatov).pdf
3. https://uz.zahn-info-portal.de/wiki/Journalism
4.https://kun.uz/uz/news/2021/06/27/jurnalistika-qanday-bolishi-kerak-oav-vakillari-bilan-soha-muammolari-va-istiqbol-haqida-suhbat
5.https://cyberleninka.ru/article/n/jurnalistika-sohasining-asosiy-funksiyalari-va-vazifalari
7. https://uz.warbletoncouncil.org/periodismo-918
8. https://yuz.uz/uz/news/jurnalistika--ijod-maydoni-jurnalist--ijodkor-shaxs
Download 37.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling