O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Kaliyli tuzlar xom ashyosi. Kaliyli tuzlar olishda kaliyning xloridli va sul’fatli 
tuzlariga boy bo’lgan cho’kindi minerallar va tabiiy tuz eritmalari asosiy xom ashyolar 
hisoblanadi. Kaliy xloridni asosan silg’vinit rudasidan olinadi. U silg’vin KCl va galit 
NaCl aralashmasidan iboratdir. Yana bir turdagi xom ashyo – karnallit 
KCl*MgCl
2
*6H
2
O hisoblanadi. Uning tarkibida qo’shimcha sifatida NaCl ham bo’ladi. 
Kaliy sul’fat ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida: langbeynit K
2
SO
4
*2MgSO
4

kainit KCl*MgSO
4
*3H
2
O, shenit K
2
SO
4
*MgSO
4
*6H
2
O va boshqalar ishlatiladi. 


Tarkibida kaliy tutgan va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan minerallari: 
‘oligalit 
K
2
SO
4
*MgSO
4
*2CaSO
4
*2H
2
O, 
leytsit 
K
2
O*Al
2
O
3
*4SiO
2

alunit 
K
2
SO
4
*Al
2
(SO
4
)
3
*4Al(OH)
3
, nefelin [(K,Na)
2
O*Al
2
O
3
*2SiO
2
]*nSiO
2
va boshqalar 
kaliyli xom ashyo sifatida bevosita ishlatilmasada, ulardan (alunit va nefelin) glenozem 
olishda K
2
SO
4
va K
2
CO
3
qo’shimcha mahsulot sifatida olinadi. Sinnirit – KAlSi
3
O
8
va 
KAlSiO
4
lar kelajakda ishlatish uchun muhim xom ashyolar hisoblanadi. 
Kaliyli tuz konlari O’rta Osiyoda (Gaurdak, Karlyuk, Jilan va Tyubegatanda), 
Uralda 
(Verxnekamsk 
va 
Verxne’echorskda), 
Belorussiyada 
(Starobinsk, 
Ka’etkivichsk va ‘etrikovskda), G’arbiy Ukrainada (‘rikar’atg’eda) va boshqa joylarda 
uchraydi. Bu konlardagi zaxiralarning 88% ulushi Verxnekamskga to’g’ri keladi. CHet 
mamlakatlardagi kaliyli tuz konlari Kanadada, Germaniyada, Isroilda, AQSH da, 
Is’aniyada va Frantsiyada mavjuddir. 1980 yilda Rossiyaning Sibir O’lkasida Ne’skoe 
(silg’vinit va karnallit) koni ochilgan. Kaliyli tuz konlari zaxirasiga ko’ra, dunyoda 
MDH mamlakatlari 1-o’rinda, Kanada esa 2-o’rinda turadi. 
Verxnekamsk konidagi kaliy-magniyli tuzlar xloridlar shaklida bo’lib, qadimgi 
‘erm dengizining bug’lanishidan hosil bo’lgan. Bu konning maydoni 3500 km
2
bo’lib, 
qatlamning qalinligi 1000 metrgacha yetadi. Karnallit va silvinit qatlamlari 90-220 
metr chuqurlikda, quyi silg’vinit maydonining qalinligi 7-8 m dan 40 metrgacha bo’lib, 
bir-biridan KCl qatlami bilan ajralib turadigan oltita 6-8 metr qalinlikdagi silg’vinit 
qatlamlaridan iborat. Ruda tarkibida 17-40% KCl, 0,2-0,3% MgCl
2
, 1-4,5% 
erimaydigan qoldiq bo’ladi. Yuqori yuza qalinligi 20-115 metr bo’lib, 9 ta qatlamni 
tashkil qiladi. Bu qatlamlar karnallit, silg’vinit va kulrang, havorang hamda ko’k gallit 
aralashmalaridan iboratdir. Silg’vinit rudasi tarkibida 21-39% KCl, 0,2-1,2% MgCl
2

0,9-6,3% erimaydigan qoldiq, karnallit rudasi tarkibida esa 13,5-20,5% KCl, 14,5-19% 
MgCl
2
, 1,4-4,5% erimaydigan qoldiq bo’ladi. 
Kar’atg’e konidagi kaliy tuzlari sul’fat-xloridlar shaklida bo’lib, xloridli 
qatlamlar silg’vinit (8-19% K
2
O) va boshqa rudalardan iborat. Sul’fat-xloridli 
qatlamlarning 35-36% qismi kainitdan (10-12% K
2
O), 20-40% qismi gallitdan, 3-7% 
qismi ‘oligalitdan va 6-15% qismi tu’roq materiallaridan iborat. Kainit-langbeynit 
qatlamlarining 20-30% ini kainit, 10-20% ini langbeynit, 30-40% ini galit, 5-10% ini 
kazerit MgSO
4
*H
2
O va ~20% ini tu’roq materiallari tashkil etadi. 
Tabiatda kaliy sul’fatli konlar kaliy xloridli konlarga nisbatan kamroq uchraydi. 
Okean suvlarida 0,05% atrofida kaliy ionlari bo’ladi. Ular quruqlikdagi kaliyli tuzlar 
zaxirasidan o’n milliondan ziyodroq ko’’ hisoblanadi. Suv havzalarida dengiz suvlarini 
bug’latilib kaliy tuzlari olinishi mumkin. Xuddi shu usul bilan yuqori minerallashgan 
O’lik dengiz suvidan kaliy xlorid tuzi olinadi. Ayrim turdagi sanoat korxonalarining 
chiqindilari kaliyli tuzlarning qo’shimcha manbai hisoblanadi. Masalan, tsement ishlab 
chiqarish zavodlarining elektrofilg’trlarida tutib qolingan chang tarkibida 20-30% 
gacha K
2
O (K
2
SO
4
va K
2
CO
3
shaklida) bo’lishi mumkin. CHunki shixta tarkibida 0,2-
1% K
2
O bo’ladi. Rangli metallurgiya korxonalari: magniy metali ishlab chiqarishda 
kaliy xlorid elektrolit tarkibida, alyuminiy metali ishlab chiqarishda nefklin va alunit 
xom ashyolari tarkibida kaliy bo’ladi. Ularning ikkilamchi mahsuloti sifatida KCl
K
2
SO
4
va K
2
CO
3
lar ishlab chiqariladi. 
Silg’vinit va karnallit rudalaridan kaliy xlorid quyidagi usullarda olinadi: 
- xom ashyoni mexanik usul bilan ishlov berish yoki ko’’incha (80% dan ko’’roq) 
flotatsiyalash usuli bilan KCl olinadi; 


- rudadagi tuzlarning erish xarorat koeffitsentlariga asoslangan bo’lib, eritish va 
kristallantirish yo’li bilan tuzlar ketma-ket ajratib olinadi. Bu usul issiqlik yoki 
galurgik (lotincha – «tuz ishi») yoxud kimyoviy usul deyiladi; 
- yuqoridagi usullarda sul’fatli jinslar ham qayta ishlanadi; 
- sho’r suvlardan kaliyli tuzlar turli usullar bilan ashratib olinadi. Masalan, O’lik 
dengiz sho’r suvlari bug’latuvchi havzalarda kontsentrlanadi. Bunda karnallit 
ajratib olinadi va u qayta ishlanib kaliy xlorid olinadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling