Poliimidlarni sintez qilish. Poliimidlarni ishlab chiqarish Poliimidlarni xossalari
Download 103.84 Kb.
|
10-amaliy
POLIIMIDLAR. Reja: Poliimidlarni sintez qilish. 2.Poliimidlarni ishlab chiqarish 3. Poliimidlarni xossalari Poliimidlar, tarkibida benzol yoki boshqa tsikllar bilan kondensirlangan, tsiklik imid guruhlari saqlovchi, xaroratbardoshligi yuqori geterotsiklotsepli polimerlardir: Kimyoviy tuzilishi bo’yicha poliimidlar - alifatik, aromatik, chiziqli va to’rsimon turlarga bo’linadi. Besh-, olti- va etti a`zoli imid tsiklli poliimidlar ham bor. Poliimidlar polimerlanish va polikondensatlanish reaktsiyalari yordamida olinadi. Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan besh a`zoli imid tsiklli poliimidlar, odatda bir-biriga nisbatan orto - holatda juft karboksil guruhlari saqlovchi tetrakarbon kislotalarini (ko’proq ularni diangidridlarini) diaminlar bilan polikondensatlab olinadi. Ko’pincha poliimidlar ikki bosqichda olinadi: birinchi bosqichda yuqori molekulali eruvchi poliamidokislotalar olinadi, ikkinchi bosqichda esa ulardan pardalar, tolalar, qoplamalar olib turib, shu tayyor buyumlarda poliimidlargacha tsiklogidratlash o’tkaziladi (ya`ni poliimidlarga qayta ishlash jarayonida o’tkazadilar). Poliimidlar olishni birinchi bosqichi - poliamidokislotalarni olish bo’lib, ular tetrakarbon kislotasi diangidridi bilan diaminlarni ekvimol miqdorlarini eritmada past haroratda polikondensatlab olinadi. Poliamidokislotalarni olish muvozanatli reaktsiya bo’lib, bu reaktsiyani muvozanat konstantasi ko’p jihatdan xom ashyolarni kimyoviy tarkibi va erituvchilarni tabiatiga, hamda reaktsiya xaroratiga bog`liq. Erituvchilar sifatida N,N- dimetilformamid, N,N- dimetilatsetamid, N- metilpirrolidon, dimetilsulfoksid va boshqa xom ashyo hamda polimerni eritadigan erituvchilar ishlatiladi. Alifatik ketonlar (atseton), oddiy tsiklik efirlar (dioksan yoki tetragidrofuran) erituvchi sifatida ishlatilganda, yuqori molekulali poliamidokislotalar hosil qilish uchun reaktsiya muhitiga ko’p miqdorda (30% (mass.)gacha) suv qo’shiladi. Suv reaktsiyani tezlatuvchi hisoblanadi. Poliamidokislotalarni hosil bo’lishida karbon kislotalari katalizator bo’lib xizmat qiladi. Bunday katalizatorlar, ayniqsa, past asosli diaminlar va reaktsiyaga kirishishi qiyin diangidridlar o’rtasidagi reaktsiyalarda katta ahamiyat kasb etadi. SHu moddalar asosidagi reaktsiya, hosil bo’layotgan moddalar tarkibidagi karboksil guruhlari hisobiga ham tezlashadi, ya`ni avtokataliz kuzatiladi. Odatda reaktsiyani 15-250S da, qator hollarda esa yuqoriroq xaroratda, ya`ni 50-750S da ham o’tkaziladi. Poliamidokislota kontsentratsiyasi eritmada 10-25% (mass.) bo’ladi. Poliamidokislotalarning o’rtacha massaviy molekula massasi 22500 dan 266.000 gacha bo’ladi. Poliamidokislotalarni o’ziga xos xususiyatlaridan biri, o’z-o’zidan ketadigan destruktsiya reaktsiyalaridir (reaktsiyani qaytarligi asosida). Bu reaktsiyalar poliamidokislotalarni molekula massasini kamayishiga olib keladi. Destruktsiya eritmada ham (suyuqlangan va kontsentrlangan), qattiq fazada ham ketadi. Poliamidokislotalarni parchalanishga moyilligi, orto-karboksiamid gruhining tuzilishi bilan bog`liq. Amid bog`iga nisbatan orto-holatda bo’lgan karboksil gruhi, amid bog`ini parchalanishini juda ham tezlatib yuboradi, buning natijasida parchalangan amid bog`i angidrid tsikliga aylanadi. Angidrid tsikli esa namlik ishtirokida kislotagacha gidrolizlanadi. SHuning uchun ham bu reaktsiyalar xo’l amid erituvchilarida olib borilganida, hamda poliamidokislotalarni harorat ta`sirida tsikllashda (bu reaktsiya suv ajralib chiqishi bilan boradi) katta ahamiyat kasb etadi. Poliamidokislotalarni tsiklik holga o’tkazish faqat harorat ta`sirida, yoki kimyoviy birikmalar ishtirokida (katalitik) amalga oshiriladi. Xarorat ta`sirida tsikllash, poliamidokislota eritmasini, yoki asosan undan olingan parda, tola yoki kukunni vakuumda yoki inert atmosferada, xaroratni 3000S gacha ko’tarib amalga oshiriladi. Bunda, avvaliga molekula massa (polimerlanish darajasi) sezilarli darajada pasayadi (xarorat 100-1800S o’rtasida) va keyinchalik yuqoriroq xaroratlarda yana orta boshlaydi (zanjir uchidagi amin va angidrid gruhlarini polikondensatlanishi natijasida). Demak, poliamidokislotalarni xarorat ta`sirida tsiklodegidratlanishi murakkab jarayon bo’lib, bunda oldinma-ketin yoki bir vaqtni o’zida, imidlanish, poliamidokislotalarni parchalanish va hosil bo’layotgan yangi makromolekulalarni polikondensatlanish reaktsiyalari ketadi. Qaysi reaktsiyani ko’proq ketishi reaktsiya sharoitiga bog`liq. Poliamidokislota eritmalariga yoki undan olingan kukun va boshqa buyumlarga, kimyoviy birikmalar-asosan karbon kislotalarining angidridlari (sirka angidridi) va uchlamchi aminlar (piridin) aralashmasi bilan ishlov berish, tsikllash xaroratni 20-1000S gachapasayish imkonini beradi. Bunda poliimidlarni polimerlanish darajasi, boshlang`ich poliamidokislotalar polimerlanish darajasidan sezilarli farq qilmaydi. Katalitik tsikllash tugaganidan so’ng bir xil hollarda qisqa vaqt ichida 300-3500S da ushlab turilishi mumkin. Poliamidokislotalarga -ditsiklogeksilkarbodiimid yoki uchftorsirka kislotasining angidridi ta`sir ettirilsa, izoimid gruxli (iminolakton gruxli) polimerlar hosil bo’ladi va bu gruhlar yuqori xaroratlarda normal imid tsikllariga aylanadi. Imid tsikllari hosil bo’lganidan keyin ham qayta ishlash mumkin bo’lgan, eruvchi va suyuqlanma holiga o’tuvchi poliimidlarni bir bosqichda ham olish mumkin. Bunda jarayon yuqori xaroratda qaynovchi erituvchilarda (nitrobenzol, M-krezol) 160-210 S da o’tkaziladi. Bir bosqichli usulda polikondensatlanish natijasida poliamidokislotalarni molekula massasini ortishi imid tsikllarini hosil bo’lishi bilan bir vaqtda amalga oshadi. Ko’pgina hollarda reaktsiyani umumiy tezligi, tsikllanish reaktsiyasini tezligi bilan emas, balki poliamidokislotani hosil bo’lish tezligi bilan belgilanadi. Poliimidlar ishlab chiqarishni bir bosqichli reaktsiyasi qaytar (muvozanatli) reaktsiyalardan bo’lganidan, yuqori molekulali poliimidlar olish uchun, reaktsiya muhitidan ajralib chiqayotgan suvni tezlikda muhitdan chiqarib turish kerak. Buning uchun reaktsiya muhitidan doimo inert gaz (argon, azot) o’tkazib turiladi. Ushbu jarayon karbon kislotalari, uchlamchi aminlar, karbon kislotalarining amidlari kabi katalizatorlar ishtirokida sezilarli darajada tezlashadi. SHuning natijasida reaktsiyani o’tkazish xaroratini 200-2100S dan 140-1600S gacha pasaytirish mumkin bo’ladi, yoki yuqori xaroratda jarayon vaqti anchagina qisqaradi. Poliimidlarni ishlab chiqarish CHiziqli aromatik poliimidlar olish texnologiyasi, polikondensatlanish reaktsiyalari yordamida olinadigan boshqa chiziqli polimerlar texnologiyasidan farqlanadi. Bu farq asosan poliimid olishni ikki bosqichda olib borishdir. PM markali poliimid pardasini ikki bosqichli polikondensatlanish jarayonida olish sxemasi rasmda keltirilgan. PM poliimid pardasini ikki bosqichli polikondensatlanishda olish sxemasi. Birinchi bosqich erituvchilarida aromatik poliamidlar olishga o’xshash. Tetrakarbon kislotasining diangidridi bilan diaminlar o’rtasidagi reaktsiyada ko’p issiqlik ajralib chiqqanidan, reaktsiya muhitidan issiqlikni vaqtida olib chiqish katta ahamiyatga ega. Buning uchun diaminni quruq dimetilformamiddagi eritmasiga, asta-sekin aralashtirib turib diangidrid qo’shiladi. Diaminni, diangidrid eritmasiga solish yoki ikkala moddani eritmalarini aralashtirish, pastroq molekula massali poliamidokislotalar hosil bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha sintez inert gaz atmosferasida o’tkaziladi. Ammo har doim ham juda yuqori molekula massali poliamidokislotalar olish maqsadga muvofiq emas. CHunki bunda quvurlardan o’tkazish va qayta ishlash qiyin bo’lgan yuqori qovushqoqli eritmalar hosil bo’ladi. SHuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, poliamidokislotalarni saqlaganda va 1000S dan yuqori xaroratda qizdirilganda, destruktsiya hisobiga ularni molekula massasi kamayib ketadi. Poliamidokislotalarni destruktsiyalanishini oldini olish maqsadida, ularni 0-50S da saqlanadi. Poliamidokislota eritmasi yaxshilab filtrlanadi, erigan havodan tozalanadi va metall tasma ustiga yotqizilgan ingichka poliimid asosga uzluksiz qo’yiladi. Tasmani 1000S gacha qizdirilgan quruq azot aylanib turgan quritish kamerasidan o’tkazib, erituvchi uchirib yuboriladi. So’ngra xarorati 150 dan 3000S gacha o’zgaradigan (azot atmosferasida) issiqlik kamerasidan o’tkaziladi. Oxirgi ishlov berish, pardani juda yuqori xaroratda (4000S atrofida) qisqa vaqt (15 minut) ichida ushlab turib amalga oshiriladi. Poliimid pardalarini ikki o’q yo’nalishida orientatsiyalanishini taminlash maqsadida, ularni mahsus, kirishishiga yo’l qo’ymaydigan qisqichlarda tortib qo’yib xarorat ta`sirida ushlab turiladi. Buning natijasida poliimid pardalarini mexanik mustahkamligi sezilarli darajada ortadi. Erituvchini va tsikllash jarayonida ajralib chiqayotgan suvni to’liq chiqarib yuborish maqsadida, poliamidokislota pardasini bosim ostida 2500S gacha qizdirilgan bitta yoki bir nechta juftlangan vallar orasidan o’tkaziladi. Download 103.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling