O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozuqali kalg’tsiy fosfatlar.
6 – MA’RUZA OZUQALI VA TERMIK FOSFATLAR Reja: 1. Ozuqali kalg’tsiy fosfatlar 2. Ftorsizlangan fosfatlar 3. Pretsipitat ishlab chiqarish 4. Monokalg’tsiyfosfat 5. Termik fosfatlar Ozuqali kalg’tsiy fosfatlar. Kimyo sanoatida ishlab chikariladigan ko’p birikmalar, masalan, kalg’tsiy, natriy, ammoniy fosfatlar chorvachilikda keng qo’llaniladi. Ular bahzi mineral tuzlar bilan birgalikda hayvon hamda parranda ozuqalariga qo’shib beriladi. Tabiiy ozuqalar tarkibida fosfor miqdori kam bo’lganda, bunday fosfatli ozuqa qo’shimchasi hayvonlarning mahsuldorligini oshiradi – koramollar yaxshi o’sadi va semiradi, go’shtning sifati yaxshilanadi, sutdagi yog’ miqdori ortadi. Ozuqali fosfatlar o’g’itli fosfatlardan nafaqat ulardagi foydali komponentlar miqdorining ortiqligi, balki jonivorlar uchun zararli bo’lgan qo’shimchalar – ftor, mishg’yak, og’ir metallar birikmalarining miqdorining chegaralanganligi bilan farqlanadi. Odatda o’g’itli tuzlardagi, ftordan tashqari, bu qo’shimchalarning miqdori, ozuqali vositalar uchun belgilangan mehyor chegarasidan oshmasligi kerak. Fosfatli xom ashyodan o’tadigan ftorning miqdori esa belgilangan mehyordan birmuncha katta bo’ladi, shuning uchun, bahzi istisnolarga qaramay, ozuqali fosfatlar vazifasini bajara olmaydi. Ozuqali fosfatlar maxsus tayyorlanadi, bunda ularning olinish usullari tabiiy fosfatlar yoki ularning qayta ishlanish mahsulotlarini ftorsizlantirishga, shuningdek, termik fosfat kislota yoki ftorsizlantirilgan ekstraktsion fosfat kislota ishlatilishiga asoslangan. Jonivorlar ozuqali fosfatlarni oson hazm qilishlari uchun ular suvda eriydigan bo’lishi yoki kuchsiz kislotalarda erishi kerak; ular 0,4% li xlorid kislotada erisa, yaroqli hisoblanadi. Tabiiyki, barcha ozuqali fosfatlar o’g’it sifatida ham ishlatilishi mumkin. Mamlakatimizda mineral ozuqa sifatida ko’p miqdordagi kalg’tsiy fosfatlari – ftorsizlantirilgan fosfat (trikalg’tsiyfosfat), ozuqali monokalg’tsiyfosfat, ozuqali dikalg’tsiyfosfat (pretsipitat), suyak uni, shuningdek mono- va dinatriyfosfatlar, mono- va diammoniyfosfatlar, karbamid fosfati qo’llaniladi. Odatda, bir sutkada mayda hayvonlar (qo’y, echki va b.) ga 10-20 g, buzoqlarga 50-100 g va qoramollarga 100- 200 g karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar beriladi. 1 t karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar – sigirlardan sog’ib olinadigan sut miqdorini 8-10 t ga, go’shtni 5-6 ts gacha oshirib, 2,5 t oqsil o’rnini bosadi. Hayvonlar ozuqasiga bahzi birikmalardan juda oz miqdorida qo’shib berilganda ham yuqori samara beradi. Aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar shunday birikmalar jumlasidandir. Suyak uni suyakni oldindan yog’sizlantirishi va suv bug’i bilan organik qoldiqlarni yo’qotilishidan so’ng maydalash orqali olinadi. Suyak uni tarkibida 30% dan kam bo’lmagan P2O5 va 40% dan kam bo’lmagan SaO bo’ladi. Ftorning miqdori oldindan chegaralanmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling