O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Monokalg’tsiyfosfat suv bilan tahsirlashib, erkin fosfat kislota va


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Monokalg’tsiyfosfat suv bilan tahsirlashib, erkin fosfat kislota va 
dikalg’tsiyfosfatga parchalanadi: 
Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + aq = CaHPO
4
+ H
3
PO
4
+ aq 
Parchalanish darajasi tuz va suvning nisbiy miqdoriga bog’liqdir. SHuning 
uchun monokalg’tsiyfosfatning eruvchanligi haqida faqatgina shartli fikr yuritish 
mumkin. Ayni haroratdagi eritmaga mahlum miqdordagi tuzni o’tkazish uchun talab 
etiladigan suvning faqat shunday miqdorigina doimiy hisoblanadi. 
14 – rasmda turli xil xaroratlardagi CaO – H
3
PO
4
– H
2
O sistemasida eruvchanlik 
izotermasi 
tasvirlangan. 
Eritmadagi 
P
2
O
5
kontsentratsiyasi 
ortishi 
bilan 
monokalg’tsiyfosfatning eruvchanlik egri chizig’idagi CaO miqdori kamayadi, 
dikalg’tsiyfosfatning eruvchanlik egri chizig’idagi CaO miqdori esa ortadi.
14 – rasm. CaO – P
2
O
5
– H
2
O sistemasi. 
Ikki tuz bilan to’yintirilgan eritmalarning tarkibi (monovariantli muvozanat): 
V – 25-132
O
S da: Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + CaHPO
4
,
0
O
C da: Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + CaHPO
4
*2H
2
O; 


F
1
– F
2
– 40-132
O
S da: Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + Ca(H
2
PO
4
)
2

R va R
1
– 0 va 25
O
S da: 2H
3
PO
4
*H
2
O + Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O. 
Uchta komponent bilan to’yintirilgan eritmalarning tarkibi (invariantli 
muvozanat): 
U – 30
O
S da: H
3
RO
4
+ Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + Ca(H
2
PO
4
)
2

E – 152
O
S da: Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + Ca(H
2
PO
4
)
2
+ CaHPO
4

Q – 100
O
S da: 2H
3
PO
4
*H
2
O + Ca(H
2
PO
4
)
2
*H
2
O + muz. 
Superfosfat. Superfosfatni nisbatan yuqori kontsentratsiyali qo’shaloq 
superfosfatdan farqlash maqsadida oddiy superfosfat deb ham ataladi. Tabiiy fosfatlar 
(apatit kontsentrati yoki fosforit uni) ni sul’fat kislota bilan parchalash orqali 
superfosfat olinadi. Sul’fat kislota miqdori tabiiy fosfatdagi kalg’tsiyni to’la 
bog’lashga ketadigan miqdorga nisbatan shunday hisobda kam olinadiki, buning 
natijasida quyidagi tenglama bo’yicha monokalg’tsiyfosfat va kalg’tsiy sul’fatning 
aralashmasi hosil bo’ladi: 
2Ca
5
(‘O
4
)
3
F + 7H
2
SO
4
+ 3H
2
O = 3Ca(H
2
’O
4
)
2
*H
2
O + 7CaSO
4
+ 2HF. 
Superfosfat ishlab chiqarishda fosfatli xom ashyo va sul’fat kislotaning 
aralashtirilishidan dastlab suspenziya hosil bo’ladi, unda kimyoviy reaktsiyalar va 
kristallanish jarayonining sodir bo’lishi tufayli u asta-sekin quyiladi va yaxlit massa 
holatida qotadi. Uning maydalanishidan hosil qilingan superfosfat – kul rang kukun 
yoki donador mahsulotdir. U bir necha qattiq faza va ularga shimilgan suyuq fazadan 
iboratdir. Qattiq fazada kalg’tsiy (asosan monokalg’tsiyfosfat), magniy, temir, 
alyuminiy fosfatlari, CaSO
4
*0.5H
2
O qo’shimchasi bilan CaSO
4
(apatit kontsentratini 
qayta ishlashda esa shuningdek CdSO
4
), boshlang’ich fosfat tarkibiga kiruvchi 
parchalanmagan mineral qoldiqlari, kremnegelg’ SiO
2
*nH
2
O va boshqalar bo’ladi. 
Qattiq fazaning miqdori 65-72% ni, shu jumladan 50-55% CaSO
4
(va CdSO
4
) ni 
tashkil etadi. Suyuq faza esa monokalg’tsiyfosfatga to’yingan va tarkibida Mg
2+
, Fe
3+

Al
3+
, F
-
, SiF
6
2-
va boshqa ionlar bo’lgan fosfat kislotaning suvli eritmasidan iboratdir. 
Superfosfat ishlab chiqarishdagi asosiy vazifalar: apatit kontsentrati yoki fosforit 
unini sul’fat kislotasi bilan qorishtirish va hosil qilingan suspenziyani kameralarda 
pishitish (etiltirish) dan iboratdir. Uning batamom pishitilishi kimyoviy tsexlarda 
mahsulotni saqlashda to’la amalga oshadi. Xom ashyolar aralashtirgichlaridan va 
superfosfat kamerasidan chiqadigan ftorli gazlar – ftor tutgan boshqa mahsulotlarga 
aylantiriladi. 
Kukunsimon 
superfosfat 
gigroskopikdir 
va 
suyuq 
fazadan 
monokalg’tsiyfosfatning kristallanishi natijasida kuchli yopishqoq bo’lib qoladi. 
Sovutilgan va yetarli darajada pishitilgan superfosfatda kristallanish tugallanganligi 
uchun yepishqoqligi kam bo’ladi. Neytrallangan va donadorlangan superfosfat deyarli 
yopishib qolmaydi. 
Hozirgi paytda kontsentrlangan fosforli va murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish 
juda tez suratlarda rivojlanayotganligi sababli mineral o’g’itlarning dunyodagi 
assortimentida oddiy superfosfatning nisbiy ulushi kamayib bormoqda. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling