O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti amaliy filologiya yo'nalishi af bu 22 105- guruh talabasi Obidxanova
Download 112 Kb.
|
Leksema
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z ma`nolari o‘rtasidagi munosabatlar.
So‘z va uning ma`nosi. So‘zlarning tildagi ma`nosi ularning nutqdagi ma`nosidan farq qilishi mumkin. So‘zlarning tildagi ma`nosi doimiy barqaror bo‘lsa, nutqdagi ma`nosi o‘zgaruvchan, barqaror mavzu bilan uzviy boғlangan bo‘ladi.
Leksik ma`noni narsa va hodisalar munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Atash ma`nosi. 2. Ko‘rsatish ma`nosi . 3. To‘ғri ma`no. 4. Ko‘chma ma`no (istiora-metafora, metonimiya, snekdoxa). Ko‘rinadiki, so‘zlarni to‘ғri (asosiy) va ko‘chma ma`noda ishlatish mumkin bo‘ladi. So‘zning asosiy (to‘ғri) ma`nosi bevosita shu so‘zning atama vazifasi bilan boғliq bo‘ladi: tulki. So‘zning o‘zi ifoda etayotgan predmet yoki tushuncha bilan boғlanmay, shu narsaning biror belgisi yoki holati bilan boshqa narsaning shunday belgisini ifodali qilib ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan ma`nosi ko‘chma ma`no deyiladi: u tulki, erkin xo‘roz. So‘z ma`nolari o‘rtasidagi munosabatlar. So‘zlar bir yoki birdan ortiq ma`noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma`nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma`nolilik hodisasi esa polisemiya deb ataladi. Har ikkala hodisa ham so‘zning semantik qurilishiga xos hodisalardir. Til hodisasi sifatida monosemiyaning emas, balki polesemiyaning o‘rganilishi ko‘proq nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Umumiste`moldagi so‘zlarning asosiy qismi ko‘p ma`nolidir. Polisemiya deyarli barcha so‘z turkumlariga xos hodisadir: til-yazik, til-dushman asiri, til-dehqonchilik tili – sir. Ko‘p ma`nolilik (polisemiya) ikki asosiy yo‘l bilan paydo bo‘ladi: 1) so‘zning yangi ma`no (ma`nolar) kasb etishi natijasida; 2) ko‘p ma`noli so‘zdagi yoki ko‘p ma`noli affikslar vositasida so‘z yasalishi natijasida: er-zemlya, er-maydon, er-joy, er-(boshqa erda gaplashaman) o‘rin, vaqt, holat. Er so‘zi dastlab, xuddi boshqa so‘zlar kabi bir ma`noli bo‘lgan. Uning hozirgi tildagi ma`nolari esa shu so‘z semantik qurilishining taraqqiyoti natijasidir. Polisemantik so‘z qancha ma`noga ega bo‘lmasin, bu ma`nolar o‘zaro boғlangan bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat ko‘p ma`noli so‘zni omonimlardan farqlaydi. Polisemantik so‘z ma`nolari orasidagi aloqa uzilsa (yo‘qolsa), omonim vujudga keladi: gap. Til taraqqiyoti jarayonida, uning barcha sohalarida va hodisalarida bo‘lgani kabi, so‘zning semantik qurilishida ham o‘zgarish bo‘ladi: a) yangi ma`no paydo bo‘ladi; b) ma`no yo‘qoladi. So‘z ma`nosining rivojlanishi sifat va miqdor o‘zgarishiga, hattoki tildan umuman tushib qolishiga olib keladi: uchmoq-ko‘z, varrak-samalyot, osh-palov kabi. So‘zlar bir-biriga o‘xshashligi, yaqinligi va nutq situatsiyasida (kontekstda) ishlatilishiga ko‘ra ma`nolarini o‘zgartirishi mumkin. So‘zning ko‘chma ma`nolarda ishlatilishi barcha tillar uchun xosdir. So‘z ma`nosining ko‘chish usuli to‘rt xil bo‘ladi: metafora, metonimiya, snekdoxa, funktsional ko‘chish (pero-ғoz pati-po‘lat qalam). Til tarkibidagi leksik ma`nolar doimo o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ayrim so‘zlar anglatgan ma`nolariga ko‘ra bir-biriga yaqin, boshqalari esa bir-birini inkor etadi, qarama-qarshi ma`no anglatadi. Bu nuqtai nazardan sinonim va antonim so‘zlar farqlanadi. So‘zlar shakl nuqtai nazardan ham ma`lum munosabatda bo‘ladi. SHundan kelib chiqib, til birliklarining quyidagi tiplari mavjud: a) omonimlar; b) sinonimlar; v) antonimlar. Bulardan tashqari omofonlar, omograflar, paronimlar singari so‘z tiplari ham mavjudki, ular bilan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili»ning «Leksikologiya» bo‘limida batafsil tanishiladi. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling