O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koks gazi ammiakidan ammoniy sul’fat ishlab chiqarish.
Ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari. Sul’fat
kislotasini gaz xolatidagi ammiak bilan neytrallash kuyidagi reaktsiyaga asoslangan: 2NH 3 (g) + H 2 SO 4 (c) = (NH 4 ) 2 SO 4 (q) + 274 kj Bunda ko’’ miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Hosil bo’lgan issiqlik (saturator jarayonidagi) va tashqaridan gazlar bilan kiradigan issiqlik (saturatirsiz jarayonidagi) birgalikda sistemadagi suvni bug’lanishiga sarf bo’ladi va eritmaning to’yinishi hisobiga kristall holatdagi mahsulot hosil bo’ladi. Qaynoq holdagi reaktsiyada o’rta tuz eritmasidan mahsulotni kristallantirishni tag’minlashi muhim ahamiyatga ega. Sul’fat kislotasidagi qo’shimchalar, ayniqsa, temir va alyuminiy sul’fatlari ammoniy sul’fatning kristallanishin qiynlashtiradi. Kislotani neytrallash ‘aytida kolloid holatda temir va alyuminiy gidroksidlari cho’kadi: (Fe, AI) 2 (SO 4 ) 3 + 6NH 3 + H 2 O = 2(Fe, AI) (OH) 3 + 3(NH 4 ) 2 SO 4 Bunda ammoniy sul’fat kristallarining o’sishi qiyinlashadi. SHu maqsadda neytrallash jarayonini davriy reaktorlarda bosqichli o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Koks gazi ammiakidan ammoniy sul’fat ishlab chiqarish. Koks gazi tarkibida 6-14 g/m 3 gacha ammiak bo’ladi. Uni uch xil: bilvosita, bevosita va yarimbevosita usullar bilan ammoniy sul’fatga aylantirilishi mumkin. Bilvosita usulda koks gazi sovutiladi, bunda undan smola kondensatlanadi va ammiak bilan to’yingan smola ustki suvi hosil bo’ladi. Koks gazi tarkibida qolgan ammiak esa ammiakli skrubberlarda suvga yuttiriladi. Hosil qilingan ammiakli suv va smola uski suvidan distillyatsiya kolonnalarida ammiak ajratib olinadi va uni sul’fat kislotasiga yuttiriladi. Bu usulda katta hajmdagi jihozlar va ko’’ miqdordagi energiya talab etiladi. Belvosita usul bo’yicha ammiak gazining sul’fat kislotasi eritmasida yutilishi hisobiga ammoniy sul’fat hosil qilish bilan oldindan 68 0 S gacha sovutilgan va elektrofilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazini doimiy yuborish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy jihatdan maqbul va keng tarqalgan usul bu yarimbevosita usuldir. Bunda koks gazidagi smolani kondensatlash uchun 25-30 0 S gacha sovutiladi. Kondensat 2 qatlamga ajratiladi: quyi qatlamda smola va yuqori qalamda smola ustki suvi bo’lib, unda gaz tarkibidagi bir qism ammiak erigan bo’ladi. Smola ustki suvini distillyatsiya kolonnasida ohakli suv bilan ishlanadi va hosil qilingan ammiak gazi elektrfilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazi bilan birgalikda sul’fat kislotasiga yuttirish uchun yuboriladi. Koks gazidagi ammiakni yuttirish barbotaj turidagi saturatorlarda (saturatorli usulda) yoki skrubberlarda (saturatorsiz usulda) amalga oshirilishi mumkin. Saturatorli usulda koks gazidagi ammiakning yuttirilishi va ammoniy sul’fatning kristallantirishlishi birgina jihoz – saturatorda amalga oshiriladi. Bu texnologik rejimni tanlash imkoniyatini chegaralaydi, yahni bir vaqtda ikkala jarayon (yuttirish va kristallantirish) uchun bir xil o’timal sharoit: ammiakning maksimal yutilishi va ammoniy sul’fat kristallarini ajratib olish uchun yirik kristallar hosil bo’lishini tag’minlovchi ‘arametrlarni belgilashni ko’rsatadi. Ko’’gina zavodlarda ko’llanilayotgan saturatorsiz usul bo’yicha yuqoridagi jarayonlar alohida-alohida: ammiakni yuttirish saturatorlarda, ammoniy sul’fatni kristallantirish esa kristalizatorlarda amalga oshiriladi. 7 – rasmda ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning saturatorli usuliga asoslangan tasvir keltirilgan. 7 – rasm. Ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning saturatorli usuli tasviri: 1-sul’fat kislotasi uchun bak; 2-koks gazi uchun qizdirgich; 3-saturator; 4- barbotyor; 5-aylanuvchi eritma uchun bak; 6-kislota tutgich; 7-kristall yig’gich; 8-eritma yig’gich; 9-tsentrafuga; 10-«qaynovchi qatlam» li quritgich; 11- ’iridinsizlantirilgan eritma uchun rezvrvuar; 12-kislotali eritma uchun yig’gich; 13-eritma uchun rezervuar; 14,15-markazdan qochma nasoslar. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling