O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


4 – MA’RUZA 
 
KALIY SUL’FAT ISHLAB CHIQARISH 
 
Reja: 
1. Polimineral rudalarni qayta ishlash 
2. Rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari 
3. Konversiya usulida kaliy sul’fat olish 
Kaliy sul’fat. Kaliy sul’fat olish usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: 
1 – usul. Bu usul ‘olimineral kaliy sul’fatli rudalarni galurgik, flotatsiyali yoki 
kombinatsiyalangan sxemalarda qayta ishlashga asoslangan. 
2 – usul. Bu usul natriy, magniy, ammoniy, kalg’tsiyning sul’fatli tuzlari, sul’fat kislota 
va boshqalar bilan kaliy xloridning konversiyalanishiga asoslangan. 
Bundan tashqari ayrim kimyoviy jarayonlarda (masalan, alunitni qayta 
ishlashda) qo’shimcha mahsulot sifatida kaliy sul’fat hosil bo’ladi. 
Polimineral rudalarni qayta ishlash. Dunyoda xlorid-sul’fatli turdagi eng yirik 
kaliyli ruda (zahirasi 2,5 mlrd.t) koni ‘rikar’atiyada joylashgan. 
Rudaning kimyoviy va mineral tarkibi murakkab bo’lganligi uchun uni qayta 
ishlash anchagina qiyin kechadi. Bunda Na
+
, K
+
, Mg
2+
|| SO
4
2-
, Cl
-
, H
2
O sistemasida 
tuzlarning o’zaro eruvchanligi hisobga olinib, qayta ishlashni turlicha sxemalarda olib 
borilishi mumkin. 
Sul’fatli sxema (13 – rasm) uch bosqichdan iborat: 1) rudani asosiy mahsulotlar 
– kaliy sul’fat va kalimagneziyaga qayta ishlash; 2) langbeynitli qoldiqni qayta ishlash 
va flotatsiyalash; 3) shyonit shelokidan kaliy tuzlarini ajratib olish. 
Rudani –5 mm gacha maydalangach (0,1 mm dan kichik zarrachalar 5% dan 
ko’p emas), oldindan 70-90
O
S xaroratgacha isitilgan – shyonit kristallantirilishidan 
so’ng hosil bo’ladigan natriy xloridga to’yingan eritma va quyqumni yuvishdan hosil 
bo’ladigan oqava bilan qayta ishlanadi. Bunda oson eriydigan (silg’vinitdan KCl, 
shyonitdan 
K
2
SO
4
*MgSO
4
*6H
2
O, 
karnallitdan 
KCl*MgCl
2
*6H
2
O, 
kainitdan 
KCl*MgSO
4
*3H
2
O, leonitdan K
2
SO
4
*MgSO
4
*4H
2
O va b.) tuzlar eritmaga o’tadi. 
Qisman (10-30% yomon eriydigan (langbeynitdan K
2
SO
4
*MgSO
4
va kazeritdan 
MgSO
4
*H
2
O) tuzlar ham eritmaga o’tadi. CHo’kindida esa asosan galit NaCl va 
langbeynit, ozroq miqdorda kazerit, ‘oligalit K
2
SO
4
*MgSO
4
*2CaSO
4
*2H
2
O, gi’s 
CaSO
4
*2H
2
O, angidrit CaSO
4
*2H
2
O va boshqalar bo’ladi. 


13 – rasm. ‘rikar’atiya ‘olimineral rudasini qayta ishlash sxemasi. 
Quyqum cho’ktirilgandan so’ng issiq shelok birinchi tindirgichdan vakuum-
kristallantirish qurilmasiga shyonitni ajratib olish uchun yuboriladi. NaCl siz toza 
shyonitni kristallantirish uchun shelokka suv, shyonitni ‘archalab kaliy sul’fat olishda 
hosil bo’ladigan eritmalar, shuningdek«sunhiy kainit» deb ataladigan flotatsiyalash 
bo’linmasidan keladigan langbeynitli shelok qo’shiladi. SHyonitning kristallanishi 
20
O
S da tugallanadi. Olingan sus’enziya quyultiriladi va filg’trlanadi. Bir qism eritma 
rudani eritishga, qolgan qismi esa tozalangan xlormagniyli shelok ishlab chiqarish 
uchun va kaliyli tuzlarni ajratib olishga ishlatiladi (buni xlormagniyli tsikl deyiladi). U 
quyidagicha kechadi: 1) osh tuzi ajratilishi bilan amalga oshiriladigan shelokni 
bug’latishning birinchi bosqichi; 2) shyonitli tsiklga yoki rudani eritishga 
qaytariladigan KCl, NaCl va MgSO
4
aralashmasi – «sunhiy kainit» ni kristallantirish 
bilan amalga oshiriladigan bug’latishning ikkinchi bosqichi; 3) 25% li CaCl
2
eritmasi 
bilan kainitli shelokni sul’fatsizlantirish; 4) «sunhiy kainit» ni kristallantirish 
bosqichiga qaytariladigan KCl, NaCl va MgCl
2
aralashmasi – «sunhiy karnallit» ni 
kristallantirish bilan amalga oshiriladigan bug’latishning uchinchi bosqichi. Tarkibida 
MgCl
2
bo’lgan tozalangan shelok – elektrolitik usulda magniy olish uchun 
ishlatiladigan sintetik karnallitga, yoki bishofit MgCl
2
*2H
2
O ga qayta ishlanadi. 
Barcha shyonit yoki uning bir qismi 50
O
S xaroratda suv bilan ‘archalanadi (agar 
boshlang’ich rudada silg’vin miqdori yetarli darajada bo’lmasa, ‘archalanish 
bosqichida 
KCl qo’shilishi 
mumkin). Bunda 
kaliy sul’fat 
va shyonitni 
kristallantirilishiga yuboriladigan eritma hosil bo’ladi. ‘archalanmagan shyonitni 
quritilib, mahsulot sifatidagi tarkibida 28-30% K
2
O tutgan kalimagneziya olinadi. 
Rudada lanbeynit miqdori ko’’ bo’lsa, cho’kindini qayta ishlash lozim. Buni 
flotatsiya yo’li bilan – og’ir sus’enziyadan ajratish yoki galitni suv bilan yuvish orqali 
bajariladi. Galitni suv bilan yuvish oson, ammo ko’’ miqdordagi NaCl eritmasini 
tashlab yuborilishiga to’g’ri keladi. 


Flotatsiya yo’li bilan ajratib olingan langbeynit tarkibida ko’’ miqdorda ‘oligalit 
bo’ladi. Uni quritilgach, kaliy-magniyli o’g’it (17,5-19,5% K
2
O) sifatida ishlatiladi. 
Kontsentrlangan kaliyli o’g’it olish uchun langbeynit flotokontsentrati 90
O
S xaroratda 
suvda eritiladi, shelokni (undagi flotoreagentlarni bog’lash uchun) temir ku’orosi 
eritmasi bilan qayta ishlanadi, quyqumdan tindiriladi va shyonitni vakuum-
kristallantirish uchun yuboriladi. Yana boshqa murakkabroq usulda – langbeynit 
sheloki 20
O
S gacha sovutiladi, kristallangan shyonit ajratib olinadi va asosiy shyonit 
oqimiga qo’shilib, kaliy sul’fat olish uchun suv bilan ‘archalanish bosqichiga 
yuboriladi. ‘oligalit esa chiqindi tarzida chiqadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling