O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Fosfatning parchalanishi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Fosfatning parchalanishi.
Superfosfat olishda ftorapatitning parchalanishi ikki bosqichda sodir bo’ladi. Avval erkin fosfat kislota hosil bo’ladi: Ca 5 (‘O 4 ) 3 F + 5H 2 SO 4 + 2,5H 2 O = 3H 3 ’O 4 + 5CaSO 4 *0,5N 2 O + HF. Bu reaktsiya 20-40 minut davomida kamerada superfosfat massasining pishitilishi davrida tugaydi. Kalg’tsiy sul’fat yarimgidrat shaklida cho’kmaga tushadi, ammo juda tez, bir necha minutda angidritga aylanadi, uning shakli tayyor superfosfatda saqlanib qoladi. Buni superfosfat kamerasidagi reaktsion massa xaroratining yuqoriligi (110-120 O S) va suyuq fazada (birinchi bosqich jarayonining ohirida 42-46%) P2O5 miqdorining ko’pligi bilan izohlanadi. Bunday sharoitda kalg’tsiy sul’fatning stabil shakli angidrit hisoblanadi (15.2 – rasm). Sul’fat kislot to’la sarflangandan so’ng ikkinchi bosqich jarayoni - qolgan apatitning to’plangan fosfat kislota bilan reaktsiyasi boshlanadi: Ca 5 (‘O 4 ) 3 F + 7H 3 ’O 4 + 5H 2 O = 5Ca(H 2 ’O 4 ) 2 *H 2 O + HF. Hosil bo’lgan monokalg’tsiyfosfat dastlab eritmada bo’ladi, uning to’yinishidan kristallanishi boshlanadi. CaO – H 3 ’O 4 – H 2 O sistemasidagi muvozanat diagrammasidan ko’rinadiki (15.3 – rasm), eritmadagi P2O5 miqdori 42-46% va xarorat 100 O S dan yuqori (bu ikkinchi bosqich jarayonining boshlanish sharoitiga muvofiq keladi) bo’lganda monokalg’tsiyfosfat Ca(H 2 ’O 4 ) 2 *H 2 O kristallanadi. Stexiometrik nisbatdagi komponentlarning tahsirlashuvi natijasida sodir bo’ladigan quyidagi: 2Ca 5 (‘O 4 ) 3 F + 7H 2 SO 4 + 3H 2 O = 3Ca(H 2 ’O 4 ) 2 *H 2 O + 7CaSO 4 + 2HF. tenglama bo’yicha boradigan reaktsiyaning birinchi bosqich jarayonida 70%, ikkinchi boskichida esa 30% apatit tahsirlashadi. Birinchi bosqichda ko’p miqdordagi suyuq fazaga to’lgan to’r tuzilishli mikrokristallardan iborat kalg’tsiy sul’fat hosil bo’ladi. Reaktsion massaning qotishi sul’fat kislota to’la sarflanguncha sodir bo’ladi, uning ishtirokida monokalg’tsiyfosfatning hosil bo’lishi mumkin emas; shu boisdan massa qotishining sabibini faqatgina kalg’tsiy sul’fatning kristallanishiga bog’lash mumkin. Ikkinchi bosqich kamerali yetiltirish davrida boshlanadi va omborda mahsulotni uzoq vaqt (xom ashyo naviga, ishlab chiqarish tartibiga va pishitish sharoitiga bog’liq holda 6-25 sutka) pishitishda yakunlanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling