O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Polimineral rudalarni qayta ishlash 2. Rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari 3. Konversiya usulida kaliy sul’fat olish Kaliy sul’fat.
- Polimineral rudalarni qayta ishlash.
4 – MA’RUZA KALIY SUL’FAT ISHLAB CHIQARISH Reja: 1. Polimineral rudalarni qayta ishlash 2. Rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari 3. Konversiya usulida kaliy sul’fat olish Kaliy sul’fat. Kaliy sul’fat olish usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: 1 – usul. Bu usul ‘olimineral kaliy sul’fatli rudalarni galurgik, flotatsiyali yoki kombinatsiyalangan sxemalarda qayta ishlashga asoslangan. 2 – usul. Bu usul natriy, magniy, ammoniy, kalg’tsiyning sul’fatli tuzlari, sul’fat kislota va boshqalar bilan kaliy xloridning konversiyalanishiga asoslangan. Bundan tashqari ayrim kimyoviy jarayonlarda (masalan, alunitni qayta ishlashda) qo’shimcha mahsulot sifatida kaliy sul’fat hosil bo’ladi. Polimineral rudalarni qayta ishlash. Dunyoda xlorid-sul’fatli turdagi eng yirik kaliyli ruda (zahirasi 2,5 mlrd.t) koni ‘rikar’atiyada joylashgan. Rudaning kimyoviy va mineral tarkibi murakkab bo’lganligi uchun uni qayta ishlash anchagina qiyin kechadi. Bunda Na + , K + , Mg 2+ || SO 4 2- , Cl - , H 2 O sistemasida tuzlarning o’zaro eruvchanligi hisobga olinib, qayta ishlashni turlicha sxemalarda olib borilishi mumkin. Sul’fatli sxema (13 – rasm) uch bosqichdan iborat: 1) rudani asosiy mahsulotlar – kaliy sul’fat va kalimagneziyaga qayta ishlash; 2) langbeynitli qoldiqni qayta ishlash va flotatsiyalash; 3) shyonit shelokidan kaliy tuzlarini ajratib olish. Rudani –5 mm gacha maydalangach (0,1 mm dan kichik zarrachalar 5% dan ko’p emas), oldindan 70-90 O S xaroratgacha isitilgan – shyonit kristallantirilishidan so’ng hosil bo’ladigan natriy xloridga to’yingan eritma va quyqumni yuvishdan hosil bo’ladigan oqava bilan qayta ishlanadi. Bunda oson eriydigan (silg’vinitdan KCl, shyonitdan K 2 SO 4 *MgSO 4 *6H 2 O, karnallitdan KCl*MgCl 2 *6H 2 O, kainitdan KCl*MgSO 4 *3H 2 O, leonitdan K 2 SO 4 *MgSO 4 *4H 2 O va b.) tuzlar eritmaga o’tadi. Qisman (10-30% yomon eriydigan (langbeynitdan K 2 SO 4 *MgSO 4 va kazeritdan MgSO 4 *H 2 O) tuzlar ham eritmaga o’tadi. CHo’kindida esa asosan galit NaCl va langbeynit, ozroq miqdorda kazerit, ‘oligalit K 2 SO 4 *MgSO 4 *2CaSO 4 *2H 2 O, gi’s CaSO 4 *2H 2 O, angidrit CaSO 4 *2H 2 O va boshqalar bo’ladi. 13 – rasm. ‘rikar’atiya ‘olimineral rudasini qayta ishlash sxemasi. Quyqum cho’ktirilgandan so’ng issiq shelok birinchi tindirgichdan vakuum- kristallantirish qurilmasiga shyonitni ajratib olish uchun yuboriladi. NaCl siz toza shyonitni kristallantirish uchun shelokka suv, shyonitni ‘archalab kaliy sul’fat olishda hosil bo’ladigan eritmalar, shuningdek«sunhiy kainit» deb ataladigan flotatsiyalash bo’linmasidan keladigan langbeynitli shelok qo’shiladi. SHyonitning kristallanishi 20 O S da tugallanadi. Olingan sus’enziya quyultiriladi va filg’trlanadi. Bir qism eritma rudani eritishga, qolgan qismi esa tozalangan xlormagniyli shelok ishlab chiqarish uchun va kaliyli tuzlarni ajratib olishga ishlatiladi (buni xlormagniyli tsikl deyiladi). U quyidagicha kechadi: 1) osh tuzi ajratilishi bilan amalga oshiriladigan shelokni bug’latishning birinchi bosqichi; 2) shyonitli tsiklga yoki rudani eritishga qaytariladigan KCl, NaCl va MgSO 4 aralashmasi – «sunhiy kainit» ni kristallantirish bilan amalga oshiriladigan bug’latishning ikkinchi bosqichi; 3) 25% li CaCl 2 eritmasi bilan kainitli shelokni sul’fatsizlantirish; 4) «sunhiy kainit» ni kristallantirish bosqichiga qaytariladigan KCl, NaCl va MgCl 2 aralashmasi – «sunhiy karnallit» ni kristallantirish bilan amalga oshiriladigan bug’latishning uchinchi bosqichi. Tarkibida MgCl 2 bo’lgan tozalangan shelok – elektrolitik usulda magniy olish uchun ishlatiladigan sintetik karnallitga, yoki bishofit MgCl 2 *2H 2 O ga qayta ishlanadi. Barcha shyonit yoki uning bir qismi 50 O S xaroratda suv bilan ‘archalanadi (agar boshlang’ich rudada silg’vin miqdori yetarli darajada bo’lmasa, ‘archalanish bosqichida KCl qo’shilishi mumkin). Bunda kaliy sul’fat va shyonitni kristallantirilishiga yuboriladigan eritma hosil bo’ladi. ‘archalanmagan shyonitni quritilib, mahsulot sifatidagi tarkibida 28-30% K 2 O tutgan kalimagneziya olinadi. Rudada lanbeynit miqdori ko’’ bo’lsa, cho’kindini qayta ishlash lozim. Buni flotatsiya yo’li bilan – og’ir sus’enziyadan ajratish yoki galitni suv bilan yuvish orqali bajariladi. Galitni suv bilan yuvish oson, ammo ko’’ miqdordagi NaCl eritmasini tashlab yuborilishiga to’g’ri keladi. Flotatsiya yo’li bilan ajratib olingan langbeynit tarkibida ko’’ miqdorda ‘oligalit bo’ladi. Uni quritilgach, kaliy-magniyli o’g’it (17,5-19,5% K 2 O) sifatida ishlatiladi. Kontsentrlangan kaliyli o’g’it olish uchun langbeynit flotokontsentrati 90 O S xaroratda suvda eritiladi, shelokni (undagi flotoreagentlarni bog’lash uchun) temir ku’orosi eritmasi bilan qayta ishlanadi, quyqumdan tindiriladi va shyonitni vakuum- kristallantirish uchun yuboriladi. Yana boshqa murakkabroq usulda – langbeynit sheloki 20 O S gacha sovutiladi, kristallangan shyonit ajratib olinadi va asosiy shyonit oqimiga qo’shilib, kaliy sul’fat olish uchun suv bilan ‘archalanish bosqichiga yuboriladi. ‘oligalit esa chiqindi tarzida chiqadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling