Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energomexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi


Download 214.95 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi214.95 Kb.
#1265581
1   2   3
Bog'liq
ko\'p - sardor

ENHATning texnik vositalari
Energiya tizimlari 0,4 kV kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarida va istemolchilarda o’lchov tok transformatorlaridan (O’TT) foydalanib elektr energiyani tijorat hisobga olish so’nggi yillarda bir fazali ikki cho’lg’amli 0,5 sinfdagi tok transformatorlari va 2,0 sinfdagi induksion uch elementli elektr hisoblagichlaridan (aktiv va/yoki reaktiv energiya) ommaviy foydalanish asosida qurildi. Ulardan har biri o’z tok bo’yicha zanjirlari bilan uchta bir fazali TT orqali ulanadi, parallel zanjirlari bilan (kuchlanish bo’yicha) esa to’g’ridan-to’g’ri o’zgaruvchan tok past kuchlanishli uch fazali to’rt o’tkazgichli tarmog’i liniyasiga ulanadi (3-rasm). 0,4 kV dan ortiq kuchlanishli tarmoqlarda hisoblagichlarning parallel zanjirlari ulanadigan qo’shimcha o’lchov kuchlanish transformatorlari ishlatiladi.

Uch fazali uch elementli hisoblagich

3-rasm. Uchta bir fazali TT orqali uch fazali uch elementli hisoblagichni ulash
sxemasi
Ko’rsatilgan vositalarni real sharoitlarda qo’llanilishidagi kafolatlanadigan o’lchashlar aniqligi o’lchov kompleksi – uchta TT li hisoblagichning yo’l qo’yiladigan nisbiy xatoligi chegarasi orqali aniqlanadi. Bu xatolikning tashkil etuvchilari TT va hisoblagichning tizimli va tasodifiy asosiy tokli va burchakli xatoliklari, shuningdek, turli ta’sir etuvchi omillar ta’siri bilan bog’liq ularning qo’shimcha xatoliklari hisoblanadi.
Istemolchilar yuklamalarining kamayishi va sezilarli tebranishlarida ko’rib
chiqilgan hisobga olish katta xatolik bilan farqlanadi, bu umuman elektr energiyani asbobli kamomadiga va tijorat yo„qotishlarini ortishiga olib keladi. Elektr tarmoqlar hududlarida (ETH) unin nimstansiyalarida ko’pincha yuqori kuchlanishlar tomoni bo’yicha olingan olingan elektr energiya va past kulanishlar
tomoni bo’yicha istemolchilarga berilgan elektr energiya bo’yicha 20 % va undan ortiq nobalans qayd etilmoqda. Ba’zan istemolchi elektr energiyadan foydalanayotgan, unda past quvvatli elektr qurilmalar va yoritish ishlayapdi, energiya tizimining hisoblagichlari esa nolli istemolni ko’rsatadigan mantiqqa zid holatlar yuz beradi. Turli baholashlar bo„yicha asbobli kamomad orqali aniqlanadigan elektr energiyani tijorat yo’qotishlari (o’lchash vositalarining xatoliklari, ularning noto’g’ri tanlanishi va ishlatilishi) ulushi butun tijorat yo’qotishlarining 25 - 30% ga etadi.
Yuzaga kelgan holatdan chiqish, bir tomondan, kam sezgir va noaniq
induksion hisoblagichlarni elektron hisoblagichlarga, 0,5 sinfdagi TT larni
birlamchi tokning katta o’zgarish diapazonida yo’l qo’yiladigan xatoliklarning
eng past darajalarini ta’minlaydigan 0,5S sinfdagi TT larga almashtirish, boshqa tomondan TT modellarini to’g’ri tanlash va ularni xatosiz ishlatishdan iborat.



Download 214.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling