O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


-MA’RUZA  Sul’fat kislotaning fizik-kimyoviy xususiyatlari va O’zbekiston


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/91
Sana23.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1289334
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
8-MA’RUZA 
Sul’fat kislotaning fizik-kimyoviy xususiyatlari va O’zbekiston 
Respublikasidagi ishlab chiqarish korxonalari 
 
Reja: 
1. Sul’fat kislota ishlab chiqarish usullari xaqida 
2. MDX davlatlari olimlarining sul’fat kislota ishlab chiqarishni 
rivojlanishiga qo’shgan xissalari 
 
Sul’fat kislotasi birinchi bo’lib, 9 asr boshlarida arab alximigi Jabr Ibn Xayyan 
(ruschasiga Geber) tomonidan temir kuporosini qizdirib, undan chiqqan gazlarni suvda 
yutdirish natijasida olingandir. SHuning uchun ham, shu vaqtga qadar Sul’fat
kislotasining quyuq eritmasini texnikada kuporos moyi deb ataladi. Bu 93-95%lik
Sul’fat kislotasidir. 1742 yili ulug’ rus kimyogari M.V. Lomonosov bu suyuqlikka 
Sul’fat kislotasi deb nom beradi. Sul’fat kislotasi tannarxi bo’yicha arzon, kuchliligi 
jixatidan eng kuchli kislotalardan biridir; shuning uchun ham Sul’fat kislotasi xalq
xo’jaligida eng ko’p qo’llaniladigan maxsulotlardan biridir; u meditsinada, tekstil
sanoatida, kimyo sanoatidagi nam gazlarni quritishda, mudofaada, neftni qayta ishlash 
sanoatida, ammiakli chiqindi gazlar aralashmasidan ammiakni ushlab, kuyidagi 
reaktsiya bo’yicha ammoniy Sul’fati kabi mineral o’g’it ishlab chiqarishda ham ko’p 
ishlatiladi: 
2NH
3
+ H
2
SO
4
= (NH
4
)
2
SO
4
+Q (1.) 
Sul’fat kislota noorganik kimyo sanoatida eng ko’p qo’llaniladigan moddadir. 
Masalan: ekstraktsion fosfor kislotasini ishlab chiqarishda Koratog’ yoki Kizilqum 
fosforitlariga uch molekula Sul’fat kislota ta’sir ettiriladi:
Ca

(PO
4
)

+3H
2
SO
4
= 2H
3
PO

+ 3CaSO

+ Q
2
(2.) 
E.F.K. fosfogips 
Sul’fat kislotasi oddiy superfosfat ishlab chiqarishda:
Ca

(PO
4
)
2
+ 2H
2
SO

+ 2H
2
O = Ca (H
2
PO
4
)

+ 2CaSO

* 2H
2
O+ Q (3.) 
hamda pretsipitat ishdab chiqarishda qo’llanadi: 
CaCO

+ H
3
PO

= Ca HPO

+ CO

+ H
2
O + Q
4
(4.) 
O’z navbatida ekstraktsion fosfor kislotasi (efk) ga ammiakni ta’sir ettirib, mono 
va diammoniy fosfatlar olinadi: 
NH

+ H
3
PO

= NH

H
2
PO

+ Q

(5.) 
2NH

+ H
3
PO

= (NH
4
)
2
HPO

+ Q
6
(6.) 
NH
4
H
2
PO
4
va (NH
4
)
2
HPO
4
lar aralashmasi ammofos aralashmasi deyiladi. 
Sul’fat kislotasi kuchli kislota sifatida kuchsiz kislotalarni ularning tuzlaridan 
siqib chiqaradi: Masalan dala shpati SaF

dan vodorod ftorid kislotasini: 
CaF

+ H
2
SO

= 2HF + CaSO

+ Q
7
(7.) 


CHili selitrasidan nirat kislotasini: 
2NaNO

+ H
2
SO

= 2HNO

+ Na
2
SO
4
+ Q
8
(8.) 
Osh tuzidan vodorod xloridi kislotasini:
2NaCI + H
2
SO

= 2HCI + Na
2
SO

+ Q
9
(9.) 
Xozirgi vaqtda NSI kislotasi to’g’ridan to’g’ri sintez qilib olinmoqda: 
H
2
+ CI
2
= 2HCI + Q (10.) 
Bu yerda hosil bo’lgan natriy Sul’fat tuzlar sun’iy achchiq toshlar ishlab 
chiqarishda, litopon va xokazolar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Sul’fat kislotasi xalq xo’jaligida juda ham 
keng qo’llanar ekan. SHuni ta’kidlash mumkinki, bundan 10-15 yillar muqaddam 
butun dunyoda 1400 dan ortiq Sul’fat kislota qurilmalari ishlab turgan bo’lib, ular 
yiliga 150 million tonnadan ko’proq Sul’fat kislota ishlab chiqargan. Dunyoda Sul’fat 
kislotasi ishlab chiqarishda bo’yicha AKSH 1-o’rinda bo’lib, u yerda yiliga 37-39 
million tonna Sul’fat kislota ishlab chiqariladi. Xozirgi vaqtda Mustaqil Uzbekiston 
Respublikasida Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko’p Sul’fat kislota ishlab 
chiqariladi. Agar Respublikamiz qurilmalari to’liq ishlasa 6, mln. tonnadan ko’proq 
Sul’fat kislota ishlab chikarishi mumkin. Sul’fat kislota Uzbekiston Respublikasining 
asosan quyidagi korxonalarida ishlab chiqaradi:
1.Olmaliq tog’ - kon metallurgiya konbinatida; 
2.Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida;
3.Samarqand kimyo zavodida; 
4.CHirchiq “Elektrokimyo sanoati” birlashmasida ; 
5. Navoiy tog’ - kon metallurgiya konbinatida va x.k.
Ma’lumki, xar bir davlatning kimyo sanoatini rivojlanish darajasi kishi boshiga 
to’g’ri keladigan Sul’fat kislotasi miqdori bilan belgilanadi. Uzbekiston Respublikasida 
kishi boshiga 240 kg. dan ko’proq Sul’fat kislotasi to’g’ri kelayapti. Bundan ko’rinib 
turibdiki - bu yuqori ko’rsatkichlardan biri bo’lib, Uzbekiston Respublikasi kimyo
sanoati rivoji bo’yicha eng yuqori pog’onalardan birini egallab turganligining 
isbotidir. Respublikamizda ishlab chiqariladigan Sul’fat kislotaning ko’p qismini 
nafaqat Markaziy Osiyo davlatlariga, balki Rossiya davlatining Janubiy Ulkalaridagi 
barcha rayonlar, Sibir rayonlari va boshqa bir kator davlatlar ham O’zbekistondan olib 
ketadilar. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling