O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija: kirish
Zidlik-antonimiyaning xususiy belgisi
Download 51.09 Kb.
|
O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija-hozir.org
1.2. Zidlik-antonimiyaning xususiy belgisi
O'zaro zid, qarama-qarshi ma'noli til birliklariga antonimlar deyiladi. Masalan, katta-kichik, yaxshi-yomon, do'st-dushman, uzoq-yaqin kabi. Misollardan ko'rinadiki, antonimiya so'z juftligida muayyan leksik ma'noning o'zaro qarama-qarshi bo'lishidir. Ya'ni antoni-mlik faqat bir juft so'z o'rtasida bo'ladi. U bundan ortiq so'zni o'z ko'lamiga sig'dira olmaydi, chunki har qanday zidlik manti-qan ikki narsa o'rtasida bo'ladi, yaxshi va yomon antonimlari orasiga uchinchi bir «o'rtacha» belgi anglatuvchi so'z kiritish mumkin emas. Bu jihatdan antonimlar A va B nuqtalarda joylashgan bir to'g'ri chiziqning ikki uchiga o'xshaydi. Yana qiyoslang: katta-kichik, past-baland, yosh-qari, achchiq-chuchuk kabi. So'zlar ma'nolari o'rtasidagi zidlik ko'proq sifat va ravish-larda, qisman ot (vafo va jafo) hamda fe'llarda (kel va ket, tur va o'tir kabi) uchraydi. Chetdan qaraganda, antonimlardagi zidlik, qarama-qarshilik ma'lum predmet, belgi va harakatlarning inkor va tasdig'iga o'xshab ko'rinadi, chunki antonimlarga o'xshash inkor ham odatda sifat va fe'l turkumiga oid so'zlarda kuzatiladi. Lekin ular o'rtasida keskin farq bor. Ma'lumki, hamma sifat va fe'llarning inkor shaklini yasash mumkin (yaxshi-yaxshi emas, baland-baland emas, kel-kelma, o'qi-o'qima, tur-turma kabi), lekin hamma sifat va fe'llar anto-nimlikni tashkil qila olmaydi. Masalan, qog'ozli-qog'ozsiz so'zi o'zaro antonim emas, balki bir-birining inkoridir, chunki qo-g'ozli so'zini inkor qilinsa, qog'ozsiz so'zining ma'nosi, aksin-cha, qog'ozsiz so'zini inkor qilinsa, qog'ozli so'zining ma'nosi kelib chiqadi. Bu inkor bir so'z doirasida boradi, shuning uchun ular antonimlikni tashkil qila olmaydi. Ma'no xususiyatlariga ko'ra antonimlar turlicha bo'ladi: 1) yosh xususiyatiga ko'ra: Yigitlikda yig' ilmning maxzanin, Qarilik chog'i xarj qilgil oni (Navoiy). 2) jins xususiyatiga ko'ra: Hurmatingni saqlar har bir o'g'il-qiz, Muqaddas, mo''tabar, aziz Vatanim (Uyg'un). 3) hajm, shakl, miqdor, o'lchov, daraja bildiradi: Uzun aytma qisqa ayt – ko'p ma'no ber (maqol). Yo'g'on cho'zilar, ingichka uzilar (maqol). 4) shaxs va predmetlarning xususiyatini anglatadi: Chin so'zni yolg'onga chulg'ama, Va chin ayta olur tilni yolg'onga bo'lg'ama (N.). 5) rang-tus anglatadi: Men ham sening jigar go'shang – bolangman, Ko'zingdagi so'nmas oqu qorangman (folklor). 6) Maza-ta'm bildiradi: Ushoq qand oq tuzga monand erur, Va lekin biri tuz, biri qand erur (Navoiy). 7) payt ifodalaydi: Erta-yu kech fikru zikrim xayoling, Bir so'rmading, nelar kechdi ahvoling (Muqimiy). 8) munosabat bildiradi: Do'stga xor, dushmanga zor, Nomardga muhtoj aylama (folklor). 9) his-tuyg'u anglatadi: vafo – jafo, rohat – azob; qayg'u – shodlik kabi. Badiiy asarlarda, ayniqsa, xalq maqollarida antonimlar emot-sional-ekspressiv uslubiy vosita sifatida nutqning ifodaliligi, ixchamligi, o'tkirligi uchun xizmat qiladi: do'st achitib gapiradi, dushman kuldirib. Har kimki vafo qilsa, vafo topgusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topgusidir (Bobur). Yaxshi otga qamchi bossang kishnaydi, Yomon ot-chi, egasini tishlaydi (folklor) kabi. Zidlash munosabatini ifodalashning ko'rinishlaridan yana biri oksimorondir. Oksimoron – kishi yoki predmetning tabiati va mohiyatiga xos bo'lmagan belgini unga nisbatan qo'llab, antonimik munosabat hosil qilishdir. SifatQot tipidagi mantiqiy nomuvofiq so'zlardan original uslubiy birikma hosil bo'ladi: shirin dard, aqlli tentak, soqolli ko'sa, achchiq haqiqat, totli azob, qorong'u kun kabi. Giponimiya – leksik-semantik munosabatning alohida turi hisoblanadi. Giponimiya, giponim va giperonim atamalari dast-lab 1968 yilda ingliz tilshunosi D.J.Layoniz tomonidan qo'l-lanilgan.Giponimiya deganda tildagi jins (tor) va tur (keng) tushun-chalar munosabatlarini ifodalovchi so'zlar qatori, leksik para-digmalari tushuniladi.Giperonim jins belgisini bildirgan predmet nomini ifoda-lovchi mikrotizimning markaziy so'zi - dominantasidir.Giponim ma'lum bir jins turlarining nomlarini ifodalovchi, lug'aviy jihatdan giperonimga nisbatan boy bo'lgan lug'aviy birlikdir.Chog'ishtiring: qo'y – giperonim, qo'chqor, sovliq, qo'zi – giponim; ot – giperonim, ayg’ir, saman, jayron, to'riq, yo'rg'a, baytal kabilar giponimdir.Gipo-giperonimik leksik paradigmalarni hosil qiluvchi elementlar o'zbek tilining zoonimlari orasida keng tarqalgan. Jumladan, ayni bir jinsga mansub hayvonning har xil turlarini (rang-tusiga, jinsiga, tashqi jismoniy belgilariga, yoshiga, yetil-gan-yetilmaganligiga) ifodalashga asoslangan so'zlar bilan bog'lanib, turli gipo-giperonimik paradigmalarni hosil qiladi. Masalan, jinsiga ko'ra: tovuq: xo'roz – tovuqning erkagi; maki-y-on - tovuqning urg'ochisi va b.Gipo-giperonimik qatorlar partonimiya, graduonimiya, sinonimiya, antonimiya bilan aloqador hodisa hisoblanadi.(darajalanish)Lug'aviy ma'no guruhlari doirasida ma'no darajalanishini ifodalovchi leksik birliklar graduonimiyadir.Belgini darajalab atab keluvchi so'zlarni o'zaro birlashti-rish tilshunoslikda uzoq tarixga ega. Alisher Navoiy «Muhoka-matul-lug'atayn» asarida «yig'i» holatini ifodalovchi quyidagi darajalanish qatorini ajratadi: ingramoq, singramoq, yig'lam-sinmoq, yig'lamoq, siqtamoq, o'kirmoq, hoy-hoy yig'lamoq. Bunday leksemalar qatori o'zaro darajali ziddiyat (graduonimik oppozitsiya)da turadi. Qo'zi – shirvoz – tusoq – shishak – chori –panji qatorida «yoshning miqdori» semasi darajalangan. Darajalanish munosabatlari bilan so'zlar qatorini: a) sof lisoniy asoslar; b) g'ayrilisoniy asoslar kabi ikki guruhga ajra-tish mumkin. G'ayrilisoniy asosga tabiatda bo'ladigan sifat va miqdoriy o'zgarishlar asosida yuz beradigan hodisalar va shu hodisa-larga inson tomonidan atab qo'yilgan so'zlar kiradi. Ya'ni miqdoriy farqlar alohida so'zlar bilan ataladi: nihol, ko'chat, daraxt kabi.Lisoniy lug'aviy darajalanishda esa bir qator so'zlardagi atash-nomlash semalari tarkibidagi miqdorda ma'lum bir belgi-ning oz-ko'pligiga, turli xil darajalariga ishora mavjud. Jumla-dan, darcha, eshik, darvoza so'zlarining talqinida «kichkina», «eshikcha», «katta» so'zlari miqdoriy belgilariga ishora mavjud. So'zlarning graduonimik qatorlarga tizilishi ma'lum bir bel-gi (oppozitsiya belgisi) zaminida sodir bo'ladi. Masalan, «qizillik» belgisi asosida gulobi, pushti, qizg'ish, qizil, ol, qirmi-zi; «yosh miqdori»ga ko'ra: qulun, toy, do'non, g'o'non, ot; «katta-kichiklik» miqdoriy belgisiga ko'ra: kulba, hujra, uy, ko'shk, qasr, saroy, koshona kabilarga bo'linadi.Xullas, graduonimik munosabatlarni o'rganish graduoni-mik uyalar lug'atini tuzish, o'zbek tili lug'at xazinasidan unumli va samarali foydalanishga qulay imkoniyatlar yaratib beradi.So'zlararo ma'noviy munosabatlarda partonimiya o'ziga xos o'rin tutadi. Partonimiya atamasi lotincha partos – bo'lak, qism va nomos nom demakdir, ya'ni so'zlararo butunbo'lak munosabatlarini ifodalashga taalluqli aloqalar tushuniladi. Masalan, daraxt – ildiz – tana – shox – barg; uy – xona – devor – tom – eshik so'zlari o'zaro butunbo'lak munosabatlari bilan bog'langan. Partonimik lug'aviy ma'no guruhidagi so'zlar butunnom va bo'laknom kabi ikki turga ajratiladi: daraxt – butunnom; ildiz, tana, shox, barg – bo'laknom. «Odam» partonimik lug'aviy ma'-no guruhida bosh, tana, qo'l, oyoq kabi 4 bo'lak o'zaro ma'lum tartibda va qonunqoida asosida birlashib, bir sistemani – «odam» nisbiy butunligini tashkil etadi. Download 51.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling