O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija: kirish


Download 51.09 Kb.
bet1/6
Sana03.11.2023
Hajmi51.09 Kb.
#1741569
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija-hozir.org


O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija

O’ZBEK TILSHINOSLIGIDA ANTONIMIYA HODISASI TALQINI


MUNDARIJA:


KIRISH…………………………………………………………………………3
I.BOB ANTONIMIYA HODISASI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT
1.1. Antonimiya hodisasi…………………………………………………….....4
1.2. Zidlik-antonimiyaning xususiy belgisi…………………………………..11
II.BOB. ANTONIMLARNING MAʼNO XUSUSIYATLARI
2.1. Antonimlarning oʻziga xosliklari………………………………………..15
2.2. Antonimlarning turlari…………………………………………………..24
XULOSA………………………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..29



KIRISH
Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Қarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. YAxshilik bilan yomonlik, oqlik bilan qoralik, yorug’lik bilan qorong’ilik o‘rtasidagi ziddiyatlar asosida son-sanoqsiz qarama-qarshiliklar yuzaga kelganki, ularni ifodalash uchun har bir holatda alohida til birliklari jalb qilingan. Bu esa o‘z navbatida tilda yangi bir hodisaning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu til hodisasi antonimiya, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar esa antonimlar atamasi bilan yuritiladi. Antonimiya so‘zi grekcha anti-zid, onyma—nom so‘zlaridan olingan.

Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp ma’noli soʻz oʻzining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.


Antonimlar - bu nutqning bir qismiga qarama-qarshi lug'aviy ma'noga ega bo'lgan so'zlar, masalan: "yaxshi" - "yomon", "tez" - "sekin", "xursand" - "g'azablangan".
Shunisi e'tiborga loyiqki, antonimlar faqat ma'nolari qarama-qarshi sifat soyalarini o'z ichiga olgan, ammo ularni umumiy xususiyati (hajmi, sifati, fasli va boshqalar) bilan birlashtirgan so'zlar uchungina mumkin. Qizig'i shundaki, to'g'ri ismlar, olmoshlar va raqamlar antonimlarga ega emas.


Download 51.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling