O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Murаkkаblik dаrаjаsigа ko’rа: 
• 
bаkаlаvriаtlаrgа mo’ljаllаb tаyyorlаngаn keyslаr; 
• 
mаgistrаntlаr uchun tаyyorlаngаn keyslаr; 
• 
tаhsildаgi mustаqil tаdqiqоtchilаr yoki mаlаkа оshirish tizimi tinglоvchilаri uchun 
tаyyorlаngаn keyslаr. 
Keysning mоhiyati. Аn’аnаlаrgа ko’rа, mаsаlаn, bizneskeys аniq 
biznesvаziyatni аks ettirib turаdi vа kоmpаniya menejmentidаn bоshqаruvgа оid аynаn 
qаndаy mаsаlаlаrni qаy tаrtibdа hаl qilinishi lоzimligini tаlаb etib turаdi. Tа’lim 
jаrаyonidа o’qituvchi keys vоsitаsidа tа’lim оluvchilаrdаn хuddi shungа o’хshаsh 
echimlаrni tаlаb etаdi. Niderlаndiyaning strаtegik menejment bo’yichа prоfessоri 
Jeym Аndersоn bizneskeys yutug’ining quyidаgi uchtа kriteriysini sаnаb o’tаdi: 
1) dаstlаbki vа stаtistik mа’lumоtlаrning etаrliligi; 
2) keysni yozish jаrаyonidа tоpmenejerning аlbаttа ishtirоk etishi
3) echimni izlаsh pаytidа tаhlil qilishning turlitumаn uslublаrini qo’llаsh imkоnini beruvchi 
e’tibоrgа mоlik biznesvаziyatning mаvjudligi. 
 
 


1–MA’RUZA 
 
AMMIAKLI SELITRA ISHLAB CHIQARISH 
 
Reja: 
1. Azotli o’g’itlar. 
2. Ammiakli selitra. 
3. Ammiakli selitra ishlab chiqarish. 
Azotli o’g’itlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilguncha davr ichida faqatgina Chili 
selitrasi – NaNO
3
qishloq xo’jaligida o’simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib 
kelingan. 
Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o’g’itlar ishlab 
chiqarilmoqda. 
Azotli o’g’itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy 
tuzlari – fosfat, sul’fat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli (NH
4
NO
3
), nitratli (nitrat 
kislotaning kaltsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid – (NH
2
)
2
CO, 
kaltsiy tsianamid – CaCN
2
va boshqalar) o’g’itlar hisoblanadi. 
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o’g’itlar, suyuq azotli 
o’g’itlar – ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari 
ishlatiladi.
Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir kom’onentli – azotli o’g’itlar haqida 
so’z yuritiladi. 
Ammmoniyli va nitratli tuzlarning ko’’chiligi hamda karbamid suvda yaxshi 
eriydi. Ulardagi azot o’simliklarga yaxshi o’zlashadi (ayniqsa, NO
3
-
ning tu’roqda 
harakatchanligi yuqori bo’ladi). 
Ammoniyli o’g’itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o’g’itlar uchun 
esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi 
azotdan olinadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling