O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
3 – MA’RUZA 
Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo’li bilan kaliy xlorid olish 
 
Reja: 
1. Kaliy rudalarini mexanik boyitish yo’li bilan kaliy xlorid olish 
2. Silg’vinitli rudalarni qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari 
3. Silg’vinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarish 
Kaliyli o’g’itlar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan va yer ostidan 
qazib olinadigan kaliy birikmalarining deyarli barchasi (95% dan ortiq qismi) mineral 
o’g’it sifatida ishlatiladi. Ular xlorli, sul’fatli va boshqa holatda bo’ladi. 
Xlorli kaliyli o’g’itlarga: silg’vinit, kainit,tabiiy rudalarni qayta ishlash 
kontsentrlangan mahsulotlari – kaliy xlorid va ularning kontsentrlangan kaliyli 
mahsulotlar bilan aralashmasi kiradi. Xlorsiz kaliyli o’g’itlarga esa: kaliy sul’fat, kaliy 
va magniy sul’fatlarning qo’shaloq tuzi – kaliymagneziya (unda oz miqdordagi kaliy 
va natriy xloridlari qo’shimchasi bo’ladi); kainit-langbeynit rudalarini flotatsion 
boyitish yo’li bilan olinadigan kaliy-magniyli kontsentrat kiradi. 
Kaliyli mahsulotlar va xom ashyolarning sifati ulardagi kaliy (K
2
O hisobida) 
miqdori orqali aniqlanadi. 
Kaliyli mahsulotlar sanoatining asosiy mahsuloti kaliy xlorid bo’lib, ularning 
95% qismi mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Qolgan 5% qismi kaliyning – KON, 
KSlO
3
, K
2
CO
3
, KNO
3
, KCN va boshqa birikmalariga aylantiriladi. Ular qora va rangli 
metallurgiyada, qurilishda, shisha ishlab chiqarishda, qog’oz, lak-bo’yoq, charm 
oshlash sanoatlarida, farmatsevtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. 


O’g’it sifatida yanchilgan silg’vinit, aralash o’g’it (kaliy xlorid va yanchilgan 
silg’vinit aralashmasi) va kaliy xlorid ishlatiladi. Yanchilgan silg’vinit tarkibida 22% 
KCl (14% K
2
O) bo’lib, o’lchami 4 mm dan yirik bo’lgan zarrachalar 20% dan 
ortmasligi kerak. Aralash o’g’it tarkibidagi K
2
O miqdori 40% dan kam bo’lmaydi va 
N
2
O 2% dan oshmasligi lozim. Tarkibida 52,4% KSl (63,1% K
2
O) bo’ladigan kaliy 
xlorid – rangsiz kubsimon kristallardan iborat bo’ladi. Uning zichligi 1990 kg/m
3
bo’lib, 776
O
S da suyuqlanadi. Kaliy xloridning tabiiy minerali – silg’vin va rudalari 
tarkibida qo’shimchalar bo’lganligi sababli rangli bo’ladi. Kaliy xloridning 20
O
S dagi 
tuyingan eritmasida – 25,6% va 100
O
S dagi to’yingan eritmasida esa – 35,9% KSl 
bo’ladi. 
Texnik kaliy xloridning sifati GOST 4568-83 bo’yicha belgilanadi. Texnik 
shartlar bo’yicha u mayda kristall, donador va yirik kristalli holatida 1-, 2- va 3-
navlarda ishlab chiqariladi. Ularda navlariga muvofiq ravishda 95, 92 va 90% KCl 
bo’ladi. Mayda kristall holatida ishlab chiqariladigan mahsulotda namlik 1% dan 
oshmasligi lozim, donador mahsulot namligi esa 0,5% atrofida bo’lishi mumkin. 
Donador mahsulotda 1-4 mm li donachalarning miqdori 80% (quruq o’g’it ishlab 
chiqarish uchun esa 90%) bo’lishi, 7 mm dan yirik donachalar bo’lmasligi va 1 mm 
dan mayda donachalarning ulushi 5% dan oshmasligi kerak. Qishloq xo’jaligida o’g’it 
sifatida donador, murakkab o’g’itlar ishlab chiqarishda esa kukun holatidagi kaliy 
xlorid ishlatiladi. 
Kaliy sul’fat K
2
SO
4
– rangsiz kristall modda bo’lib, rombik () va geksagonal 
() shakllarda bo’ladi. Kaliy sul’fat -shaklining -shaklga o’tish xarorati 584
O
S ni 
tashkil etadi. U 1069
O
S da suyuqlanadi. Kaliy sul’fatning 20
O
S dagi to’yingan 
eritmasida 10,0% va 100
O
S dagi to’yingan eritmasida 19,49% K
2
SO
4
bo’ladi. Toza 
kaliy sul’fatda 54,06% K
2
O bo’ladi. 
Xlorsiz kaliyli o’g’itlar: KCl ni sul’fat kislotali qayta ishlashdan olinadigan 
K
2
SO
4
tarkibida 1- va 2-navlariga muvofiq holda 50 va 48% dan kam bo’lmagan K
2
O, 
2-3% dan ko’’ bo’lmagan Cl va 0,1% N
2
O bo’ladi; ‘olimineral rudalarni qayta 
ishlanishidan olinadigan K
2
SO
4
tarkibida 46% dan kam bo’lmagan K
2
O, 4% dan ortiq 
bo’lmagan natriy birikmalari (Na
2
CO
3
hisobida) va 0,5% N
2
O bo’ladi; donadorlangan 
va donadorlanmagan kalimagneziya – shyonit tarkibida 28% K
2
O, 8% MgO,15% dan 
ortiq bo’lmagan Cl, donadorlik turiga muvofiq holda 7 va 10% N
2
O bo’ladi; 
donadorlangan va donadorlanmagan kaliy-magniyli kontsentrat – kainit-langbiynit 
rudalarini flotatsiyali boyitish yo’li bilan olinadi va unda 17,5% K
2
O, 9% dan kam 
bo’lmagan MgO, 20% dan ko’’ bo’lmagan Cl va 4% N
2
O bo’ladi; kainit rudasi 
tarkibida MgSO
4
*KCl*3H
2
O bo’lib, unda 9,5% K
2
O va 5% dan ko’’ bo’lmagan N
2

bor. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling