O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
2 – MA’RUZA 
 
AMMONIY SUL’FAT ISHLAB CHIQARISH 
 
Reja: 
1. Ammoniy sul’fat. 
2. Ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari. 
3. Koks gazi ammiakidan ammoniy sul’fat ishlab chiqarish. 
4. Gipsdan ammoniy sul’fat olish. 
5. Ka’rolaktam chiqindisidan ammoniy sul’fat olish. 
 
Ammoniy sul’fat. Ammoniy sul’fat (NH
4
)
2
SO
4
- rangsiz kristall modda (zichligi 
1769 kg/m
3
) bo’lib, uning tarkibida 21,21% azot bo’ladi. 350
0
C dan yuqori xaroratda 


qizlirilganda ammiak va sul’fat kislotaga ‘archalanadi. 100
0
C da nordon tuz hosil qilish 
bilan dissotsiyalanish boshlanadi; (NH
4
)
2
SO
4
ustidagi NH
3
ning bosimi 205
0

xaroratda 0,067 k’a ni, 300
0
S da 6,772 kPa ni tashkil etadi. Ammoniy sul’fat suvda 
yaxshi eriydi. U kristallogidratlar hosil qilmaydi va uning eruvchanligi xarorat ortishi 
bilan sezilarli o’zgarmaydi. Ammoniy sul’fat gigrosko’ikligi va yo’ishqoqligi kam 
bo’lgan o’g’it hisoblanib, uni ishlatishda qiyinchilik tug’dirmaydi. Kamchiligi – 
o’g’itning tarkibida azot miqdorining ozligi va fiziologik kislotaliligining 
yuqoriligidadir. Uning qo’llanilishi natijasida tu’roqda sul’fat kislotasining to’’lanishi 
tufayli uni neytrallash uchun davriy ravishda ohaklash zarurati kelib chiqadi. 
Sanoatda ammoniy sul’fat ishlab chiqarish usulining asosini sul’fat kislotasini 
ammiak bilan neytrallash tashkil etadi. Bu maqsadda toshko’mirni kokslash jarayonida 
hosil bo’ladigan gazlar aralashmasidan ajratib olingan ammiak gazi ishlatiladi. Koks 
gazini ammiak (va shu bilan bir vaqtda ‘iridin asoslari) dan tozalash jarayoni ammoniy 
sul’fat ishlab chiqarish bilan bog’langan. Sintetik ammiakdan esa boshqa turdagi 
yuqori kontsentratsiyali azotli o’g’itlar: ammiakli selitra, karbamid ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. Chet ellarda, qisman ammoniy sul’fat, gi’sni ammoniy karbonat eritmasi 
bilan qayta ishlash natijasida konversiyalab ishlab chiqariladi. Bundan tashqari 
ka’rolaktam ishlab chikarish jarayonida hosil bo’ladigan oqava suvlardan ham 
ammoniy sul’fat ishlab chiqarish usullari ham mavjuddir. 
Ammoniy sul’fat donadorlangan yoki kristall holatda ishlab chikariladi va 
belgilangan Davlat standartlari talablariga javob berishi lozim (1–jadval). Ammoniy 
sul’fat qogoz yoki ‘olietilen qo’larda yoki vagonlarda tashiladi. 
1 – jadval 
Ko’rsatkichlari 
Oliy nav 
1-nav 
Azot (quruq modda hisobida), kam emas 
21 
21 
Suv, ko’’ emas: 
-donadorlangan mahsulotda 
-kristall mahsulotda 
0,6 
0,2 

0,3 
Sul’fat kislota, ko’’ emas 
-donadorlangan mahsulotda 
-kristall mahsulotda 
0,5 
0,03 

0,05 
Dis’ersligi, ko’’ emas 
-donadorlangan (1-4 mm) 
-kristall (+ 0,5 mm) 
90 
60 

belgilanmagan 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling