O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliyli o’g’itlar.
3 – MA’RUZA
Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo’li bilan kaliy xlorid olish Reja: 1. Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo’li bilan kaliy xlorid olish 2. Silg’vinitli rudalarni qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari 3. Silg’vinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarish Kaliyli o’g’itlar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan va yer ostidan qazib olinadigan kaliy birikmalarining deyarli barchasi (95% dan ortiq qismi) mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Ular xlorli, sul’fatli va boshqa holatda bo’ladi. Xlorli kaliyli o’g’itlarga: silg’vinit, kainit,tabiiy rudalarni qayta ishlash kontsentrlangan mahsulotlari – kaliy xlorid va ularning kontsentrlangan kaliyli mahsulotlar bilan aralashmasi kiradi. Xlorsiz kaliyli o’g’itlarga esa: kaliy sul’fat, kaliy va magniy sul’fatlarning qo’shaloq tuzi – kaliymagneziya (unda oz miqdordagi kaliy va natriy xloridlari qo’shimchasi bo’ladi); kainit-langbeynit rudalarini flotatsion boyitish yo’li bilan olinadigan kaliy-magniyli kontsentrat kiradi. Kaliyli mahsulotlar va xom ashyolarning sifati ulardagi kaliy (K 2 O hisobida) miqdori orqali aniqlanadi. Kaliyli mahsulotlar sanoatining asosiy mahsuloti kaliy xlorid bo’lib, ularning 95% qismi mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Qolgan 5% qismi kaliyning – KON, KSlO 3 , K 2 CO 3 , KNO 3 , KCN va boshqa birikmalariga aylantiriladi. Ular qora va rangli metallurgiyada, qurilishda, shisha ishlab chiqarishda, qog’oz, lak-bo’yoq, charm oshlash sanoatlarida, farmatsevtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. O’g’it sifatida yanchilgan silg’vinit, aralash o’g’it (kaliy xlorid va yanchilgan silg’vinit aralashmasi) va kaliy xlorid ishlatiladi. Yanchilgan silg’vinit tarkibida 22% KCl (14% K 2 O) bo’lib, o’lchami 4 mm dan yirik bo’lgan zarrachalar 20% dan ortmasligi kerak. Aralash o’g’it tarkibidagi K 2 O miqdori 40% dan kam bo’lmaydi va N 2 O 2% dan oshmasligi lozim. Tarkibida 52,4% KSl (63,1% K 2 O) bo’ladigan kaliy xlorid – rangsiz kubsimon kristallardan iborat bo’ladi. Uning zichligi 1990 kg/m 3 bo’lib, 776 O S da suyuqlanadi. Kaliy xloridning tabiiy minerali – silg’vin va rudalari tarkibida qo’shimchalar bo’lganligi sababli rangli bo’ladi. Kaliy xloridning 20 O S dagi tuyingan eritmasida – 25,6% va 100 O S dagi to’yingan eritmasida esa – 35,9% KSl bo’ladi. Texnik kaliy xloridning sifati GOST 4568-83 bo’yicha belgilanadi. Texnik shartlar bo’yicha u mayda kristall, donador va yirik kristalli holatida 1-, 2- va 3- navlarda ishlab chiqariladi. Ularda navlariga muvofiq ravishda 95, 92 va 90% KCl bo’ladi. Mayda kristall holatida ishlab chiqariladigan mahsulotda namlik 1% dan oshmasligi lozim, donador mahsulot namligi esa 0,5% atrofida bo’lishi mumkin. Donador mahsulotda 1-4 mm li donachalarning miqdori 80% (quruq o’g’it ishlab chiqarish uchun esa 90%) bo’lishi, 7 mm dan yirik donachalar bo’lmasligi va 1 mm dan mayda donachalarning ulushi 5% dan oshmasligi kerak. Qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida donador, murakkab o’g’itlar ishlab chiqarishda esa kukun holatidagi kaliy xlorid ishlatiladi. Kaliy sul’fat K 2 SO 4 – rangsiz kristall modda bo’lib, rombik () va geksagonal () shakllarda bo’ladi. Kaliy sul’fat -shaklining -shaklga o’tish xarorati 584 O S ni tashkil etadi. U 1069 O S da suyuqlanadi. Kaliy sul’fatning 20 O S dagi to’yingan eritmasida 10,0% va 100 O S dagi to’yingan eritmasida 19,49% K 2 SO 4 bo’ladi. Toza kaliy sul’fatda 54,06% K 2 O bo’ladi. Xlorsiz kaliyli o’g’itlar: KCl ni sul’fat kislotali qayta ishlashdan olinadigan K 2 SO 4 tarkibida 1- va 2-navlariga muvofiq holda 50 va 48% dan kam bo’lmagan K 2 O, 2-3% dan ko’’ bo’lmagan Cl va 0,1% N 2 O bo’ladi; ‘olimineral rudalarni qayta ishlanishidan olinadigan K 2 SO 4 tarkibida 46% dan kam bo’lmagan K 2 O, 4% dan ortiq bo’lmagan natriy birikmalari (Na 2 CO 3 hisobida) va 0,5% N 2 O bo’ladi; donadorlangan va donadorlanmagan kalimagneziya – shyonit tarkibida 28% K 2 O, 8% MgO,15% dan ortiq bo’lmagan Cl, donadorlik turiga muvofiq holda 7 va 10% N 2 O bo’ladi; donadorlangan va donadorlanmagan kaliy-magniyli kontsentrat – kainit-langbiynit rudalarini flotatsiyali boyitish yo’li bilan olinadi va unda 17,5% K 2 O, 9% dan kam bo’lmagan MgO, 20% dan ko’’ bo’lmagan Cl va 4% N 2 O bo’ladi; kainit rudasi tarkibida MgSO 4 *KCl*3H 2 O bo’lib, unda 9,5% K 2 O va 5% dan ko’’ bo’lmagan N 2 O bor. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling