O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Sul’fat kislotaning mehyori. Fosfatni parchalashga sarflanadigan sul’fat 
kislotaning stexiometrik mehyori 7H
2
SO
4
:3P2O5 nisbat orqali aniqlanadi va u 1 qism 
P2O5 ga 1,61 qism H
2
SO
4
to’g’ri keladigan miqdorga teng (bu yerda va keyinchalik 
ham massa nisbatida bo’ladi). Apatit kontsentratida 39,4% P2O5 bo’lsa, 100 qism xom 
ashyoga to’g’ri keladigan H
2
SO
4
ning stexiometrik mehyori 39,4x1,61 = 63,4 qismni 
tashkil qiladi. Parchalanishni tezlashtirish maqsadida va begona qo’shimchalar 
borligini hisobga olgan holda kislotaning amaliy mehyori nisbatan yuqori – 68 dan 72 
qismgacha olinadi. 
Fosforitlardan oddiy superfosfat olishda sul’fat kislotaning stexiometrik 
mehyorini hisoblash – xom ashyoning kimyoviy va mineralogik tarkibini hamda 
reaktsion muhit kislotaliligining kamayish darajasi bo’yicha uning parchalanish 
jarayonida sodir bo’ladigan ikkilamchi reaktsiyalarni ham ehtiborga olingan holda 
amalga oshiriladi. Ajralib chiqadigan kislotalar (H
3
’O
4
, HF) ham boshlang’ich xom 
ashyo komponentlarini parchalaydi. Boshlang’ich xom ashyo tarkibidagi kalg’tsiyning 
bir qismigina monofosfatga aylanadi, qolgan asosiy qismi esa sul’fat kislota sarflanishi 
hisobiga kalg’tsiy sul’fatga aylanadi. Fosfatli anionlarning bir qismi kationli 
qo’shimchalar – Mg
2+
, Fe
3+
, Al
3+
bilan birikadi, natijada monofosfatga aylanadigan 
kalg’tsiyning mahlum ulushini kamayishiga, yahni hosil bo’ladigan CaSO
4
miqdorining ortishiga olib keladi; bu esa sarflanadigan H
2
SO
4
mehyorini orttirishni 
talab etadi. 


Fosforitda kalg’tsiydan tashqari erimaydigan sul’fatlar hosil qiluvchi boshqa 
elementlar yo’q bo’lganda, sul’fat kislotaning stexiometrik mehyori (n) quyidagi 
formula bilan aniqlanadi: 
n = 98[l/56 – (m/142 – ‘/40 – q/160 – r/102)]. 
Bu yerda: l, m, ‘, q, r – xom ashyo tarkibidagi (mos holda) CaO, ‘
2
O
5
, MgO, Fe
2
O
3
va 
Al
2
O
3
larning massa bo’yicha % miqdorlari; 56, 142, 40, 160 va 102 – tegishlicha 
ularning molekulyar massalari. 
Sul’fat kislotaning aniq (real) mehyori uning hisoblangan mehyoridan 
birmuncha kichik bo’ladi, chunki Sa
2+
ionining bir qismi F
-
SiF
6
2-
ionlari bilan ham 
birikadi. Boshqa qo’shimchalar esa uning miqdorini oshirishi mumkin. SHuning uchun 
har bir turdagi xom ashyo uchun sul’fat kislotaning amaliy mehyori tajriba yo’li bilan 
belgilanadi. 
Apatitni davriy sharoitda 63% H
2
SO
4
dan yuqori kontsentratsiyali sul’fat kislota 
eritmasi bilan parchalanganda kalg’tsiy sul’fatning yarimgidrat va angdrit shaklining 
uzunligi 5-7 va eni 1-2 mkm bo’lgan mayda ignasimon kristallari hosil bo’ladi. 
Ignasimon kristallar fosfat donachalari sirtida qalin quyqali parda hosil qiladi. Bu esa 
reaktsiyani to’xtatadi, natijada superfosfat massasi yomon qorishadi, undagi suyuq faza 
qattiq zarracha sirtida qoladi va fizik xossasi yomon bo’lgan – sochiluvchanligi kam 
ho’l «ifloslangan» mahsulot olinadi. Parchalanish jarayonini 63% H
2
SO
4
dan quyi 
kontsentratsiyali sul’fat kislota eritmasi bilan o’tkazilganda esa kalg’tsiy sul’fatning 
nisbatan yirik (10-15 mkm) kristallari hosil bo’ladi. Ular fosfat sirtida unga kislotaning 
diffuziyalanishini kam darajada qiyinlashtiradigan yoriqli g’ovak qobiq hosil qiladi; 
shuning uchun reaktsiya tezroq ketadi va quruq sochiluvchan mahsulot olinadi. 
Boshlang’ich sul’fat kislotaning kontsentratsiyasi qanchalik katta bo’lsa, 
mahsulotning namligi ham shunchalik kam bo’ladi va undagi P2O5 miqdori ortadi. 
Lekin, sul’fat kislota kontsentratsiyasining yetarli darajadan yuqori bo’lishi yuqorida 
izohlangan holatni keltirib chiqaradi. SHunday qilib, kislota kontsentratsiyasining 
optimal doirasi bo’lib, uning chegarasi xarorat va aralashtirish sharoitiga bog’liqdir. 
Optimal kontsentratsiya, xarorat va sul’fat kislota mehyori fosfat xom ashyosining xar 
bir navi uchun tajriba sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida reagentlarning uzluksiz aralashtirishda qisman 
tahsirlashgan reaktsion aralashma – suspenziya (bo’tqa) kiritiladi, bunda 50-60
O

xaroratdagi 68-69% li sul’fat kislota ishlatiladi. Bu holda suyuq fazada sul’fat va fosfat 
kislotalarning mahlum nisbati o’rnatiladi, kalg’tsiy sul’fatning kristallanishi 
yaxshilanadi va qorishuvchi (qotuvchi) massa g’ovak holatda hosil bo’ladi. 
Suspeziyaning oquvchanligini yo’qotishi va qotib qolishini oldini olish 
maqsadida uning aralashtirgichda bo’lish vaqti qisqa muddatli bo’ladi, ammo bu 
vaqtda xom ashyoning parchalanish darajasi belgilangan darajaga yetib borishi kerak. 
Boshlang’ich sul’fat kislota kontsentratsiyasi kanchalik katta bo’lsa, aralashtirgichdan 
chiqadigan suspeziyadagi apatitning parchalanish darajasi shunchalik yuqori darajada 
ushlab turiladi va fosfat zarrachalari sirtiga suyuqlik o’tkazmaydigan kalg’tsiy sul’fat 
qobig’ining hosil bo’lmasligi uchun H
2
SO
4
:H
3
’O
4
nisbat ham shunchalik kichik 
darajada bo’lishi kerak. Agar boshlang’ich sul’fat kislota kontsentratsiyasi 68% li 
bo’lsa, optimal sharoit uchun aralashtirgichda suspenziyaning bo’lish vaqti 5-7 min, 
uning aralashtirgichdan chiqish xarorati 110-115
O
S bo’ladi. 
Fosfat parchalanishining birinchi bosqichida sul’fat kislota bilan fosfatning 
mayda zarrachalari tahsirlashadi, reaktsiya nihoyatda shiddatli kechadi va fosfat kislota 


hosil bo’ladi. Ikkinchi bosqichda esa fosfatning yirik zarrachalari bilan fosfat kislota va 
reaktsiyaga kirishmagan sul’fat kislota tahsirlashadi. Bunda suyuq fazadagi eritmaning 
neytrallanib borishi tufayli reaktsiya tezligi birmuncha pasayadi. Kamerada superfosfat 
massasining suyuq fazasining monokalg’tsiyfosfatga to’yinib borishi bilan ham 
parchalanish tezligi yanada pasayadi. Ikkinchi fazada parchalanish tezligining 
pasayishini suyuq fazanining neytrallanib borishi, yirik fosfat zarrachalarining 
parchalanishi va fosfat sirtida kalg’tsiy sul’fat qobiqlarining hosil bo’lishi bilan 
izohlanishi mumkin. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling